1.2. Janubiy Afrika aholisi, etnik tarixi, xalq irqlari
Janubiy Afrikaning tub axolisi asosan bushmenlar va guttentotlar. Ular kadim
zamonlarda butun janubiy va kisman Sharkiy Afrikaning cheksiz tropik urmonlarida
keng joylashgan.Xozirgacha ularning ibtidoiy ajdodlari yaratgan koyatosh rasmlari
saklanib kolgan. Ularda yovvoyi xayvonlar, ov kilish, terimchilik va urush manzaralari,
turli marosimlar tasvirlangan.
Bushmenlar (asli ma'nosi “butazor odamlari”, deb yevropaliklar nom bergan)
na dexkonchilikni, na chorvachilikni bilganlar, fakat ovchilik va terimchilik bilan kun
kechirganlar. Ular muayyan territoriyaga ega bulgan kabilalarga bulini, daydichilikda
kichik gurux bulib ovkat izlab kuchib yurganlar. Erkaklar uk-yoy, chukmor va nayzacha
bilan ov kilganlar, ayollar esa oddiy uchi utkir tayok bilan yer kovlab yemishli ildizlar,
chuvalchanglarni topib tirikchilik kilganlar
8
.
6
Девидсон. Б. Африканские. Введение в историю культура.. M. 1975.Стр-123.
7
Девидсон. Б. Африканские. Введение в историю культура.. M. 1975.Стр-123.
8
Андрианов.Б.Б.. Населения Африки. M. 1987 г.Стр 221.
Guttentotlar bushmenlarga nisbatan bir oz yukori madaniyatga ega bulgan.
Ular fakat bir necha asr mukajddam chorvachilikka utganlar, kuy, echki va koramollarni
bokib kun kechirganlar.Ular xam tropik urmon axolisidek uylarini doirasimon kura kilib
kurganlar va katta patriarxal oilalarga bulinib joylashganlar. Guttentotlar kushni bantu
xalklaridan kulolchilik, temir eritish va ishlab chikarish, temir kurollardan foydalanishni
kabul qilganlar
9
.
Hozirgi Janubiy Afrikaning asosiy aholisi hisoblangan negroid, bantu
xalklari, yuqorida ko‘rsatilganidek, eramizning yo ming yillarida shimoldan kuchib
kelib, eng serunum yerlarni, sharkiy soxillarni egallab olganlar. Asosiy bantu qabilaviy
birikmalaridan kosa, zulu, basuto, tevana, shona, rozvi kabilar mahallik kabilalarni asta-
sekin siqib chiqargan va qisman assimilatsiya qilingan. 11-ming yillik boshlarida
Zambezi va Limpopo daryolari oraligida Monomotapa nomli yukori madaniyatli ilk
sinfiy bantu davlati paydo buldi.
Afrika kit'sining janubiy kismining etnik kiyofasi ancha murakkab. Janubiy
Afrika mamlakatlarining beshdan turt kismi turli etnoslardan kuramalashib ketgan
afrikaliklardan iborat. Eng kupi bantu xalklari, bushmen va guttentotlar -–0,5 foiz,
yevropaliklarning avlodlari metislar bilan – 19 foiz, kelgindi osiyoliklar va ularning
avlodlari – 2 foiz.
Efiopiya eng kadimiy madaniyat markazlaridan biri. Bu yerda topilgan
toshdan yasalgan mexnat kurollari 3 mln. yillar mukaddam paydo bulgan. Ibtidoiy
makonlardan paleolit va ayniksa neolit davriga oid obidalar kup topilgan. Eramizning
boshlarida paydo bulgan Aksum podsholigi 1U-X1 asrlarda eng gullab-yashnagan,
Misr, Rim-Vizantiya imperiyasi va Shark mamlakatlari bilan savdo alokasi urnatilgan.
U asrlardan xristian dini tarkalgan edi. Janubiy Arabiston sekmit tilidagi kabilalarning
kuchib kelib maxalliy axoli bilan aralashishi natijasida Efiopiyada yirik xalklar
shakllana boshlagan. Utgan asrning ikkinchi yarmidan umumiy Efiopiya davlati paydo
buladi va Efiopiya xalklarining birikishiga zamin yaratiladi. Xozir mamlakatda
yigirmadan ortik yirik xalklar yashaydi. Shulardan eng kattasi amxara butun axolining
9
Jabborov I.M. Jahon xalqlari etnografiyasi. T.1985.73-bet.
yarmini, galla- 23 foizini, tigrai-9,2 foizini, somali –7,3 foizini, sidamo – 3,2 foizini
tashkil kiladi.
Yevropoid va negroid irklari urtaligida shakllangan Efiop irkiga tegishli
xalklar asosan semit-xamit tillarida gapiradilar. Xozirgi Efiopiyadayashovchi eng katta
xalklar amxara va oroma, janubi-sharkiy rayonlardagi somaliylar va boshka elatlar semit
til oilasida. Markaziy kismida va janubda kup sonli galla, sidamo, kushit tilida
gapiradigan xalklardir. Bular asosan dexkonchilik bilan shugullanadilar
10
.
Efiopiya eng kadimiy dexkonchilik markazlaridan bulib, uning markaziy va
garbiy-shimoliy kismlaridagi xaydaladigan yerlarga asosan galla ekilgan. Garbiy,
janubiy kismidagi rayonlarda yaylovli chorva xujaligi bilan motiga dexkonchiligi birga
olib borilgan. Asosiy ekinlardan bugdoyning ayrim turlari, teffa, durra, makka, arpa,
suli, sholi, loviya turlari, nuxat, chechevisa, nut, paxta ekiladi. Efiopiya kofe vatani, eng
sevimli ichimlik xam kofedir. Turli sabzavot ekinlar: kalampir, piyoz, sarimsok, karam,
bodring, kovok xam yetishtiriladi. Keyingi vaktlarda pomidor, lavlagi, rangli karam,
sabzi xam keng tarkalgan. Bogdorchilik rivojlangan, apelsin, limon, mandarin, anor,
banan ustiriladi.Dexkon xujaligida kul tukimachiligining keng tarkalganligi tufayli va
keyingi davrlarda eksportning kengayishi natijasida paxta eng muxim ekinlardan
xisoblanadi. Fakat shimoliy viloyatlarda va Eritriyada temir tishli plug bilan yerga ishlov
beriladi.
Dexkonlarning asosiy taomlari xar xil chuchuk non va patirlar, eng sevimli
taomi non va yogli va kalampirli loviya kaylasi – shuro. Gusht kam ishlatiladi. Ammo
Efiopiyada molning kupligi jixatidan jaxonda eng birinchi urinlarda turadi
11
.
Xunarmandchilik nixoyatda rivojlangan. Temir buyumlar ishlab chikarish,
zargarlik birinchi urinda turadi. Kadimiy davralarda efioplar temir buyumlari,
bilaguzuk, sirga va boshka turli bezaklarni nozik ornamentlar bilan ishlaganlar. Xatto
kiyimlar, metall, ayniksa oltin va kumush buyumlar kimmatbaxo toshlar xam ishlatilgan.
Usimlik ornamentlari kadimiy kulyozmalarda xam ishlatilgan. Kulolchilikda zur
10
Jabborov I.M. Jahon xalqlari etnografiyasi. T.1985.223-bet.
11
Dеvidson B. Afrikantsi. Vvdеniе v istoriyu kulturi. M. 1975. 59-bet
maxorat bilan spiral ususlida chuzib ajoyib buyumlar ishlab chikariladi. Sopol idishlar
utda pishirib sirlangan. Chorva bilan shugullanuvchi axolida kunchilik rivojlangan, turli
teri maxsulotlari ishlab chikarilgan.
Efiopiyaning shimoliy va sharkiy rayonlarida yashovchi axoli tugri burchak
shaklida mayda tosh va shagaldan tuprok va tezak aralash loydan kurilgan tekis tomli
uylarda yashaydilar. Kuchmanchi chorvador axoli uziga xos panjara sinch devorli,
tuxum shaklida kalin kuruk xashak bilan yopilgan, ustiga tuya yoki xukiz terisi
koplangan uylarda yashaydilar. Keyingi yillarda kuchmanchilarning utrok turmush
tarziga utayotgan kismi tukuli uylarni tiklamokdalar.
Efiopiyada shaxar juda kam. Axolining fakat 10 foizi shaxarlarda yashaydi.
Kiyimlari an'anaviy, erkaklari chitdan uzun tik yokali kuylak, tor ishton
kiyadilar, ustiga shamma (chopon) yopinadilar, sovukda kapyushonli jundan tukilgan
burnus kiyadilar.Ayollarning kiyimlari xam uzun tor yengli kuylak, shamma va
burnusdan iborat. Odatda ayol va erkaklar bosh va oyok yalang yuradilar, ayollar ba'zan
rumol yopinadilar. Fakat saxroda kaynok kumda teri sandal kiyiladi. Sunggi vaktlarda
yevropa kiyimlari keng tarkala boshlagan.
Efiopiya kishloklarida an'anaviy turmush tarzi, moddiy va ma'naviy
madaniyatning kadimiy xususiyatlari saklanib kelmokda. Ammo shaxarlarda va yirik
kishloklarda an'anaviy maishiy turmush bilan birga yangi shaxar xayoti belgilari
sezilmokda. Ayollarda nozik matolardan burma kilib tikilgan kashtali ok kuylaklar,
yoshlarda esa yupka va bluzkalar paydo bulmokda. Bayramlarda xamma ok libosdar
kiyadilar. Butun xayot ochik xavoda utadi. Xovlida ovkat pishiriladi, chit tukiladi, ip
yigiriladi, non yopiladi va kofe kaynatiladi.yu
Somali yarim orolida yashovchi shu nomdagi axolining turmush tarzi
efiopiyaliklarga ancha yakin. Eramizdan avvalgi 11 ming yilliklarda bu ulkani kadimiy
misrliklar Punt mamlakati deb ataganlar. VII asrdan boshlab Somali arab madaniyati
ta'siriga utadi. X-XII asrlada paydo bulgan Adal sultonligi yirik tranzit savdo markaziga
aylangan va XII asrlargacha gullab-yashnagan
12
.
12
Dеvidson B. Afrikantsi. Vvdеniе v istoriyu kulturi. M. 1975. 59-bet.
Somaliylarning asosiy kismi chorva xujaliklari bilan shugullanadilar. Ayniksa
tuyakashlik keng tarkalgan bulib, tuya bilan boylik belgilangan.Undan ortik tuya, bir-
ikki yuz kuy va echkiga ega bulgan kishi badavlat xisoblanadi. Ayrim boy oilalar bir
necha yuz va xatto mingta tuyaga ega.Somaliylar guruxlarga bulinibkupincha kavmi-
karindosh oilalar birikib kuchib yurganlar. Uzok davrga muljallanib kurilgan makon
(guri) ni koldirib, uspirin va yoshlar tuyakashlik kilib uzok joylarga kuchib bir necha
oygacha poda bilan yashagan. Utrok xolatda fakat axolining uchdan bir kismi yashaydi.
Bular asosan vodiylarda joylashgan dexkonlar, xunarmandlar, sadogarlar va soxillardagi
balikchilar
13
.
Somaliyliklarning kuchmanchi chorva kismi muvakkat lagerlar tiklab, tuxum
shaklida kismlarga bulinib yigishtiriladigan utovlarda, dexkonlar va balikchi utrok axoli
silindr shaklidagi tomi soson bilan yopilgan konus (mundullo) larda istikomat kiladilar.
Yirik kishloklarda tugri burchakli chipta devorlarda kurilgan, palma yaproklari bilan
yopilgan nishab tomli uy (arish) lar tikilgan. Kiyimlari kushni efiopiyaliklarnikiday uzun
yaxlit chitdan butun badanini tupigigacha uraydigan sarpo, oyogiga sandal, buyinlariga
kur'on suralari yozilgan tumor osadilar. Chorva axolisining asosiy taomi sut, katik, kurt,
onda-sonda gusht va atala, dexkonlarning taomi non, atala, sariyog va sut. Axolining
kupchiligi diniy e'tikodga tayanib “xarom” xisoblangan balik, parranda va tuxumni
iste'mol kilmaydilar.
Afrika, arab va hind madaniyatlarining kup asrlik yaqin aloqalari va ular
aralashmasidan paydo bulgan yorkin va original suaxili madaniyati xalkaro axamiyatga
va juda kup etnoslarga manzur bulgan madaniyatga aylangan. Uy kurilishida,
kiyimlarida, badiiy xunarmandchilik buyumlarida, ma'naviy madaniyatida nixoyatda
guzal va rang-barang uziga xos xussuiyatlarni saklab kelgan. Keniya xalklarining soxil
kismidagi axolisi xozirgacha ajoyib zargar, misgar, yogoch va suyaak uymakorligi
san'ati an'analarini davom kildirmokdalar. Suaxilliklarning ok xalat (galabey) lari,
13
Lvova E.S. Etnografiya Afrika. M.1984.131-bet
kumush bilan kashtalangan chiroyli duppilari, ayollarning kuyuk kuk uziga xos parda
va choyshaplari, turli taomlari sharki-janubiy soxil axolisi orasida keng tarkalgan.
14
Janubiy Afrikaning nisbatan rivojlangan kup tarmokli xujalikka ega bulgan
mamlakatlaridan xisoblangan Zimbabve xalklarida an'anavtiy turmush tarzi elementlari
ancha saklanib kelgan. Masalan, axolining uchdan ikki kismini tashkil kiluvchi shona
xalki xozirgacha derazasiz dirasimon konus shaklidagi somon tomli uylarda yashaydilar,
ularning butun faoliyativa tirikchiligi ochik xovlida utadi. Ovkatlari dondan pishirilgan
atala sabzavot kaylasi bilan, gushtni fakat oilaviy yoki diniy bayramlarda iste'mol
kiladilar. Teridan tikilgan belbog‘ yoki etakcha, ba'zan kabilaviy tartiblar saklangan.
Katta etnoterritorial birikmadan iborat kabila jamoasi – “nika” ni an'anaviy oksokollar
boshkaradi. Ular muayyan davrda jamoa mulki xisoblangan yerlarni kayta taksimlash,
xashar tashkil kilish, marosimlar utkazishga bosh buladilar.Qishloq oilalarida xar bir
oila a'zosi xurmatiga karab taom iste'mol kilishda uz urnini avnik bilgan. Xar kishi dala
ishlaridan tashkari uyidabir kasbni bilishi, masalana, chipta yoki savat tukishni, sopol
idish yasashni uymakorlikni yoki boshka bir kasbni egallashi shart bulgan. Ularning
sevimli muzika asboblari turli nogoralar, nay va surnaylar, uziga xos yogoch.
Rezanatorga urnatilgan tunikali instrument “mbira”. Juda nozik geometrik nakshlar
berilgan sopol buyumlar, tukimalar, applikasiya ususlida tukilgan gilamlar shona
xalkiga xos dekorativ san'at namunalaridir.
Etnik jixatdan uziga xos Koysan til turkumiga oid bushmenlarning kurol va
buyumlari uk-yoy, ukdon, yogoch suki va sopi, straus tuxumi kobigidan va yovvoyi
xayvonlarning osh kozonidan ishlangan suv idishlari. Yoy-ukining uchi toshdan yoki
kushni bantu va guttentotlardan almashib olgan metalldan yasalgan.Ular uk-yoyni
muzika asbobi sifatida xam ishlata bilganlar. Sexrgarlik marosimlarida muzikantlar
chalkancha yotib kuy ijro etadilar. Bushmenlar ota urugidagi kavmi-karindosh
guruxlarga birikib daydichilik kilib kuchib yuradilar. Ularda doimiy uylar bulmasdan,
14
Jabborov I., Jabborov S. Jahon dinlari tarixi.
Toshkеnt, 2001
turargoxlarida kumni kovlab yoki yertula kilib somon tushab yotganlar, ba'zan
xashaklardan chayla kurganlar
15
.
Botsvana axolisining kupchiligida xozirgacha kabila boshliklari arvoxlariga,
tabiatga siginish, totemistik tasavvurlar saklangan.Savodsizlik ommaviy bulganligi
tufayli diniy e'tikod va marosimlarning mustaxkam asosiy zamin yaratgan.
Janubiy Afrika bantu xalklarining an'anaviy xujaligi chorvachilik va
motiga dexkonchiligi, ovchilik va terimchilik bulgan.Barcha bantu xalklari temir va mis
eritish , metall- kurol- aslaxa va bezaklar yasash san'atini egallagan.Temirchilik eng
xurmatli kasb xisoblangan.Charxsiz ajoyib sopol idishlar yasab, kizil buyok va grafit
bilan naksh berilgan va siykalab yaltiratilgan. Ular tukimachilikni bilmasa xam terilarga
yaxshi ishlov berib kiyim tikkanlar.
Madagaskar uzining etnik tuzilishi bilan Afrikaliklardan ajralib turadi.Tub
axoli bulgan malagasiylar tashki kurinishi, tili, moddiy va ma'naviy madaniyati bilan
Janubiy Osiyo xalklariga yakin turadi.Ammo ularning orasida xam mongoloid, xam
negroid tiplari uchraydi.Tillari malyya – polineziya oilasiga kiradi.Malagasiylar
axolining kupchiligini tashkil kiladi
16
.
Etnogenezi kam urganilgan, ma'lumotlarga karaganda bu yerga er. av. X-
X! Asrlarda Janubiy- Sharkiy Osiyodagi orollardan mongoloidlar kuchib kelishgan.
Ular ilgari kelgan axoli bilan aralashib xozirgi malagasiy xalkining shakllanishiga asosiy
zamin yaratgan.
Malagasiylar xuddi indoneziyaliklar singari yerga ishlov berib sholi
ekkanlar, juda uxshash kiyimlar kiyganlar, temir eritish, pufak kurol ishlatish, kema
kurishni bilganlar.Diniy marosim vaboshka urf- odatlari xam polineziyaliklarnikiga
uxshab ketadi.Ularning juda boy rivoyatlarida uzok utmishda ajdodlarining sharkiy
mamlakatlar bilan boglik ekanligi tugrisida xikoya kilinadi.
X1U asrda orol markazida Imerin davlati tashkil topadi va uning
axolisining kupchiligi merina xalkidan iborat bulgan.XU1- XVII asrlarda Madagaskarda
15
Dеvidson B. Afrikantsi. Vvdеniе v istoriyu kulturi. M. 1975
.
16
Andrianov B.V. Nasеlеniе Afriki. M. 1987. Стр 89.
uchta mustakil turli etnik guruxlardan tashkil topgan davlatlar paydo bulgan.X1X asrga
kelib ular birikib , “ Madagaskar kirolligi” ga asos soladi va uni Imerin xokimlari
boshkaradi. 1876 yilda 8 yoshdan 16 yoshgacha bolalarni majburiy ukitish joriy
kilinadi. Savdo- sotik kilish kuchayadi, sanoat korxonalari paydo buladi. Malagasiy
tilida gazeta va jurnallar chika boshlaydi.
1883 yilda boshlangan ikki yillik urushdan keyin Fransiya orolni bosib
oladi.Bir necha yil xalk kuzgolonlari davom etib, 1896 yilgi shartnoma asosida Imerin
xokimligi tugatiladi, kirolicha mamlakatdan xaydalib yirik davlat arboblari va kirol
vakillari katl etiladi.Ozodlik kurashi natijasida 1960 yilda mustakil Malagasiya
respublikasi tashkil topadi.1975 yili unga Madagaskar Demokratik Respublikasi deb
nom beriladi va yangi xokimiyat konstitusiyani e'lon kiladi.
Orolning 98,8 foiz axolisi malagasiylar bulib, ular 18 ta etnik guruxlarga
bulingan.Yiriklari: merina, besimisaraka, besileu va boshkalar.Shuningdek, fransuzlar,
xindiylar, pokistonliklar, xitoylar, arablar,makua, suaxil, va komorliklar yashaydi
17
.
Asosiy ozik- ovkat maxsuloti sholi bulib, butun sugoriladigan yerning 95
foizini egallaydi.Sholi kuchatlarini kichik polizlarda yetkazib, keyin dalalarga
ekkanlar.Ekinzorlarga suvni kanallar, kichik ariklar orkali yetkazib beradilar.Yerga
uzun dastali, temir uchli motiga bilan ishlov berilgan. Sholini yilning oxirida, yomgir
kup yogadigan paytda ekib, aprelda yigib-terib olishgan.Makkajuxori, kartoshka, loviya,
juxori, manioka, banan, sabzavot, mevali daraxtlar xam ekiladi, asalari va pilla
yetishtiriladi.Chorva rayonlarida esa yirik koramol – zebu , chuchka, echki, turli
parranda bokiladi. Madagaskarni ba'zan “ zebu oroli “ deb ataydilar, chunki bu yerda
10 mln. ga yakin zebu bokiladi.
Axolining kupchilik kismi kishloklarda yashaydi. Uylari tugri burchakli kilib
kamishdan kurilgan , tomlari palma yaproglari bilan yopilgan , devorlari kamishdan
tukilib loy bilan suvalgan.Erkaklarning kiyimi belbogcha, ayollarda kulda tukilgan
gazlamadan tikilgan yubka kiyishgan. Axolining kupchiligi maxalliy an'anaviy dinlarga,
ayniksa ajdodlarga siginish ibodatiga amal kiladilar.Xotira marosimlarida musika,
17
Braynt A. Zulusskiy narod do prixoda еvropеytsеv. M.. 1953.
rakslar, miltik otishlar, katta xarajatli xudoilar va xaftalab davom etadigan ziyofatlar
juda keng tarkalgan.Ular ulimni xayotning davomi deb tasavvur kiladilar.Ular
ajdodlarning arvoxlari birga uyda yashaydi, kolgan avlodlarning turmushini, an'anaviy
udumlarga amal kilinishini kuzatadilar, deb uylashgan.
Malagasiylarda tosh yoki yogoch uymakorligi, sopol idishlarga va
gazlamalarga tasvir berish san'ati ancha rivojlangan. Musika va ogzaki ijod xam
rivojlangan.
Madagaskar axolisi xozirda tinch mexnat sharoitida yashab, ma'rifat yulidan
borib , tarakkiyot sari dadil intilmokda.
Afrika (“kora kit'a”) kit'asi maydonning kattaligi jixatidan Osiyodan keyin
ikkinchi urinda turadi. Uning xududi 30, 3 mln. kv.km bulib, Yevropadan 3 marta katta.
Axolisi soni taxminan 700 mln. kishi. Bu yerda kup millionli millatlar (misrliklar,
jazoirliklar, marokashlar, amxara va x.k.), katta xalk va elatlar (xausa, fulbe kabilar)
bilan birga mayda terib termachilik va ovchilik bilan kun kechiruvchi daydi ibtidoiy
kabilalar xam yashaydi. Xozirda Afrikada taxminan 200-250 xalk mavjud. Shulardan 83
tasi 1 milliondan ortik axoliga ega bulib, butun kit'a axolisining 86 % ini tashkil kiladi
18
.
Kit'ani turt tomondan Tinch va Atlantika okeanlari xamda Urta va Kizil dengiz
suvlari urab turadi. Uni Yevropadan Gibraltar bugozi ( eni 14 km), Osiyodan Suvaysh
kanali ajratib turadi. Kit'ani ekvator chizigi deyarli teng urtasidan kesib utib, uning
janubiy va shimoliy kismida subtropik iklimli, serunum, yashash uchun kulay joylardir.
Relyefi katta yassi tog shaklida bulib, atroflarida biror toglar mavjud. Uning shimolida
Atlas, sharkida Abissin va Sharkiy Afrika yassi tog tismalari joylashgan. Kit'aning 30%
xududi baland buyli utlar va savanna bulib, kolgani changalzor, urmon va bepoyon
saxrodir.Eng katta daryolardan Nil, Niger, Kongo, Zambezi mavjud. Eng katta
kullarikit'a sharkida joylashgan bulib, ular – Viktoriya, Tangonika, Nyasa, Mveru va
Markaziy Afrikadagi Chad kulidir.Eng katta saxrolardan Saxroi Kabir, Kalaxari va
Namib chullari.
18
Политическая карта Африки.Ильина.Е.А. М. Просвещения .2009 г.
Usimlik dunyosi juda boy. Banan, yer yongogi, xurmo, kofe va kauchuk
daraxtining vatanidir. Chorvachilikka kulay, yem-xashakka boy savannada molning
ashaddiy dushmani sese pashshasini nixoyatda kupligi tufayli bu soxa kam rivojlangan.
Ammo xayvonot dunyosi juda boy, fil, karkidon, oxu, tuyakush, yulbars, arslon,
maymun, ilon, timsox kabi xayvonlar juda kup. Afrika eng kup olmos,oltin, platina,
uran, temir rudasi, mis, alyumin, fosforit, neft, kumir kabi foydali kazilmalarga boy.
Tabiati singari axolisining etnik kiyofasi joylanishi va zichligi xam turli-
tumandir. Kit'aning etnik tuzilishida kadimdan uzok davr mobaynida shakllanib kelgan
xalklar muxim urin egallaydi
19
.
Antropologik jixatdan Afrika axolisi uchta yirik irk, urta va aralash tiplardan
iborat. Kit'aning shimoliyda Saxroi Kabirning janubigacha yevropoid irkiga oid kora
kuz, tulkinsimon korasoch, bugdoy rang tanli, uzunchok yuzli, bir oz burgutsimon
burunli arablar, barbarlar yashaydi. Afrikaning asosiy axolisi xisoblangan kup sonli asl
negroidlar katta xududda tarkalgan. Ular kop-kora tani, kora kuzi va burama sochlari,
kalin labi, keng va puchuk burni kabi belgilari bilan ajralib turadi. Katta negroid irki
ichida uzun buyli va tanasi nixoyatda kora nilodlar tipi Nil daryosi yukori okimlarida va
Buyuk kullar atrofida yashaydi. Kongo voxasining tropik urmonlarida past buyli
(urtacha 141-142 sm), bir oz koramtir tanli, sersokolli, puchuk keng burunli pigmentlar
yashaydi. Jismoniy tuzilishi jixatidan Afrikaning eng janubiy kismida yashayotgan
bushmenlar va gottentotlar maxsus antropologik tipni tashkil kiladilar. Madagaskar
axolisi xam negroid va mongoloid irklari aralashmasidan paydo bulgan maxsus tiplardan
iborat.
Sunggi tasniflashga binoan Afrika tillari turtta katta til oilasini tashkil kiladi:
1.Semit-xamit (Afroosiyo).
2.Niger-kordofa.
3.Nil-saxara.
4.Koyson tillari.
19
Lvova E.S. Etnografiya Afrika. M.1984.
Uz navbatida ular xam katta-kichik turkum va guruxlarga bulinadi. Xamit til
oilasiga kirgan arab tilida suzlashadigan axoli (misrliklar, jazoirliklar, tunisliklar,
liviyaliklar) VII-VII1 asrlarda Arabiston yarim oroliga kuchib kelib, maxalliy tub elat
va xalklar bilan aralashib ketishi natijasida paydo bulgan. Eng kadimgi tub axoli
avlodlaridan barbarlar fakat Magrib toglarida va Saxroi Kabirda saklanib kolgan.Ammo
ularning kupchiligi ( kabillar, tuareglar, rif va boshkalar) xozirda dastlabki tillarini
yukotib arab tiliga utganlar. Semit guruxiga kirgan eng yirik xalklardan amxara, tigrai
va tigri xozirgi efiopiya millatining negizini xosil kiladi.
Niger-kordofa til oilasidagi xalklar beshta turkum – benue-kongo,
kva,monde, garb-atlantika va voltadan iborat.
Nil-saxara til oilasi uchta yirik guruxga – songai, saxara va shari-nilga
bulinadi. Mazkur oilaga uchta uziga xos tilga ega elatlar – maba, fur va koma kiradi.
Koyson til oilasiga bushmenlar, gottentotlar va toglik damaralar kiradi. Ular
utmishda Janubiy Afrikaning juda keng xududini egallagan. Shuningdek, koyson
tillariga Sharkiy Afrikadagi sandave va xatsa elatlari xam kiradi.
Madagaskar orolidagi malgashlar tili, antropologik tuzilishi va madaniyati
bilan kit'a axolisidan ancha ajralib turadi. Ularning tili avtroneziya til oilasiga oid,
antropologik jixatdan esa janubiy mongoloidlarga yakin.
Kit'ada yashovchi yevropaliklar butun axolining 2-3 % ini tashkil kiladi. Ular
asosan inglizlar, burlar, fransuzlar, ispanlar, italyanlar, portugallardan iborat bulib
ozchilikni tashkil kilsada, uz iktisodiyoti va siyosiy tuzumiga egadirlar
20
.
Xozirgi afrika xalklarining etnik kiyofasini urganish uchun avvalo uning
tarixini bilish zarur. Sunggi un yilliklarda olib borilgan arxeologik izlanishlar Afrika
tarixining uzok utmishiga oid katta bir davrni oydinlashtirib berdi. Janubiy va Sharkiy
Afrikada avstrolopiteklar yashaganligini xam, kit'a eng kadimgi odamlar vatani ekanligi
tasdiklandi. Bu yerda 4 million yil mukaddam gominidlar, ya'ni odamsimon mavjudotlar
yashaganligi, odamzot esa 2,5-3 million yillar mukaddam paydo bulganligi aniklandi.
Ilk paleolit davriga oid ibtidoiy manzilgoxlar Tanzaniyaning Olduvay darasidan
20
Braynt A. Zulusskiy narod do prixoda еvropеytsеv. M.. 1953
topilgan. Neolit davriga kelib, Shimoliy va Markaziy Misrda, Sudan va boshka
voxalarda dexkonchilik va chorvachilik shakllanib, axolining utrok xayot tarziga utishi
ruy bergan. Mezolit va Neolit davrlarida xozirgi antropolik tiplar shakllanib bulgan,
neolit davriga kelib xozirgi tillar xam shakllanib tugagan
21
.
Misrliklar kushni elatlar xakida muxim yozma manbalar koldirgan. Ularda ok
tanli Liviya kabilalari, jigarrang tanli kushetlar, kora tanli nilodlar va boshka xalklar
xakida turli xil ma'lumotlar saklangan. Er.av. 3-2 ming yillikda Saxroi Kabirda
kirgokchilik bulgan, kuplab elat va xalklarni kuchishga majbur kilgan. Okibatda Saxroi
Kabirning janubida uziga xos yangi nok madaniyati shakllangan. Ular temir va boshka
metallarni ishlab chikarishni bilgan va foydalanishgan. Eramizning VII1-1X asrlariga
kelib tropik Afrikada ekspluatasiya va sinfiy tuzum munosabatlariga asoslangan bir
necha yirik davlatlar shakllanib, XU1 asrgacha rivojlanib kelgan. Ulardan Gana, Mali,
Songayi, Dagomeya, Xausan shaxar-davlatlari, Sudandagi Kanem-Bornu, Benin,
Gvineya soxilidagi Yoruba davlati, kadimgi Kongo va Efiopiya davlatlari va boshkalarni
eslash mumkin. Ular ancha rivojlangan ishlab chikarish kuchlariga ega bulgan ijtimoiy
mulk va yuksak madaniyat yaratganlar.
21
Narodi Afriki. M., ANS. 1958.
Do'stlaringiz bilan baham: |