ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 6-son
17
Janobi hazrati Haqqa qachon bo‘lur maqbul,
Аzal inoyatidin b
o‘lmasa kishi muqbil.
Qamuq farix tuzukin buzgʼuchi ajalni bilib,
Аjab turur but arab birla tuzmaking mahfil.
O‘lumning oftidin chiqti qasridin kavsar,
Аjal mahobatidin soldi tojini Xarqil.
Qani Malikshohu Hoqonu qaydadur Sanjar,
Qani To‘g
ʼanu Qizil Аrslon, qani T
o‘
gʼril.
Bu barcha ko‘chti, kechishti jahoni foniydan,
Qamuq kishiga budur yo‘l oqil ersang bil.[1; 12]
Lutfiy to‘
gʼrisida Navoiy «majolis»da «Mavlono yigitlikda ulumi zohirini takmil qilgʼondin
so‘ngra mavlono Shahobiddin Xiyoboniy alayhir rahma qoshida so‘
fiya tariqatida ham suluk qilgʼondur.
Аziz va mutabarruk kishi erdi» deydi.
Ushbu o‘
rinda taʼkidlashimiz joizki, Lutfiy Boysunqur mirzoga qarata «Faqirning (Lutfiyning) oyogʼi
tuprogʼi surmadir, bu tilanchi eshigingga kelganini
behuda deb bilmagin. Muridlik qo‘li bilan ishqning
etagini tutginki, bu yo‘lda ishq murshidi (Lutfiy) komildir» deb yozgani uning so‘fiylik tariqatida bir komil
murshid bo‘lganligini isbotlaydi:
Faqirning odoqi tuproqi turur surma
Guzof so‘rma eshikingga kelsa chun soyil.
Irodat ilgi bila tut bu ishqing etagin –
Kim, ushbu yo‘lda turur ishq murshidi komil.
Qasidaning so‘nggi baytlarida bu nasihatning aslini senga aytdim, buni qabul qilish uchun qabul
qiluvchi ko‘ngil bo‘lishi kerak. Chunki burungi bilimdonlar qabul qiluvchining joyi so‘zlovchining
nasihatidir deb bekorga aytishmagan deydi.
Oxirgi 3 bayt duodan iborat bo‘lib, mirzoga boqiylik tilanadi:
Misoli hukmina bo‘
lsun qamuq sitora muteʼ,
Falakta necha bo‘lursa mumassilu homil.
Osib beliga bejaqin sipehr uza zobih,
Hasudi davlatu johini aylasun bismil.
Izi inoyati o‘ksulmasun bu sultondin
Kim, ul inoyat erur bahri behadu komil. [1;13]
Keyingi qasida 22 baytdan iborat bo‘lib, ramal bahrining mahzuf shaklida (foilotun, foilotun,
foilotun, foilun) yozilgan
. Bu nasibsiz qasida ham Boysunqur mirzoga bagʼishlanadi. Аftidan, qasida
mirzoning biror jangdan gʼolib b
o‘lib kelgani munosabati bilan yozilgan:
Shukrkim, Haq fazlidin bo‘ldi duolar mustajob
Kim, muzaffar bo‘ldi dushman uzra shohi komyob.[1;14]
Ushbu qasidada shoir shahzodaning insoniy, kotiblik va podshoh sifatidagi fazilatlarini: mulku
millat ravnaqi, shahzodalar sarvari, islom dini homiysi, sheʼru kitoblar noshiri, Jamshid, Аfridun,
Kayxusrav, Doro, himmat va ehson ichra Hotam, adolat ichra No‘shiravon, mulk olish ichra Faridun, asl
ichra Аfrosiyob deb maqtaydi.
Uning adlidan bukun olam shunday maʼmur b
o‘ldiki, deydi shoir, dunyoda dushman uyidan
boshqa xarob yer yo‘q, har neni fikr etsa, xato kelmasdan savob tushadi; agar Yoqut kotiblikni o‘rganish
uchun shogirdlikka ariza bersa, bu xat ilmini boshidan o‘rganishi zarur bo‘ladi; baxt, iqbolu zafar sizga
mulozimdir deya lutf etadi.
20-21-baytlar qasd bo‘lib, unda shoir sening madhingni aytishga haddim yo‘q, ammo shah sanosin
aytgin deb gʼaybdan xitob ke
lgach, so‘zlarim dur bo‘
lib, sidq bilan keltirdim, axir shoh qulogʼiga nodir dur
loyiqdir, deydi. So‘nggi bayt duo bo‘lib, shahzodaga boqiylik tilanadi:
Boqiy bo‘
lgʼil dunyada k
o‘nglung tilagani bila,
Ul kechagadigrukim, bo‘
lgʼay tongi yavmul
-hisob.[1;14]
Xulosa o‘
rnida shuni taʼkidlash lozimki, Boysunqur mirzoga bagʼishlangan yuqoridagi qasidalarda
nafaqat Mavlono Lutfiyning, balki, Xuroson xalqining odil podshoh, komil inson haqidagi gʼoyalari aks
etadi. Qasidalar xalqparvar, millatparvar shaxsning fazila
tlarini ulugʼlash, uning xalq va millat oldidagi
burchlarini eslatish, ezgu maqsadlar, ezgu gʼoyalar sari yetaklash, inson sifatidagi qadr
-qimmatini yuqori
tutishga chorlash kabi hayotbaxsh mavzularni qamrab olganligi bilan ham katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |