22
O‘g‘uz
lahjasi Janubiy Xorazmdagi (Urganch, Xiva, Xonqa,
Hazorasp, Qo‘shko‘pir, Shovot tumanlari) bir qancha shevalarni o‘z
ichiga oladi. Belgilari:
1) unlilar qisqa va cho‘ziq aytiladi:
at (hayvon), aad (ism).
2)
t
tovushi
d
,
k
esa
g
tarzida aytiladi:
t
og‘ -
d
og‘ ,
k
eldi -
g
aldi.
3) -
ning
qo‘shimchasi –
ing
tarzida,
-ga
qo‘shimchasi esa
-a, -na
tarzida aytiladi:
yorim
ga
– yorim
a
, ali
na
(qo‘li
ga
).
O‘zbek milliy
tilining lahjalari orasida, odatda, qarluq-chigil-
uyg‘ur lahjasi hozirgi o‘zbek milliy adabiy tilining me'yorlarini
belgilashda muhim ahamiyat kasb etgan deb, odatda, alohida
ajratiladi.
Buning boisi shundaki, o‘zbek xalqining shakllanishida
qarluq etnik tarkibi Qoraxoniylar davridan boshlab alohida mavqega
ega edi.
O‘zbek tili bu lahjasining nomlanishida (qarluq-chigil-uyg‘ur
lahjasi) bir muncha anglashilmovchilik mavjud. Birinchidan, bu
atamadagi [
chigil
] so‘zi
ortiqcha, chunki chigillar qarluqlarning bir
bo‘g‘ini, xolos. Bu bo‘g‘in qanchalik katta va, Koshg‘ariy so‘ziga
ko‘ra, ahamiyatli bo‘lmasin, qarluq toifasiga mansub.
Ikkinchidan, atama tarkibidagi [
uyg‘ur
] so‘zining ham qadimgi
uyg‘urlarga hech qanday aloqasi yo‘q. Bu atama o‘zbek
tili bilan
birgalikda turkiy tillar g‘arbiy hun tarmog‘ining qarluq guruhiga
mansub bo‘lgan hozirgi uyg‘ur tiliga ishora qiladi, xolos. Shuning
uchun hozirgi o‘zbek milliy adabiy tili me'yorlarining
bu lahja
xususiyati bilan yaqinligi bejiz emas. Lahjaning qayta nomlanishida
tarixchi va shevashunoslarning xulosasi zarur.
A.K.Borovkov qayd qilib o‘tganidek, o‘zbek tilining birorta
shevasini ham adabiy tilga hamma jihatdan asos bo‘lgan deb aytib
bo‘lmaydi. Buning bosh sababi shundaki, hozirgi o‘zbek milliy adabiy
tili uzoq adabiy ishlov an'anasining (jumladan,
eski turkiy, eski
o‘zbek, yangi o‘zbek adabiy tillarining) bevosita davomi va XX asrda
u (yozuv va adabiy ishlov an'anasiga ega bo‘lmagan xalqlarda
bo‘lganidek) tamoman yangi bir hodisa sifatida yuzaga kelmagan:
milliy adabiy til kamida ming yillik adabiy ishlov mahsuli.
Ikkinchidan, o‘zbek tilining barcha lahjalari o‘zbek tilining
taraqqiyotiga ma'lum bir darajada hissa qo‘shgan. Birining adabiy
tilga ta'siri bir sohada kuchliroq bo‘lsa, boshqa sohada o‘zga bir
shevalar guruhining ta'siri ko‘proq seziladi. Masalan, Andijon,
23
Farg‘ona shevalarida o‘zbek tiliga xos eng ko‘p tarqalgan grammatik
shakllardan birini – hozirgi zamon fe'lining
[
-yap
]
affiksi vositasida
yasaluvchi shaklini bergan deyiladi. Lekin bu shakl qipchoq
lahjalarida ham aynan shunday qo‘llanadi. Shunisi xarakterliki, bir
qarashda adabiy tildan birmuncha uzoqroq deb tasavvur qilinadigan
qipchoq lahjasi
morfologiyasi singarmonizmdan, ya'ni fonetik o‘ziga
xoslikdan xoli olinsa, adabiy til morfologiyasi bilan qariyb bir xil.
Yoki adabiy tilga fonetik jihatdan asos deyilgan Toshkent shevasida
[
x
] va [
h
] tovushlari, qaratqich va tushum
kelishiklari shakllari
farqlanmaydi. Qipchoq shevalarida esa ular qat'iy ajratiladi. Qipchoq
shevalarining adabiy til lug‘atini, xususan, uning chorvachilik
atamalari
tizimini
rivojlantirishda,
adabiy
tilning
uslubiy
imkoniyatlarini boyitishda katta hissasi bor. Masalan, [
qirqim
]
,
[
o‘tov
]
,
[
to‘l
]
,
[
sarimoy
]
,
[
chakki
]
,
[
chalop
]
,
[
uloq
]
,
[
sovliq
] kabi
umumiy va chorvachilik atamalari, [
quyruq
]
,
[
bovur
]
,
[
patir
]
,
[
tovoq
]
,
[
kulchatoy
]
,
[
lochira
]
singari pazandachilik atamalari adabiy tilga
qipchoq shevalaridan kirib kelgan.
Adabiy tilning rivojlanishiga o‘zbek tilining o‘g‘uz
lahjasi ham
ma'lum darajada hissa qo‘shgan. Buning uchun adabiy tildagi
[
yoshulli
]
,
[
o‘g‘lon
]
,
[
buyon
]
,
[
qaydin
]
,
[
qorago‘z
] kabi qator so‘zlarni
misol sifatida keltirish kifoya.
Demak, o‘zbek milliy adabiy tilining shakllanishi va taraqqiyotida
tayanch manba bo‘lgan tarixiy an'ana bilan bir qatorda barcha lahja va
shevalarning o‘ziga xos o‘rni bor.
Do'stlaringiz bilan baham: