Kalit so‘zlar:
tasavvuf, komil inson, she'riyat, g‘oyaviy yo‘nalish, badiiy timsol.
Интерпретация суфизма в лирике Надирабегим
Аннотация.
В статье
раскрыта
роль
творческого наследия Надиребегим в Какандской
литературной среде. В лирике поэтессы освещаются вопросы суфизма, создаётся художественный
образ всесторонне совершенной личности.
Ключевые слова:
суфизм, совершенный человек, поэзия, идеологические истоки,
художественный образ.
Interpretation of sufism in Nadirabegim lyric
Abstract.
This article is devoted to the disclosure of the place and role of the creative heritage of
Nadirebegim in the Kakand literary environment. The lyrics of the poetess highlight the questions of
Sufism, creating an artistic image of a comprehensively perfect personality.
Keywords:
Sufism, perfect man, poetry, ideological origins, artistic image.
ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 6-son
22
O‘zbek adabiyotining ming yillik tarixini tasavvuf ta’siridan ayri holda tasavvur qilishning aslo
imkoni yo‘q. Chunki, tasavvuf yurtimiz milliy ma’naviy hayoti uchun asosiy e'tiqod falsafasi, o‘ziga xos
mafkura edi. Tasavvufning asl maqsadi axloqqa yo‘naltirilgan. Komil inson g‘oyasi bu ta’limotning bosh
g‘oyasi hisoblanadi. Hayotning o‘zida shunday g‘oya va unga intilishning tayyor nazariyasi bo‘la turib,
adabiyotning bu ta’limotga befarq bo‘lishining ham iloji yo‘q edi. Negaki inson va uning kamolotga
erishishi masalasi so‘z san'atida ham asl maqsad yanglig‘ targ‘ib etib kelingan.
Tasavvufda tariqat inson irodasini charxlash, toblash orqali uni donolikka chorlovchi, o‘z-o‘zini
tarbiyalash, aql –idrokni yuksaltirish, nafs xohish-istaklaridan uzoq bo‘lish kabi fazilatlarga yetaklovchi
buyuk ta’limotdir. Kamolotga erishgan inson esa Haq taolo manzuri bo‘ladi va ko‘p fayzu futuh, ilohiy
inoyatlarga sazovor bo‘ladi.
Naqshbandiya ta’limoticha, “naqsh band bar dil band”, ya’ni ko‘nglingda Alloh taolo zikrini naqsh
ayla, demakdir. Ko‘ngil tarbiyasi esa tariqat bilan bo‘ladi. “Chinakam musulmon bo‘lgan, islomni chuqur
anglab, uning ma’rifati, hikmat va falsafasidan bahramand bo‘lgan, musulmonlikni Alloh yodida pok
yashash deb bilgan kishi hyech qachon tariqatni o‘ziga yot deb bilmaydi. Musulmonlikni faqat rasm-
rusumlar, odatlar va tashqi belgilar yig‘indisi deb biluvchi kishi uchun, turgan gap, tariqat mavhum va hatto
zararli narsa bo‘lib tuyuladi” [3. C. 43].
Barcha tariqatlar insonni Alloh taolo huzuriga qadar yuksaltiradi. Naqshbandiya tariqati, xususan,
Haq taolo huzurida doimiy hozirlikdir. U sahobai kiromdan asl holicha, ziyoda ham, nuqson ham bo‘lmay
yetib kelgan tariqatdir [5. S. 8].
Shayx Amin Alouddin Naqshbandiy o‘zining “Naqshbandiya tariqati nedir” nomli kitobida
shunday yozadi: “Naqshbandiya tasavvufi o‘rtacha va mo‘tadildir. U sulukdagi mo‘tadilligi, shariatga
ergashish, tariqatning osonligi bilan ajralib turadi... Naqshbandiy sufiyning qalbi Alloh bilan, jismi banda
bilan. Bu tariqatdagi nazarni o‘ziga tortadigan eng muhim narsa – sokinlik, ya’ni uning riyodan holi
bo‘lmaydigan baqiriq – chaqiriq, tarannum va tinglashlardan uzoqdaligidir” [5. S. 8].
