O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi mirzo ulug„bek nomidagi


SHAYBONIY SHE'RIYATIDA TALMIH SAN‟ATI



Download 4,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/162
Sana27.05.2023
Hajmi4,8 Mb.
#944404
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   162
Bog'liq
materiallar uzmu 2021.12.03

SHAYBONIY SHE'RIYATIDA TALMIH SAN‟ATI
 
M.Sharipova, О
ʻ
zMU 
mustaqil izlanuvchisi 
Sharq mumtoz adabiyotida eng kо
ʻ
p murojaat qilingan badiiy vositalardan biri talmihdir. 
Shoh va shoir Muhammad Shayboniyxon ham talmih san'atidan unumli foydalangan. Uning 
―Devon‖ida an'anaviy talmihlardan Sharqda mashhur asar qahramonlari (Rustam, Layli, Majnun, 
Farhod, Shirin, Vomiq) nomlari, payg'ambarlar, tarixiy va afsonaviy shaxslar (Nuh, Muso, Iso, 
Ayub, Yusuf, Xizr, San'on, Jamshid, Doro, Iskandar) nomlari bilan birga boshqa ijodkorlar to-
monidan qо
ʻ
llanmagan yangi talmihlar ham mavjud. Bu hol asosan Shayboniyxonning harbiy-
siyosiy faoliyati, ya'ni tarixiy voqelik bilan aloqadorlikda yuzaga kelgan. Manbalardan ma'lumki, 

ʻ
lajak davlat asoschisi, sulolaboshi, sarkarda yoshlik chog'lardan boshlab to umrining oxiriga 
qadar jahongirlik orzusida tinimsiz urush va yurishlar olib borgan. Juda kо
ʻ
p о
ʻ
lkalarni kezgan, 
talay joylarni ma'lum muddat makon tutgan. Hududlarni egallash rejasini tuzar ekan, tabiiyki, 
yerlik aholi, hokimlar, u yerlarning tabiati, iqlimi, joylashuvi va boshqa jihatlarini о
ʻ
rgangan. 
Shu jarayonda о
ʻ
zi bosib о
ʻ
tgan joylarning va о
ʻ
zi tо
ʻ
qnashgan, muloqotda bо
ʻ
lgan insonlarning 
о
ʻ
ziga xos xususiyatlaridan ma'lum darajada xabardor bо
ʻ
lgan, muayyan vaqtda rо
ʻ
y bergan 
voqea-hodisalarning guvohi bо
ʻ
lgan. Ijod bilan shug'ullanganda shu insonlarning va joylarning 
nomlarini talmih uchun obyekt sifatida tanlab olganligi shoirning she'rda ifodalamoqchi bо
ʻ
lgan 
asosiy maqsadi bilan bog'liq.
Shayboniy ―Devon‖idan о
ʻ
rin olgan ―ichinda‖ radifli о
ʻ
n baytli g'azalning sо
ʻ
nggi uch bayti 
tarixiy asosga ega bо
ʻ
lib, quyidagi maqta' bilan tugaydi:
Shaboniyg'a beribtur nusratin Haq, 
Qovubmen Xusravi chaqmoq ichinda. 
G‗azalda tilga olingan Xusrav Sharq xalqlari og'zaki ijodi va yozma adabiyotida keng 
tarqalgan an'anaviy badiiy obraz yoki bu obrazning prototipi sosoniylar shahanshohi Xusrav II 
Parviz emas. U Shayboniyxonning zamondoshi Hisor hokimi Xusravshohdir. Asli turkistonlik 
qipchoqlardan bо
ʻ
lib, yoshligida tarxon beklariga xizmat qilgan. Keyinchalik ulug' amir daraja-
siga kо
ʻ
tarilib navkarlari soni qirq mingtacha bо
ʻ
lgan. ―Boburnoma‖da ham bu shaxs haqida kо
ʻ

ma'lumot qayd etilgan. Shayboniyxon 1505-yilda Hisorga qо
ʻ
shin tortganda Xusravshoh lashkari 
va viloyatlarini tashlab Kobulga qochadi. Xon Hisorni qamal qiladi. Shaharni qо
ʻ
lga kiritishni 
Shayboniy sultonlardan Hamza Sulton bilan Mahdi Sultonga topshirib, о
ʻ
zi Qunduzga ketadi. 
Hisorni qaytarib olishga uringan Xusravshoh Hamza Sultonning qо
ʻ
liga tushadi. 
Yuqoridagi baytda mana shu tarixiy voqealarga talmih san'ati vositasida ishora qilingan. 
Muhammad Solihning «Shayxboniynoma» tarixiy dostonida (1506) mazkur voqealar batafsil 
bayon qilingan va Shayboniyning ―ichinda‖ radifli g'azali tо
ʻ
liq keltirilgan.
Talmih san'atiga rioya qilingan baytlarda geografik nomlarga ham ishora qilinadi. 
Shayboniy ijodida mumtoz adabiyotda kо
ʻ
p takrorlangan joy nomlari (Badaxshon, Xо
ʻ
tan, Chin, 
Samarqand, Buxoro)dan tashqari Kasbi, Konigil, Qarshi, Qorakо
ʻ
l, Vaxsh, Buxoro, Urganch, 

ʻ
ksaroy, Balx, Bog'i Nav, Movarounnahr, Bag'dod, Sabron, Sig'noq, Qilich, Uchqо
ʻ
ng'ur, 
О
ʻ
tror, Turkiston, Qizilsuv, Kо
ʻ
ksuv, Kermon, Shodmon, Qohliq, Gurgon, Darg'om, Baqlon kabi 
joy nomlari ham qо
ʻ
llangan. Bizningcha, mazkur geografik nomlar boshqa shoirlar she'riyatida 
deyarli uchramaydi. Zero, Shayboniyxondek butun umri ot ustida, harbiy safarlarda kechgan 
ijodkorlar kо
ʻ
p emas. 
―Devon‖da Turkiston, Movarounnahr, Xuroson, Erondagi bir necha о
ʻ
nlab geografik joy 
nomlari – shahar va qishloqlar, qal'a va qо
ʻ
rg'onlar, tog' va daralar, kо
ʻ
l va daryolar, bino va 
inshootlar tilga olingan. 


194 
Ushbu yoz faslinda azmi Astrobod ayladuk, 
Adlu dod ila bu elni asru obod ayladuk, – 
matla'li g'azal yetti baytdan iborat bо
ʻ
lib, uchta baytda oltita sо
ʻ
z va sо
ʻ
z birikmalari – Astrobod, 
Temur о
ʻ
g'lonlari, qizil bо
ʻ
rk, Gumbazi Qobus, Gurgon, Bag'dod talmih san'atini yuzaga 
keltirgan. Bulardan tо
ʻ
rttasi geografik joy nomi:
Astrobod – о
ʻ
rta asr shaharlaridan. Hozirgi Eronning shimolida joylashgan kichik bir shahar. 
Gumbazi Qobus – Ziyoriylar davrida qurilgan Qobus ibn Vushmagir maqbarasi Kovus 
shahridagi islomiy eng qadimiy tarixga ega bо
ʻ
lgan bino. Bu inshoot hozirgacha saqlanib qolgan. 
Qobus gumbazining minorasi ham bо
ʻ
lgan. Gurgon – Erondagi qadimiy tarixiy viloyat va daryo. 
Gurgon 1930-yilgacha Astrobod deb nomlangan. Gurgon forscha sо
ʻ
z bо
ʻ
lib, aslida Jurjon. 
Shayboniy bir she'rida Jurjon shaklini ham ishlatgan. Bag'dod – Iroqning markaziy shahri, о
ʻ
rta 
asr Sharq madaniyatining markazi. 
Ma'lumki, Shayboniyxon 1507-yilning bahorida Xurosonga yurish qilganda mamlakatda 

ʻ
sh hukmdorlik о
ʻ
rnatilgan edi. Badiuzzamon Mirzo va Muzaffar Mirzo Hirotning ikki 
chekkasida taxt qurgan edilar. Shayboniyxon birinchi jangdayoq har ikki shahzodaning qо
ʻ-
shinini tor-mor etib, Hirotni egallaydi. Badiuzzamon Mirzo Sindga, Muzaffar Mirzo Astrobodga 
qochadi.
Yuqoridagi matla' mazmunidan anglashiladiki, Shayxboniyxon Hirot fathidan sо
ʻ
ng 1508-
yilning yoz faslida Astrobodga yurish boshlagan. 
Bu Temur о
ʻ
g'lonlari tag'yir qildi mazhabin 
Kim, qizil bо
ʻ
rk diniga kir desa, barbod ayladuk. 
Bu vaqtda Astrobodni ―Temur о
ʻ
g'lonlari‖dan Muzaffar Mirzo (1473-1509) boshqarar edi. 
Qizil bо
ʻ
rk (Qizilboshlar) – Erondagi kо
ʻ
chmanchi turkiy harbiy-siyosiy kuch, о
ʻ
n ikki shia 
imomi sharafiga о
ʻ
n ikki qizil yо
ʻ
llik matodan salla о
ʻ
rab yurishgan. Qizilbо
ʻ
rklarga tayangan 
safaviylar shialikni bayroq qilib, mafkura sifatida qо
ʻ
llab Turkistonning janubi-g'arbini zabt 
etishga intilganlar. Shayboniyxon e'tiqodda sobit inson bо
ʻ
lgan, yurtimizda azaldan joriy bо
ʻ
lib 
kelgan hanafiya mazhabini shia mazhabi tarafdorlari xurujlaridan qattiq turib himoya qilgan. 
Baytdagi temuriy shahzodalar mazhabini о
ʻ
zgartirdi degan fikr dushmanlariga nisbatan 
mubolag'ali ayblov bо
ʻ
lsa-da, Bobur Mirzo, keyinroq Badiuzzamon Mirzo shia mazhabini rasmiy 
davlat mafkurasi deb e'lon qilgan Eron shohi Ismoil Safaviyning harbiy kо
ʻ
magidan umidvor 

ʻ
lib, uning huzuriga borganliklari manbalarda keltirilgan. 
Gumbazi Qobus ila yoylab о
ʻ
shul Gurgon suyin 
Kim, qizil bо
ʻ
rk jahdidin biz azmi Bag'dod ayladuk. 
Shayboniyxon islomning zaiflashuviga sabab bо
ʻ
ladigan mazhablararo tarafkashliklarga 
chek qо
ʻ
yish maqsadida Ismoil Safaviyga qarshi jang qilgan. Muhoraba juda qattiq kechgan. 
Shayxboniyxon og'ir yaralangan holda hijriy 916- yil 30-sha'bon, milodiy 1510-yilning 4-
dekabrida halok bо
ʻ
lgan. Uning halok bо
ʻ
lgan sanasi ham «kulohi surx» deb ta'rif qilingan. 
―Devon‖dagi qator she'rlarda turli yillarda barpo etilgan bog' va qasrlar nomi ham talmih 
san'atini yuzaga keltirgan.
Ul parini Kо
ʻ
ksaroy ichinda har dam kо
ʻ
rgali, 
Zulfi anbar, bо
ʻ
yi mushkin vasfida devonidur. 

ʻ
ksaroy – temuriylar saltanatining Samarqanddagi saroyi. Amir Temur tomonidan 1371-
yil qurib bitkazilgan. Tо
ʻ
rt qavatli gumbazli bino bо
ʻ
lgan. Asosan havorang ishlatilgani uchun 

ʻ
ksaroy deb nom olgan. 1501-yilda Samarqandni uzil-kesil egallagan vaqtda Kо
ʻ
ksaroy hali 
о
ʻ
zining muhtashamligini yо
ʻ
qotmagan edi va tabiiyki, bu va shahardagi barcha saroylarning 
egasi endi Shayboniyxon edi. Kо
ʻ
ksaroy talmih sifatida ishlatilgan yetti baytli g'azal ishqiy 
mavzuda bо
ʻ
lib, ma'shuqa gо
ʻ
zalligi ta'rif-tavsif qilingan. G‗azaldan oldin izoh tariqasida kichik 


195 
bir nasriy matn berilgan. Muallif matnda Kо
ʻ
ksaroyda tо
ʻ
y qilib, Boburning opasi Xonzoda-
begimga uylanganligi haqida yozgan. 
Xulosa sifatida aytish mumkinki, ijodkorning faoliyati asarlarida aks etadi. Shayboniy toj-
taxt uchun kurashgan va bu maqsadiga erishish uchun tо
ʻ
xtovsiz harakat qilib kо
ʻ
p yurtlarni kez-
gan va qо
ʻ
lga kiritgan shoh shoirdir. Bu jihatlar uning she'riyatining mavzu doirasining bir qismi 
hisoblanib, turli tarixiy shaxslarni, voqealarni va joylarni tilga olganda о
ʻ
z-о
ʻ
zidan talmih san'a-
tiga murojaat qilgan. Bu san'at shoirga ishora qilish orqali fikrlarini qisqa va ixcham shaklda 
bayon etish uchun qulay badiiy vosita bо
ʻ
lgan. Shayxboniyning ba'zi she'rlari badiiy jihatdan 
mukammal bо
ʻ
lmasa-da, unda talmih san'ati orqali tarixiy о
ʻ
tmish muhrlanganligi bilan aha-
miyatlidir.

Download 4,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish