II BOB. Janubiy Afrika ozodlik harakatlari.
2.1. Janubiy Afrika Respublikasida ozodlik harakatining boshlanishi
Afrika kit'asida mustamlaka XU asr oxiridan boshlandi. Bu davrda kelgindi
yevropaliklar bilan maxalliy axoli orasida madaniy tafovut uncha sezilmagan. XU1 asr
boshlaridan avj olgan pul savdosi Afrika xalklarining tarixiy tarakkiyotini tuxtatibgina
kolmay, balki bir necha asrlarga orkaga tashlagan. Avval portugaliyaliklar, keyin ingliz,
golland va fransuz mustamlakachilari kit'ani ochikdan-ochik talaganlar, barcha
boyliklarni yuk kilganlar, ogir soliklar solganlar va minglab kishilarni zurlab olib ketib
kul kilib sotganlar. Vaxshiy kuldorlik tufayli vafot etgan va Amerikaga olib ketilgan
kishilarning soni 100 milliondan ortik bulgan. Kit'adagi ozodlik uchun urushlar, ichki
ziddiyat va kurashlar xam minglab Afrikaliklarni yostigini kuritgan va kadimiy
davlatlarning inkirozini kuchaytirgan. Mazkur vokealar axolining madaniy jixatdan
Yevropadan orkada kolishining asosiy sababidir.
X1X asr urtalarida kul savdosi tugatilib, ullar ozod deb e'lon kilingan edi.
Ammo usha davrdan boshlab boskinchi yirik davlatlar Afrikani kaytadan bulib olishga
kirishdilar. Kit'a Angliya, Fransiya va Germaniya urtasida talashib buysundirilgan,
Kongoni Belgiya egallagan. Birinchi jaxon urushida Germaniya maglubiyatga
uchragandan keyin uning mustamlaka kismini golib chikkan Angliya va Fransiya uzaro
bulib olishgan. XX asr boshlarida tropik Afrikaning 90,4 % i mustamlaka kilingan edi.
Uzok davom etgan ozodlik kurashi natijasida kit'aning kupchilik kismida mustakil va
ozod davlatlar karor topdi
22
.
Afrika kit'asining etnik tuzilishini kuyidagi tarixiy etnografik viloyatlarga
bulib urganish mumkin:
Shimoliy Afrika xalklari.
Garbiy va Markaziy Afrika xalklari.
Sharkiy va Janubiy Afrika xalklari.
22
O`zbеkiston Milliy entsiklopеdiyasi. T., «Qomuslar», 2001-2003. 1-2-3-4-5-jildlar.
Ular keng xududda joylashgan bulib, umumiy birlika ega bulgan regionlar
xisoblanadi. Butun kit'a axolisining tabiiy sharoiti etnik kiyofasi tarixiy takdiri va
ijtimoiy-iktisodiy darajasi jixatidan yukoridagi tarixiy etnografik viloyatlarga bulib
urganamiz.
Nelson Rolihlahla Mandela (18 iyul, 1918 yilda tugʻilgan, Kunu, Umtata
yaqinida)/ 2013.5.12 — 10 may 1994 yildan 1999 yilgacha — JAR prezidenti, aparteid
ning mavjud boʻlgan davridan boshlab inson huquqlari uchun kurash olib borgan eng
mashhur aktivistlardan biri, shu sababli u 28 yil qamoqda oʻtirgan, 1993 yil dunyo Nobel
mukofoti sovrindori.
Talabalik davrida turli namoyishlarda qatnashgan, keyinchalik Yohannesburgda
muharrir boʻlib ishlagan va Vitvatersran Universitetiga oʻqishga kirgan. 1944 yil Afrika
Milliy Kongresi yoshlar ligasini yaratishda qatnashgan. Keyinchalik, kurashning
kuchayib borish tufayli, «M reja» deb nomlanuvchi reja ishlab chiqadi, unga koʻra AMK
yacheykalari yashirinishgan. 1952 yil Mandela oʻz oʻrtogʻi Oliver Tambo bilan
birgalikda qoratanlilarni boshqaruvchi birinchi qonuniy firmani tashkil etishadi. 1961
yilda AMK radikal qanotni boshqaradi, «Umkxonto ve sizve», davlatga qarshi siyosiy
sabotaj boshlaydi. 1968 yil noyabrda Mandela qamoqqa olinadi va Robben Aylend
qamoqhonasida butun umrga ozodlikdan mahrum etiladi.
1948 yil sekretar va AMKda ikki marta prezident boʻlgan(1950 va 1991
yillarda). 50 dan ortiq halqaro Universitetlar aʼzosi. 1990 yil 18 fevralda Mandela qamoq
jazosidan ozod etiladi, 11 fevralda yarashish va qurolli qarshilik koʻrsatish toʻhtatilishi
haqida eʼlon qiladi.
1999 yil JAR prezidentlik lavozimidan ketgach, VICh va OITS muammolariga
katta eʼtibor bera boshlaydi. Ekspertlar fikriga koʻra JAR da hozirgi kunda OITS bilan
kasallanganlar besh millionni tashkil etadi, bu koʻrsatkich boshqa barcha davlatlardan
koʻp
23
.
Mandelaning katta oʻgʻli Makgaxo Mandela OITSdan vafot etgach, Nelson
Mandela dunyoni ushbu kasallikka qarshi kurash olib borishga daʼvat etadi.
23
Доклад МГИМО. Южной Африка. Стр1-2.
Janubiy Afrika Respublikasining sobiq rahbari, irqchilikka qarshi kurashib,
global qahramonga aylangan Nelson Mandela 95 yoshida vatanida vafot etdi. Dunyo uni
xotirlamoqda.
"Insoniyat eng matonatli, vijdonli va mas'uliyatli vakillaridan biridan ayrildi. U
endi abadiyat tomon yo'l oldi",- dedi Barak Obama, AQSh rahbari, Oq uydan turib
xalqqa murojaat qilar ekan.
"Odam borki, teng yaralgan. Irq, rang, jins, elat, din - bular insonni ajratmaydi,
bir-birini kamsitish uchun asos emas, balki jamiyatlarni birlashtiradigan, tinch-totuv
yashashi uchun zamin yaratadigan omillar deya ishongan u",- deydi prezident.
"Balki Nelson Mandela kabi noyob shaxs boshqa bo'lmas. Shu bois ham ular
qoldirgan ma'naviy, ijtimoiy-siyosiy merosni asrab-avaylashimiz, undan saboq
olishimiz kerak"
24
.
Dunyoning boshqa mamlakatlari kabi AQShda ham Nelson Mandela qahramon
sifatida tilga olinadi. Lekin Amerika rahbarlarining bu buyuk arbobga munosabati turli
davrlarda turlicha bo’lgan. Sovuq urushi paytida u kommunist, ya’ni Amerika dushmani
deb sanalgan bo’lsa, keyinchalik aparteidga qarshi kurashchi, jasorat timsoliga
aylangan.
1962-yilda AQSh prezidenti Jon Kennedi Afrikada yangi mustaqil davlatlar
vujudga kelganini olqishlaydi:
“Bu biz uchun notanish qit’a, chunki shu paytgacha u yerda Yevropa hukmronlik
qilgan. Endi esa biz Afrika bilan aloqa o’rnatmoqchimiz. Manfaatlarimiz mutlaqo
beg’araz. Tijorat sohasida munosabatlar bo’lmagan, ekspluatatsiya qilmaganmiz.
BMTning Afrikaga oid siyosatini qo’llab-quvvatlab kelganmiz. Biz qit’aning mustaqil
bo’lishi tarafdorimiz”.
Kennedi Jazoir, Gana va Gvineya rahbarlari bilan hamkorlik qilgan bo’lsa-da,
lekin Mandela yetakchiligidagi Afrika Milliy Kongressiga e’tibor bermagan
Oq tanlilar hukmron Janubiy Afrika Vashingtonning Sovuq urush davridagi eng
yirik savdo hamkorlaridan bo’lgan. AQSh undan uran sotib olgan, u yerda o’z floti va
to’rtta raketani aniqlash stansiyasini joylashtirgan. Mamlakat ozod etilsa, kommunistlar
24
Поминалная статя о Нелсоне Манделы. Вашингтон. Срт-11-12-13
hokimiyatga kelishidan cho’chigan Vashington aparteid rejimiga qarshi sanksiyalar
kiritilishiga qarshi chiqqan.
Prezident Lindon Jonson davrida ham kommunistlarga qarshi siyosat davom
etgan.
Nikson va Ford ma’muriyatlari ham oq tanlilar hukumatini qo’llab-quvvatlagan,
ayniqsa, Mandela Kubaning inqilobchi rahbari Fidel Kastro bilan hamkorlikni
boshlaganidan keyin. 1975-yilda 30 ming Kuba askari Angolaga kiritilgan va Janubiy
Afrika qo’shinlariga qarshi kurashgan.
“Janubiy Afrika qo’shinlari Angolani bosib olganida kubaliklar chetdan qarab
tura olmaydi”, - degan edi o’shanda Fidel Kastro.
1978-yil AQShda Jimmi Karter prezidentligi davrida Davlat kotibi Sayrus Vans
BMTning Janubiy Afrika bo'yicha delegatsiyasiga rahbarlik qilgan. O’shanda Janubiy
Afrika hozirgi Namibiya hududini bosib olgan edi. Karter ma’muriyati bu davlatga
nisbatan qurol-yarog’ embargosini joriy etsa-da, iqtisodiy sanksiyalar qo’llanishiga rozi
bo'lmagan.
Karter Janubiy Afrika bilan muzokara qilinadi, bu mamlakat mineral ishlab
chiqarishda erkin dunyo uchun strategik ahamiyatga ega deya qayd etgan.
Yozuvchi Jon Arkila keyingi prezident, Ronald Reygan tashqi siyosati haqida
shunday deydi:
“Sovuq urush avjiga chiqqanida Janubiy Afrika vanadiy va boshqa minerallar,
ya’ni eng muhim strategik boyliklar olinadigan joyga aylandi. Davlatning avtoritar
irqchi hukumati fursatdan foydalanib, bu boyliklar savdosini yo’lga qo’ydi. Biz sotib
oldik, chunki dushmanimiz Sovet Ittifoqi bunday boyliklarga ega edi”, - deydi Arkila.
AQShda amaldagi siyosatdan norozi talabalar aparteidga qarshi namoyishlarga
zo'r berdi. Natijada Kongress prezident Reyganning iqtisodiy sanksiyalarga qarshi
qarorini bekor qildi.
Kongress a’zosi Luis Stoks Janubiy Afrika elchixonasi oldida bo’lgan
namoyishlarni shunday eslaydi:
“Hech qanday jinoyat sodir etmagan Nelson Mandela xalqi uchun kurashgani
sababli qariyb 28 yil qamoqda o’tirgan ekan, biz Janubiy Afrikadagi aparteid rejimining
adolatsiz siyosatiga qarshilik tariqasida va bu muammoga e’tibor qaratish maqsadida bir
kunni qamoqda o’tkazsak arziydi”, - deydi Stoks.
Nelson Mandela va AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton, 6-avgust, 2012-yil.
Nelson Mandela va AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton, 6-avgust, 2012-yil.
1990-yilda Mandela qamoqdan ozod etildi. AQShning o'sha damdagi prezidenti
Jorj Bush yangi siyosiy o’zgarishlarni qo’llab-quvvatlab, Janubiy Afrika bilan aloqani
mustahkamlay boshladi.
“Mandelaning ozod etilishi nihoyatda ijobiy hodisa. Qilinadigan ishlar hali ko’p,
lekin u bizning quvvatlovimiz va minnatdorchiligimizga sazovor”, - degan edi Jorj Bush.
1994-yilda Mandela Janubiy Afrika xalqi tomonidan birinchi qora tanli prezident
etib saylandi. Prezident Bill Klinton uni qahramon deb atadi.
“Uzoq vaqt davomida Nelson Mandela erkinlik timsoli bo’lib keldi. Aparteid
uning ovozini o’chira olmadi. U ozodlikka chiqqanida Janubiy Afrikada adolat uchun
kurashgan barcha amerikaliklar xursand bo’ldi”, - dedi u.
Bush Mandelani Oq Uyga taklif qildi, jasorat siymosi deb atadi. Ammo Mandela
hamon AQShning terrorchilar ro’yxatida bo’lgani bois Kongress uning mamlakatga
kirishi uchun maxsus ruxsatnoma berishi kerak edi.
Kongress a’zosi Barbara Li har ikki partiya bu masalani birgalikda tezkorlik
bilan hal qilganini aytadi
“Bu masalada Davlat kotibi, respublikachilar va demokratlar, ya’ni hammamiz
Afrika Milliy Kongressi va Nelson Mandelaga nisbatan dahshatli siyosatni tugatish
maqsadida bir yoqadan bosh chiqarib harakat qildik”, - deydi u.
Prezident Barak Obama Nelson Mandelaning xalq oldidagi xizmatlarini yuqori
baholab, “talaba bo’lamizmi, sotuvchi yoki dehqon, vazir yo prezident, u butun insoniyat
uchun o’rnak bo’lib qoladi”, deydi.
Nelson Mandela dunyodagi eng obro‘li davlat arboblaridan biri edi.
U Janubiy Afrikadagi aparteid tuzumini mavh qilish va turfa irqlilik asosida
demokratik davlat qurish uchun kurashdi.
27 yil zindonband etilgan Mandela janoblari alal-oqibat mamlakatning ilk qora
tanli prezidenti bo‘ldi.
Asosan ikki irq o‘rtasidagi ziddiyatning boshqa jabhalarini bartaraf etish va
tinchlik o‘rnatish uchun kurashdi
25
.
Do'stlaringiz bilan baham: |