3.3. Boshqaruv qarorlari tushunchasi
“Boshqaruv qarorlari” tushunchasi quyidagilami qamrab oladi:
• boshqaruv tizimida boshqarilayotgan tizim ostidagi harakatlarning
m aium variantlarini izlash, tanlash va qabul qilish bo‘yicha faoliyat;
67
• boshqaruv tizim ostining boshqariladigan tizim ostiga ta’siri
formulasi (boshqaruv tizim ostining boshqariladigan tizim ostida
kutilayotgan harakatlari tavsifi);
• rahbaming boshqaruv tizim ostida qabul qilingan qarorlami
amalga oshirish uchun boshqariladigan tizim ostida olib boradigan
tashkiliy-amaliy faoliyati;
• boshqaruv tizim ostidagi intellektual faoliyatdan boshqariladigan
tizim ostidagi tashkiliy-amaliy faoliyatga o‘tish (ya’ni, boshqaruv tizim
ostining ishi natijasi).
Asoslangan qaror qabul qilinishi ilmiy bilim, ijod, san’at element-
lariga ega, ya’ni yuzaga kelgan muammoni obyekt faoliyatining
obyektiv qonunlarini bilish va unda yuzaga kelgan muammoli vaziyatni
tahlil qilish asosida yechimini topish bo‘yicha tadbirlar dasturini aniq-
lovchi boshqaruv subyektining ijodiy aktidir.
Muammoli vaziyat quyidagi hollarda yuzaga keladi:
• boshqaruv obyekti belgilangan vazifalarni bajarmayapti;
• boshqaruv apparatida boshqaruv obyekti kelajakda belgilangan
vazifalarni bajara olmasligi haqida xulosa (bashoratlash asosida)
mavjud;
• boshqacha yondashuv talab etiladigan yangi vazifalar kelib
chiqqanda.
Boshqaruv tizim osti yuzaga kelgan muammolami yechish bo‘yicha
chora-tadbirlar ishlab chiqadi. Qabul qilinayotgan qarorlar:
• ilmiy asoslangan;
• aw al qabul qilingan va amalga oshirilgan yechimlar bilan, faqat-
gina rahbarga berilgan vakolatlar doirasida, bir maqsadga yo‘naltirilgan
va muvofiqlashtirilgan;
• qisqa, aniq, turli talqin etishni istisno qiluvchi;
• ta’sirchan, ya’ni yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqib o"z vaqtida
qabul qilinadigan va bajariladigan boiishi kerak.
Boshqaruv qarorlari quyidagicha tasniflanadi:
68
• qabul qilinayotgan qarorlar darajasi bo'yicha - korxonalararo,
soha, regional, ishlab chiqarish;
• amal qilish davriga ko‘ra - uzoq muddatli (besh yilgacha), o‘rta
muddatli (bir yildan ortiq) va tezkor, joriy (bir yildan kam), bir martalik;
• moijallanishi bo‘yicha - maqsadli, dasturiy, rejali, muvofiqlashti-
ruvchi, rostlovchi, tuzatish kirituvchi, nazorat qiluvchi;
• ta’sir etish sohasi (mazmuni) bo'yicha - iqtisodiy, ijtimoiy,
tashkiliy, texnologik, texnik;
• yuzaga kelish sabablari bo‘yicha - vaziyatli, dasturiy, tashabbusli,
topshiriqqa ko‘ra;
• qabul qilish jarayoni bo‘yicha - yakka, o'rtoqli, kelishuvli;
• qaror qabul qilish qamroviga ko‘ra - korxona bo'yicha, tarkibiy
boiinm a bo‘yicha, faoliyatdagi xizmat bo‘yicha, alohida ishchilar
bo‘yicha;
• ta’sir qamrovi bo‘yicha - bir darajali, ko‘p darajali;
• yechimning yo‘naltirilganligi bo‘yicha - tashkilot ichida, korxo-
nadan tashqari;
• maqsadlar soni bo‘yicha - bir maqsadli, ko‘p maqsadli;
• tarkiblanish darajasi bo'yicha - dasturlangan, dasturlanmagan;
• majburiyligi darajasi bo‘yicha - so‘zsiz bajariladigan va tavsiya
xarakteridagi.
Qaror qabul qilish - ishlab chiqarishni boshqarish jarayonidagi
muhim moment hisoblanadi. Nisbatan yengil muammolami yechish
uchun ko'pincha interaktiv yondashuv qoilaniladi, u quyidagilar bilan
tavsiflanadi:
• yechim subyekti muammolami o‘zida saqlaydi;
• muammo rivojlana borishi bilan uni yechishga boigan yondashuv
keskin o ‘zgarishi mumkin;
• bir vaqtda bir nechta variantlar ко‘rib chiqilishi mumkin;
• bosqichlar ketma-ketligiga rioya qilinmasligi mumkin;
• yechim sifati eng avvalo oldingi qaror qabul qilgan shaxs tajri-
basiga asoslanadi.
69
Do'stlaringiz bilan baham: |