ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 6-son
19
Globallashuv asri deb nom olgan XXI asrda, hayot sur’atlari benihoya tezlashgan davrda vaqtni
tejashning ahamiyat kasb etishi hech kimga sir emas. Rus tilidan o‘zlashgan baynalmilal so‘zlarning o‘zbek
tilidagi muqobili masalasida mulohazatalab o‘rinlar ijtimoiy-foydali mehnat bilan band har bir kishini uyga
toldiradi. Biz shu kabi bir qarashda jo‘n, ammo nozik muammoga har kun duch kelib, masalaga to‘g‘ri
yechim topa olmay, vaqtni boy berayotganimiz bu muammoning hamon dolzarbligicha qolishiga sabab
bo‘lmoqda.
Jamiyat qanchalik rivojlanib borsa, tilga ongli ravishda munosabat ham kuchayib boradi. Chunki
til kishilar orasidagi aloqa vositasi bo‘lishi bilan birga, har bir inson va xalqning tafakkur tarzini ham
namoyon etadi. Adabiy til esa grammatik qurilishi, lug‘at tarkibi jihatidan ma’lum bir me’yorga
keltirilgandir. Adabiy til so‘zlarni qonuniy ravishda bir xilda ishlatishni, uslubda so‘z ma’nosidan to‘g‘ri
foydalanishni hamda jumlani grammatik to‘g‘ri tuzishni talab qiladi. Bundan tashqari, so‘zlarni orfoepik
me’yor asosida talaffuz etishni ham taqozo qiladi. Tilning yaratuvchisi ham, tarqatuvchisi ham xalq ekan,
adabiy tilni umumxalq mulki deyish mumkin. Shu ma’noda adabiy til me’yori xalqchil, zamonaviy bo‘lishi
bilan birga til taraqqiyotini ham aks ettirishi kerak. Zero, me’yor tilning ijtimoiy vazifa bajarishdagi asosiy
sharti bo‘lib, unga amal qilish, shu tilda so‘zlashuvchilar uchun majburiydir.
Darvoqe, hozirgi o‘zbek adabiy tili leksikasi jamiyat hayotidagi har bir o‘zgarishni aks ettirib,
yangilanib va rivojlanib bormoqda. O‘tgan asrning so‘ngida o‘zbek tilining davlat tili maqomini olishi,
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi sohalarning kengayishi va rivojlanishiga, bu esa
o‘zbek tili leksik qatlamining boyishiga, balki sinonimik komponentlarning kengayishiga, yangilanib
borishiga sabab bo‘ldi. Bu xususiyatni o‘zbek tilining so‘z o‘zlashtirish jarayonining tezlashganligi bilan
baholash mumkin.
So‘z o‘zlashtirish – har qanday til taraqqiyotida qonuniy jarayon, binobarin, biror bir xalq boshqa
tillar ta’siridan tashqarida yashay olmaydi. Lisoniy hodisalarning leksika doirasida ekstralingvistik, ya’ni
nolisoniy omillar bilan bog‘liqligi bir tildagi turli birliklarning boshqa tillarga o‘zlashtirilishida yaqqol
namoyon bo‘ladi. O‘zlashtirishning bu turi turli tillarda so‘zlashuvchi xalqlar o‘rtasidagi iqtisodiy,
siyosiy, madaniy va boshqa aloqalar natijasida paydo bo‘ladi[3; 10; 4; 9]. Masalan, bu jarayonni XX
asrning 90-yillariga qadar o‘zaro ijtimoiy hayotda yaqin munosabatda bo‘lgan, bir davlat tarkibida
yashagan, ammo yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy voqealar tufayli turli davlatlarga ajralgan o‘zbek va rus
xalqi misolida ko‘rish mumkin.
Leksikologiya, leksikografiya, nutq madaniyati, adabiy me’yor masalalariga bag‘ishlangan
tadqiqotlar, bizningcha, leksikaning muhim kategoriyasi bo‘lgan so‘z o‘zlashtirishga ta’sir etmaydi. Har
bir tilda so‘z o‘zlashtirish asosida yuzaga kelgan sinonimiyaning milliy xarakteri, bu hodisa haqidagi
tushunchaning o‘ziga xosligi [5; 4] uni turli tillar materiallari asosida tadqiq qilishni taqozo qiladi.
O‘zbek tilshunosligidagi muhim va munozaralari masalalardan biri - sobiq sho‘rolar davri va
undan keyingi davrda, shuningdek, bugungi kunda ham o‘zbek adabiy tilidagi ruscha baynalminal leksik
o‘zlashmalar va ularning ekvivalentlarining (xususan, ruscha, arabcha va forscha birliklar) qo‘llanishi va
tartiblanishi, tasniflanishi muammosidir. Turkiyshunoslik va o‘zbek tilshunosligida so‘z leksik-semantik
strukturasining kontekstdagi leksik qurshoviga bog‘liqligi, shuningdek, ma’no qirralarining faollashuvi
darajasiga bog‘liqligi nutqda doimiy va zaruriy bo‘lishini tadqiq etish masalasining yetarli
o‘rganilmaganligi bilan bog‘liq (Bu haqda qarang: K.M.Musayev, D.M.Nasilov, E.A.Begmatov,
X.D.Doniyorov, I.Qo‘chqortoyev, H.Ne’matov, Sh.Rahmatullayev, A.Hojiyev).
Biz o‘zbek tilshunosligida leksik-semantik sistemalar ichidagi o‘zaro shartlangan va o‘zaro ta’sir
qiluvchi sinonimik munosabatlar yo‘nalishida ruscha leksik o‘zlashmalarni o‘zbekcha ekvivalentlari bilan
taqqoslash orqali tadqiq etishga urindik. Tahlil qilinayotgan birliklarning leksik-semantik xususiyatlari
konnotativ jihatdan tadqiq qilinib, xususan, o‘zbek tiliga ilgari o‘zlashgan birliklar semantikasidagi milliy
o‘ziga xosliklar ko‘rsatib berildi. O‘zbek tili semantik tizimi ichida so‘z o‘zlashtirish asosida yuzaga
kelgan leksik sinonimiyaning o‘ziga xos xususiyatlarini yaxlit tadqiq etish; tahlil qilinayotgan sinonimik
qatordagi har bir so‘z leksik ma’nosining ilgari ajratilmagan semantik komponentlarini topish va
izohlash; sinonimlarning semantik strukturasini qiyosiy o‘rganish, shuningdek, ularning qo‘llanishidagi
o‘ziga xosliklarni aniqlash asosida amalga oshirildi.
Har bir so‘zning leksik-semantik strukturasini tadqiq etish, uning nozik ma’no qirralarini ajratish,
shu asosda, sinonimlarning umumiy va farqlovchi semantik belgilarini aniqlash zarur bo‘ladi. So‘z
ma’nosining leksik qurshoviga bog‘liq ekanligini belgilash, o‘rganilayotgan so‘zni turli kontekstlarda
qarab chiqish, so‘z ma’nosidagi farqlovchi uzual semantik komponentlarning faollashuvi va namoyon
bo‘lishi uchun xos bo‘lgan kontekst yoki nutq vaziyatini belgilash, zarur hollarda leksik birlik sifatida
so‘zning mavjud ta’rifiga, uning ekvivalenti – terminologiya birligi bo‘lgan atamaga aniqlik kiritish,
sinonim so‘zlarning bir-biridan farqlanuvchi o‘ziga xos semantik va vazifaviy xususiyatlarini tadqiq
Do'stlaringiz bilan baham: |