1898 -1914 YILLARDA ANGLIYA.
Reja :
1. XX- asr oxiri XX-asr boshlarida Angliyaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli.
2. 1898-1914 yillarda Konservatorlar va Liberallar partiyasining ahvoli.
3. XX-asr oxiri XX- asr boshlarida Angliya mustamlakalarida milliy ozodlik harakatining boshlanishi va oqibatlari .
4. 1898 -1914 yillarda Angliyaning tashqi siyosati .
XIX - asrning oxiri XX - asrning boshlarida ham Angliya jahondagi eng qudratli va eng boy davlatlarning biri edi. Angliya hali ham jahon savdosida birinchi o`rinni egallab turardi, jahon tovar almashinuvining anchagina qismi uning hissasiga to`g’ri kelar edi.
Okeanlardagi kemalarning deyarli yarmi Britaniya imperiyasi bayrog’i ostida suzardi. Angliya burjuaziyasi jahon savdosiga qarzlar berib, bundan juda katta foyda olardi.
Shu sababli London jahonning moliyaviy markazi bo`lib hisoblanar edi. Angliyaning funt sterlingi ham jahon savdosidagi hisob-kitob uchun ishlatiladigan pul bo`lib xizmat qilib turdi. Yer yuzining hamma joyida Angliya banklarining juda ko`p shaxobchalari faoliyat ko`rsatar edi.
Angliya sanoati XX -asrning dastlabki o`n besh yilida XIX- asrning keyingi o`n yilidagiga qaraganda tezroq sur`atlar bilan rivojlandi. Sanoatning yangi tarmoqlarida, jumladan, ximiya va elektrotexnika sanoatida ishlab chiqarish juda tez o’sdi. Eski tarmoqlarda ham ishlab chiqarish rivojlanaveradi. CHunonchi, 13 yil mobaynida (1900-1913 yillar) cho`yan yeritish 14,5% ko`mir kazib chiqarish esa hatto 30% o`sdi.
Biroq jahon raqobatida eng muhim ko`rsatgichlar bo`yicha Angliya o`zining raqiblaridan ayniqsa, AQSH va Germaniyadan keyinda qolayotgan edi. Jahon miqyosida ko`mir qazib chiqarish bo`yicha Angliyaning hissasi 1900 yildan 1913 yilgacha o`tgan davr ichida 29,7% dan 21,8% ga tushib qoldi. Jahon miqyosida cho`yan ishlab chiqarish sohasida esa 22,1% dan 13,2% ga, paxta iste`molida esa 28,5% dan 23,2% ga tushib qoldi.
Bu qoloqlikning eng muhim sabablaridan biri shu ediki,Angliyaning raqiblari, xususan industriyalashtirish yo`liga Angliyaga qaraganda keyinroq kirishgan AQSH va Germaniya o`z sanoatida eng yangi mashinalari va ishlab chiqarishning eng ilg’or texnologiyasini joriy qilish imkoniyatiga ega bo`lganligi bo`lsa, Angliyada esa sanoati eski texnikalar asosida ishlashi edi. eski texnikani yangisi bilan almashtirmoq uchun ko`p miqdorda yangi kapital sarflash kerak edi, biroq ingliz burjuaziyasi o`zining kapitallarini boshqa mamlakatlarga ko`p miqdorda chiqarishni afzalroq deb bildi, chunki shu tufayli u eng ko`p foyda olmoqda edi.
Chet mamlakatlarga kapital chiqarish miqdori jihatidan Angliya birinchi o`ringa chiqib oldi, 1910 yilda ingliz burjuaziyasining chet ellardagi kapitali qariyb 3,7 milliard funt sterlingga yetdi, vaholanki Fransiyaning chet ellardagi kapitali 10 milliarddan, Germaniyaniki esa 1 milliarddan oshmas edi. Chet ellarga chiqarilayotgan kapital ingliz burjuaziyasiga juda katta daromadlar keltirib turdi.
Chet el raqobatidan zarar ko`rayotgan sanoatchilarning ba`zi kategoriyalari chet ellardan keltirayotgan tovarlarga boj solig’i solishni talab qilayotgaliklariga qaramay, Angliya hukumati tashqi savdo va chet el mamlakatlariga kapital chiqarish bilan mahkam bog’langan nufuzli burjua doiralarining manfaatlarini ko`zlab erkin savdo siyosatini saqlab qolaverdi. Bu esa Angliya sanoatida monopolistik birlashmalarning o`sishini birmuncha sekinlashtirib qo`ydi, chunki monopoliyalar tuzishga rag’batlantiruvchi eng muhim vositalardan biri – ichki bozor narxlarini bemalol oshira borish imkoniyatini susaytirib yubordi.
Shunga qaramay, kapitalizm rivojlangan boshqa mamalakatlarda bo`lgani kabi, Angliyada ham ishlab chiqarish va kapital kontsentratsiyalash va markazlashtirish sababli monopoliyalar tuzish va ularni kuchaytirish davom etaverdi. Ingliz kapitalizmining xususiyatlari tufayli bu protsess bank ishlarida hammadan ko`proq davom etdi.
Birinchi jahon urushi arafasida Angliyadagi eng katta 12 ta bank hamma bank kapitalining 90 % ini o`z qo`lida olgan edi, shu tufayli ular iqtisodiyotida va moliya sohasida hukumronlik mavqeni egallab olgan edilar. Sanoatda ham har xil monopolistik birlashmalar vujudga keldi, bu birlashmalar mamlakat iqtisodiyotida tobora kattaroq rol o`ynay boshladi.
Yengil sanoatda monopolistik birlashmalarining «gorizontal» tipi, ya`ni muayyan bir turdagi ishlab chiqarishgina bitta firma qo`lida to`planishidan iborat monopolistik birlashmalar ustunlik qilmoqda edi.
Angliyaning juda katta va keng mustamlakalari tovarlarni sotish hamda ingliz kapitalini joylashtirish uchun keng bozor bo`lib xizmat qildi va xom ashyoning ko`pgina muhim turlarini hosili sohasida Angliyaning monopoliya bo`lib qolishini ta`minlab turdi, Shuning uchun ham Angliyada monopolistik kapitalizm mana shu juda katta mustamlakalarga tayanib rivojlanaverdi.
Jahonni uzil-kesil taqsimlashdan eng katta ulush olgan Angliya yer yuzida eng zo`r mustamlakachi davlat bo`lib qolaverdi. Angliya mustamlakalarining hududi 1900- yilda 33-million kvadrat kilomertdan oshib ketdi.
Imperalizm davri boshlanishi bilan ingliz burjuaziyasi o`z qaramog’ida mustamlakalarni ekspluatatsiya qilishni kuchaytirib yubordi.
Angliyadan chetga chiqayotgan jamiki kapitalning taxminan yarmisi mustamlakalarga qul qilingan xalqlarni eksplatatsiya qilish kuchaytirilayotganligi natijasida bu kapital ayniqsa ko`p foyda bermoqda edi.
Ingliz imperialistlari tomonidan Burlarga qarshi boshlangan urush XIX- asrning oxiri, XX- asrning boshidagi urushlardan biri bo`ldi va bu urushning boshlanib ketishiga Angliyaning o`z mustamlakalarini yanada kengaytirishga intilayotganligi sabab bo`ldi.
Afrika qit`asining Burlar yashaydigan Transvaal va Oranjevay respublikalaridan boshqa, butun janubiy qismini inglizlar XIX-asrning oxirigacha bosib olgan edilar.
O`sha paytda ingliz imperialistlari Misrdan to Yaxshi Umid burniga qadar bo`lgan yaxlit hududda Buyuk Afrika imperiasi vujudga keltirish loyihasini ishlab chiqdilar. Bu loyihaga AQSH, Germaniya davlatlari amalga oshirish yo`lida g’ov bo`lib turgan edi.Angliya hukumati 1895-yilda raqiblarini mag’lubiyatga uchratib, 1899-yilda Bur respublikasiga qarshi agressiyani yana boshlab yubordi. O`zini himoya qilishga majbur bo`lgan, Transvaal hukumati 1899 yil 9-oktyabrda Angliyaga qarshi urush e`lon qildi. Oradan ikki kun o`tgach unga Oranjevay respublikasi qo`shildi.
1900-yilning yoziga kelib, inglizlar Janubiy Afrikaga burlarning 150 ming qo’shiniga qarshi 500 mingga yaqin qo`shin keltirdilar. Ingliz armiyasi burlarni tor-mor keltirdi va 1900-yilning iyuniga kelib Bur respublikalarining hududini okkupatsiya qilish kuchaydi. 1900-yil sentyabrida Angliya hukumati urush tamom bo`lganligini, Transvaal va Oranjevay respublikalari anneksiya qilib olinganligi e`lon qildi.
Inglizlar burlarning otryadlariga qarshi kurashayotgan vaqtlarida mahalliy Bur aholisiga nisbatan eng shafqatsiz jazo choralarini qo`llayverdilar, ularning qishloqlariga bostirib kelib, fermalarga o`t qo`yardilar, burlarning chorva mollarini tortib olardilar.
1902 yil bahorida Burlar taslim bo`ldi, 1902 yilning 1-iyunida sulh tuzildi. Inglizlar butun Janubiy Afrikaning xo`jayini bo`lib qoldilar.
Ingliz-Bur urushi taqsimlangan dunyoni qayta taqsimlab olish uchun katta davlatlar o`rtasidagi kurashning natijalaridan biri bo`ldi. Ingliz imperialistlari tomonidan Janubiy Afrikadagi kichkina xalqqa qarshi boshlangan agressiya urushni hamma mamlakatlardagi progressiv doiralar qattiq qoraladilar. Bu urush Angliyaning ma`naviy va siyosiy jihatdan yakkalanib qolganligini yaqqol ko`rsatdi, mustamlakalarni qayta taqsimlash uchun olib borilgan shiddatli kurash esa, Angliyaning barcha mamlakatlar bilan munosabatlarini keskinlashtirib yubordi. Angliyaga qarshi bo`lgan davlatlar o`rtasidagi keskin ziddiyatlar natijasidagina Angliyaga qarshi koalitsiya tuzilmay qoldi.
Ingliz diplomatiyasi Germaniya bilan qarama-qarshi bo`lib qolgan taqdirda o`zining hech kimdan madad ololmasligini yaxshi tushunib qoldi. Ingliz diplomatiyasi bu vaziyatdan tegishli xulosalar chiqarib olishga va o`rta ittifoqchilar qidirish yo`lini tutishga majbur bo`ldi.
Angliyada XIX asrning oxirida sinfiy ziddiyatlar keskinlashganligini va o`sha vaqtdayoq ishchilar harakati yanada yuksala boshlaganligi natijasida ishchilar ommasi Liberallar partiyasidan tobora ko`proq chekina boshladilar, mustaqil ishchilar siyosati g’oyasi yana vujudga keldi. Tred-yunionlarning 1899 -yilda Plimutda o`tkazilgan navbatdagi kongressi bundan buyon parlamentga ko`proq ishchi deputatlar o`ltkazish maqsadida maxsus konferensiya chaqirishga qaror qildi. Sotsialistik tashkilotlarning va mustaqil ishchilar partiyasining ishtiroki bilan tred-yunionlar tashabbus ko`rsatib, 1900 yilda Londonda chaqirilgan maxsus konferensiya ishchi deputatlarni parlamentga saylashni tashkil etmoq uchun ishchi vakillari komitetini tuzdi.
1905-yilda komitetning nomi o`zgartirilib, unga ishchilar partiyasi degan nom berildi. Taf vodiysida bo`lgan stachka yuzasidan qabul qilingan qaror sababli ingliz proletariatining g’azabi oshib ketganligi, yangi tashkilotning ishchilar orasidagi faoliyati muvaffaqiyatli bo`lishiga yordam berdi, ishchilar o`z tashkilotlarini va o`zlarining sinfiy manfaatlarini qattiq turib himoya qilish zarurligini tobora ko`proq tushuna boshladilar. Leyboristlar partiyasi kollektiv a`zolik asosida tashkil qilindi, bu partiyaga butun tred-yunionlar, mustaqil ishchilar partiyasi, sotsial-demokratik federatsiya hamda boshqa ishchi tashkilotlari va partiyalari a`zo bo`lib kirdi.
Partiyaning moddiy bazasi ishchi tashkilotlarining qabul-qilgan qaror asosida vujudga keltirildi.
Leyboristlar partiyasi 1905 yildagi parlament saylovlarida jiddiy muvaffaqiyat qozonib, parlamentga o`zining 29 deputatini o`tkazdi.
Burjuaziya Leyboristlar partiyasining moddiy bazasiga putur yetkazishga urindi. Temir yo`lchilar kasaba soyuzining a`zosi Osborn o`z xo`jayinlarining ig’vosiga uchib, o`z kasaba soyuzi ustidan sudga ariza berdi va Leyboristlar partiyasining foydasiga mendan vznos olinayotir deb da`vo qildi.