Biz ijodiy meroslarini o‘rganayotgan shoira asarlarida ana shu madaniy hayot sharoitiga
moslashgan insonsevar tariqat g‘oyalari, tushunchalari bevosita talqin va targ‘ib etilgan fikrlar ko‘plab
uchraydi. Ijodiy merosi ancha keng o‘rganilgan shoira
Nodirabegim she'riyatining ham qariyb yuz yil
davomida olib borilgan tadqiqotlarda shoiraning diniy – tasavvufiy mushohadalari, asarlaridagi irfoniy
ma’no ochilmay qolgan. Oliynasab Qo‘qon malikasining pardali, kinoyali, imo-ishorali she'riyatini to‘la
anglamoq, uqmoq mushkul ish. Uning Komila taxallusi bilan nashr etilgan forsiy devoni “Hamdi on xoliqi
xalaqal arzu samo, Kardam suxan ba nomi xudovand ibtido” [2. S. 7] matla’li hamd bilan boshlanadi.
Undan keyin “Ey shamsan livoyat mehrest olamoro, Har shuqqaash navishta debochai fatahno” [2. S. 11]
misralari bilan boshlanuvchi na’t keladi. Shoira ijodiy merosining avvalgi nashrlari adabiyotshunoslar
e'tiborida bo‘lib, ancha batafsil tahlil etilgani bois, biz diqqatimizni eng so‘nggi nashrga qaratdik. Bundan
tashqari zullisonayn shoiraning forsiy devonida irfoniy, ma’rifiy fikr va qarashlari ko‘proq o‘rin olgan.
Komila devonidagi ushbu na’tda payg‘ambar alayhissalomning olamlar, xususan, nisoniyat uchun
ilohiy inoyat ekanliklari, ul zotning gavhar vujudlari tufayli olam xazinasi mavjud ekanligi, me'roj tunidagi
mo‘jizalari, shafoatlari mo‘jizasi haqida so‘z yuritiladi. G‘azalga “o‘” (uning) so‘zi radif etilgan:
Kase ki nest sarash xok gashta bar dari o‘,
Buvad agar hama xurshed xok bar sari o‘.
Dar muhiti inoyat Muhammadi arabi,
Ki bud maxzani olam tufayli gavhari o‘…
Agar parad ba sari xoni shohiyash magase,
Ba bargi sad rah zanad pushti dast shahpari o‘... [2. S. 181]
Devonda shunday g‘azallar borki, ularni bir o‘qishda na’t ekanligini anglash qiyin, oshiqona
g‘azalga o‘xshaydi. Ammo, g‘azal mag‘zidagi biror bayt uning payg‘ambar alayhissalomga
bag‘ishlanganligini ma’lum qiladi. Bu Nodira ijodiy uslubiga xos yangi xususiyat. Shunday g‘azallardan
biri “Dar sog‘ari sahbo nabuvad mav
ҷ
i mai tob, Az partavi husni tu dili oina shud ob” [2. S. 21] tarzidagi
matla’ bilan boshlanadi. G‘azalning ikkinchi bayti mamduhning zulfi gajaklariga, uchinchi bayt uyqu
elitgan mast qaro ko‘zlarga, to‘rtinchi bayt qoshlar mehrobiga, beshinchi bayt ma’shuqa xayollari va
mayxona eshigi ta’rifiga bag‘ishlangan. Maqta’dan oldingi quyidagi bayt esa bevosita o‘quvchi ko‘z
o‘ngiga payg‘ambar alayhissalom timsollarini keltiradi:
Shud fikri tu g‘avvos ba dar'yoi maoni,
Durhoi kalomi tu buvad gavhari noyob.
Mazmuni: Fikring ma’nolar daryosiga g‘avvosu, so‘zing injulari gavhari noyobdur.
Xuddi shunday, shoiraning “talab” radifli g‘azalining so‘nggi baytlarida ham payg‘ambar
alayhissalom shafoatlari, mazog‘ surmasi hodisalariga ishora etiladi. G‘azal pand – o‘git ruhida “Ey
Do'stlaringiz bilan baham: |