1909 yil dekabrida Lordlar palatasi “Osborn ishi” yuzasidan qaror qabul qilib, tred-yunionlarning siyosiy maqsadlar uchun o`z a`zolaridan pul olishini ta`qiqlab qo’ydi. Taf vodiysining ishi yuzasidan chiqarilgan qaror kabi bu qaror ham burjuaziya ishchi tashkilotlarining faoliyatiga to`sqinlik qilish niyatida ekanligini yaqqol ko`rsatdi. Kasaba soyuzlar bu qarorni e`tiborga olmadilar, hukumat esa uni amalga oshirishga botina bilmadi va 1913 yilda bu qaror bekor qilindi.
Leyboristlar partiyasi tuzilganligi ingliz ishchilar harakati tarixida muhim voqea bo`ldi. Bu voqea shundan iboratki ishchilar ommasi o`zining sinfiy manfaatlarini tobora ko`proq tushuna boshladi. Biroq yangi tashkilot ishchilar sinfining umid qilganidek tashkilot partiyasida rahbarligi mustaqil ishchi partiyasining arboblari, ya`ni, makdonald va boshqalarning qo`liga o`tib qoldi. Bular revolutsiey sotsializmga dushman bo`lgan o`z jilovini liberallar qo`liga berib qo`ygan opportunistik ruh bilan sug’orilgan arboblar edi. Leyboristlar partiyasiga rahbar bo`lib qolgan opportunistlar sotsialistik dasturni qabul qilishdan bosh tortdilar. Ular Leyboristlar partiyasining faoliyatini parlamentning tor doiralari bilan cheklab qo`ydilar, parlamentning o`zi esa mustaqil siyosat o`tkazishdan voz kechib, barcha eng muhim masalalarda liberallarni quvvatlay boshladilar.
Liberal Kempbell-Bankerman hukumati va 1908 yilda uning o`rniga kelgan liberal Askvit hukumati ommaviy ishchilar harakatining tazyiqi ostida ba`zi islohotlar o`tkazishga majbur bo`ldi.
1906-yilda hukumat Taf vodiysining ishi yuzasidan chiqarilgan qarorni parlament orqali bekor qildi va o`sha yilning o`zidayoq ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar bo`lgan taqdirda ishchilarga haq to`lash to`g’risidagi ilgarigi qonunning amal qilish doirasini kengaytirdi.
1908-yilda yer ostida ishlayotgan konchilar uchun 8 soatlik ish kuni joriy qilish to`g’risida va keksa ishchilar uchun pensiyalar to`g’risida qonun qabul qilindi, 70 yoshga yetgan ishchilarga pensiya beriladigan bo`ldi va bu ishchilar bunga «o`liklar pensiyasi» deb nom berishdi, chunki ishchilar juda oz qismigina shu yoshga yeta olar edi.
1911-yilda ishchilarni ishsizlik va kasallikdan straxovanie qilish to`g’risidagi qonun uzoq davom kelgan kurashlardan keyin qabul qilindi. Bunday nafaqalarni to`lash uchun ishchilar va xo`jayinlardan babbarovar miqdorda olib ko`riladigan vznoslaridan iborat fond tuziladigan bo`ldi. Bu fondga hukumat bir oz mablag’ qo`shardi.Liberallar islohotlar siyosatini ishchilar harakatining yuksalib borayotgan kurashiga qarshi kurashish maqsadini ko`zlab o`tkazdilar.
Liberallar hukumati sanoatdagi mojarolarga vositachi va arbitr sifatida aralashish usulini ham keng qo`lladilar. Biroq bu tadbirlarning hech biri muvaffaqqiyatli bo`lib chiqmadi. Liberallar ommaviy ishchilar harakatining avj olishini to`xtata olmadilar. Liberallar partiyasida ta`siri katta bo`lgan va Askvit hukumatida moliya ministri lavozimni egallab olgan Loyd Jorj liberallar hukumatining ishchilarga doir siyosatini o`tkazishning ilhomchisi va tashabbuschisi bo`ldi. Loyd Jorj liberallar partiyasining leyboristlar partiyasi tuzilishiga yo`l qo`yganligini xato deb hisobladi. U liberallar ishchilar sinfi hisobiga o`zlari uchun yaqin sotsial baza vujudga keltirishlari mumkin edi, deb da`vo qildi.
Shu maqsad bilan Loyd Jorj sotsial demagogiyani keng ko`lamda avj oldirib yubordi.
1909-yilda u parlamentga tasdiqlash uchun byudjet loyihasini kiritdi. Bu loyihada qurollanish harakatlarini ancha ko`paytirish ko`zda tutilgan edi. Hukumat bu harakatlarni qoplamoq uchun yangi soliqlar solishi lozim edi. Hukumat harakatsiz mulkka solinadigan to`g’ri soliqlarni va meros mulkka solinadigan soliqlarni bir oz ko`paytirib, egri soliqlarni juda ham oshirib yubordi. egri soliqlarning butun og’irligi esa keng omma ustiga tusha boshladi.
Loyd Jorj byudjetda ko`rsatilgan harajatlarning ma`lum bir qismini sotsial e`tiyojlarga ajratilganligini bahona qilib, men bu byudjet bilan «kambag’alchilikka qarshi urush» boshlayotirman deb lof urdi. Loyd Jorj ommani o`z tomoniga tortish va egri soliqlar ko`paytirilganligini osonlik bilan qabul qildirish, shu bilan birga o`zining siyosiy obro`ni oshirish uchun dabdabali demagogik kompaniyani avj oldirib «tekinxo`r boylarga» hujum boshladi va «boylikning surbetligini» fosh qildi.
Loyd Jorjning raqiblari uni «revolutsionner» deb e`lon qilishdi. Liberallar Konservatorlarning yo`lini davom ettirib, ayni vaqtda Irlandiyada shafqatsiz zulm siyosatini o`tkaza boshladilar.
XIX- asrning oxiridagi jahon krizisi natijasida yerlarning narxi pasayib ketganligi va shu bilan birga Irlandiyada agrar harakat kuchayib borganligi ingliz lendlordlarini va Irlandiyadagi o`zlarining yer mulklarini sotishga majbur qila boshladi. Bu holat Gladston vaqtidayoq boshlangan siyosatni, ya`ni davlatning yerlarni sotib olib va mayda-mayda uchastkalarga bo`lib, pulini bo`lib-bo`lib to`lash sharti bilan dehqonlarga sotish siyosatini o`tkazish uchun zamin tug’dirdi.
1903- yilda Konservatorlarning Balfur hukumati yirik yer egalarining yerni sotish haqida qaror qabul qildi. Shu qonunga muvofiq davlat yerini bozor narxidan oshiq narx bilan sotib olishi kerak edi. Aslini olganda, Irlandiya dehqonlari ikkinchi marta talandi. Angliya hukumatining bu siyosati Irlandiyadagi agrar masalani hal qilmadi balki mayda va kambag’al dehqonlar avvalgidek yersizlik azobini tortaverdi.
Angliya hukumati Irlandiyani faqat agrar mamlakat sifatida saqlab qolishga qanchalik urinmasin, Irlandiyaning Shimoliy viloyatlarida sanoat rivojlandi.
Ishchilar harakatidan qo`rqqan Irlandiya milliy burjuaziyasi Angliya hukmronligiga qarshi kurashni kamaytirdi. Griffits 1905 yilda «shinn feyn» («biz o`zimiz») partiyasini tuzdi, bu partiya mustaqil Irlandiya parlamentini tuzish uchun Irlandiyani iqtisodiy jihatdan darhol ozod qilish yuzasidan agitatsiya boshlab yubordi. U Angliyani yon berishga majbur etmoq uchun ingliz tovarlarini boykot qilishni ko`tarib chiqdi.
Liberallar kabineti parlamentda Irlandiya burjuaziyasiga yon berishga majbur bo`ldi va Irlandiya gomruli (o`z-o`zini idora qilishi) to`g’risidagi qonun loyihasini 1912 - yil aprelida palataga taqdim etdi.
Irlandiyaga berilgan o`z-o`zini idora qilish huquqi juda cheklanganligiga qaramay, Angliya parlamentida Konservatorlar gomrul to`g’risidagi bitimga juda qattiq qarshilik ko`rsatdilar.
1914 yil avgustida urush e`lon qilinganidan foydalanib, Angliya hukumati gomrulni amalga oshirishni keyinga qoldirdi.
Imperializm davri boshlanganligi hamda bozorlar va mustamlakalar uchun davlatlarning raqobati keskinlashib ketganligi bilan Angliyaning xalqaro ahvoli yomonlasha bordi. Angliya eng katta mustamlakachi davlat edi, shu sababli jahondagi mustamlakalar va bozorlar faqat Angliya roziligi bilan qayta taqsimlanishi mumkin edi.
Ana shu zaminda Angliya bilan Germaniya o`rtasidagi ziddiyatlar juda keskinlashdi, chunki Germaniya imperializmi kuchaya borib, jahonni o`z foydasiga qayta taqsimlashni talab qilmoqda edi. Angliya bilan Germaniya o`rtasidagi kurash iqtisodiy sohada ham, xom ashyo, tovar sotish va kapitalni chetga chiqarish bozorlari uchun kurash tariqasida Shuningdek siyosiy sohada ham davom etmoqda edi.
Germaniya bilan ziddiyatlar juda keskinlashib ketganligi sababli Angliya hukumati boshqa davlatlar bilan o`zining munosabatlarini bartaraf qilish yo`lini tutishga majbur bo`ldi.
1901-yilda Angliya Panama bo`yini orqali kanal qurishga.bo`lgan o`zining da`vosidan Qo`shma Shtatlar foydasiga voz kechdi, o`z flotini G’arbiy yarim shardan chaqirib oldi va AQSH bilan Kanada o`rtasidagi chegara masalarlarini, jumladan, Alyaskadagi nizom chegara masalasini bartaraf qildi.
Germaniya bilan bo`lgan ziddiyatlar Angliya-Fransiya ziddiyatlarini garchi yo`qotmagan bo`lsa ham, bu ziddiyatlarni ikkinchi o`ringa chiqardi.
1904-yil 8-aprelda ikkala davlat o`rtasida bitim tuzildi, bu bitimga muvofiq, Angliya bilan Fransiya Misrdagi va Marokashdagi o`zaro da`volarini tugatdilar.
Angliya Fransiya bitimi kabi, 1907-yil 31- avgustda tuzilgan Angliya Rossiya bitimi ham, mustamlakachilarning tipik til biriktirishi bo`ldi. Bu bitim o`rta Sharqda va Eronda Angliya bilan Chor Rossiyasi o`rtasidagi keskin ziddiyatlarni susaytirib, ularning Germaniyaga qarshi kurashda bir-birlari bilan hamkorlik qilishlariga zamin yaratdi.
Fransiya va Rossiya bilan o`z munosabatlarini bartaraf qilganligiga va Germaniyaga qarshi kurashda shu davlatlar bilan manfaatlari birligi mavjudligiga qaramay, Angliya ittifoq to`g’risida Fransiya va Rossiya bilan rasmiy shartnoma tuzishdan bosh tortaverdi.
Faqat 1912 yildagina Angliya tashqi ishlar ministri A.E.Grey bilan Fransiyaning Londondagi elchisi P.Kambon bir-birlariga yuborgan maktublar tariqasida Fransiya bilan Angliya o`rtasida bitim rasmiylashtirildi. Bu maktublarda Yevropada urush xavfi ro`y bergan taqdirda mazkur davlatlarning bir-biri bilan maslahatlashib ishlashi ko`zda tutilgan edi. O’sha yilning kuzda Angliya bilan Fransiya o`rtasidagi tuzilgan bitimga muvofiq, Angliya floti Shimoliy dengizda, Fransiya floti esa O`rta dengizda to`plandi. Urush bo`lib qolgan taqdirda qilinadigan harakatlarning rejalarini kelishib olish maqsadida har ikkala davlatning bosh shtablari o`rtasida ham muzokaralar boshlandi. Biroq to urush boshlanguncha Angliya bilan Rossiya o`rtasida hech qanday harbiy bitim imzolanmadi.
Angliya siyosatining rahbarlari biror konkret majburiyatlar bilan o`z qo`llarini bog’lab qo`ymaslikni afzal ko`rdilar.
Angliya imperialistlari Angliya-Germaniya yaxshi tushunib, urushga tayyorlandilar. 1914 yilga qadar o`tgan o`n yil mobaynida armiya va flotga qilinayotgan harajatlar taxminan uch barovar ko`paydi. 1903 yilda Angliya orollarining Shimolida yangi katta harbiy dengiz bazasi vujudga keltirildi.
Mamlakatdagi vaziyat Angliya hukumati rahbarlarini urushga ko`rilayotgan tayyorgarlikni ingliz xalqidan yashirishga majbur qilmoqda edi. Ular fosh bo`lib qolishdan cho`chib, parlamentda tashqi siyosat masalalarini muhokama etmaslikka harakat qildilar. Fransiya bilan tuzilgan bitim va harbiy to`qnashuv bo`lib qolgan taqdirda Angliyaning o`z zimmasiga olishi lozim bo`lgan majburiyatlar parlamentdan yashirildi va urush boshlanguncha hatto ministrlarning ko`pchiligiga ham ma`lum bo`lmadi. Mana shu faktning o`zi Angliyada parlamentning roli pasayib ketganligini yaqqol ko`rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |