ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 6-son
20
etish muhim. Ushbu masalani yoritishda umumiy tilshunoslik namoyandalari: Boduen de Kurtene,
V.Gumboldt, L.V.Sherba, V.V.Vinogradov va boshqalar, shuningdek, taniqli tilshunoslar: I.V.Arnold,
V.G.Gak, V.N.Yartsyeva, D.N.Shmelyev, Yu.S.Stepanov, Ye.S.Kubryakova, O.N.Seliverstova,
V.N.Teliya, A.N.Kuznetsov,
Ye.M.Vereщagin, V.G.Kostomarovlarning ishlari nazariy asos sifatida
xizmat qildi. Bizning tadqiqotimiz turkiy tillardan biri –hozirgi o‘zbek adabiy tili materiallari asosida
bajarilayotganligi bois B.A.Serebrennikov, N.A.Baskakov, E.R.Tenishyev, K.M.Musayev, D.M.Nasilov,
I.V.Kormushin, X.Doniyorov, I.Qo‘chqortoyev, A.Hojiyev kabi atoqli turkiyshunos va o‘zbek
olimlarining asarlari katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
So‘z semantikasida xalq milliy-tarixiy madaniyatining o‘ziga xosligini (agar bo‘lsa, aynan qanday
leksik birliklarda) aniqlashga harakat qilish, boshqacha aytganda, tahlil qilinayotgan qaysi birlik o‘ziga xos
yorqin milliy-madaniy bo‘yoqdorlikka ega bo‘lsa, bu fon qirralarini ajratish va ularga farqlovchi sema
(semantik komponent) maqomini berish mumkin. Aniq matniy materiallar taklif qilinib, so‘zning fon
bo‘yoqdorligi qay hollarda nutq (badiiy, publitsistik) tasviriyligi va obrazliligini hosil qilishda qatnashishini
kuzatish maqsadga muvofiq. So‘zni o‘zbek tili leksik sistemasidagi assotsiativ-derivatsion munosabatlar
jihatidan ko‘rib chiqish, shuningdek, leksik birliklarni ularning yasalishi, so‘z hosil qilish imkoniyatlari va
sinonimik xususiyatlari bilan taqqoslagan holda tadqiq qilish zarur. Sinonim so‘zlarning badiiy matnda
qo‘llanishini, ularning leksik-semantik va vazifaviy-uslubiy o‘ziga xosligini aniqlash va taqqoslash orqali
kuzatish mumkin. Biror xorijiy tilga xos so‘zni o‘zbek tilidagi muqobiliga almashtirishda ham g‘oyat
ehtiyotkorlik lozim. Negaki, ba’zan muqobil so‘z o‘zlashma so‘z ma’nosini to‘laligicha bera olmasligi
mumkin. Masalan,
printsip
so‘zi o‘rnida
tamoyil
so‘zining qo‘llanishini u qadar asosli deb bo‘lmaydi.
Printsip
baynalminal leksemasiga “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da shunday izoh berilgan: 1 Biror
nazariya, ta’limot, dunyoqarash va sh. k. ning dastlabki, asosiy qonun-qoidasi; faoliyat uchun asos
qilib olinadigan bosh g‘oya, qonun-qoida. Qonunlarimizda saylov printsiplari to‘la va aniq aks etishi
zarur ( “Fan va turmush”). Qonunning ustuvorligi huquqiy davlatning asosiy printsipidir ( Gazetadan). 2
Xulq-atvor, xatti - harakat me’yorlarini belgilaydigan, kishi og‘ishmay amal, qiladigan ichki ishonch,
nuqtai nazar, qarash, maslak. Printsipi yo‘q odam. Printsip yuzasidan ish tutmoq [11.309].
TAMOYIL so‘zi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da eskirgan kitobiy so‘z sifatida izohlangan: 1
Mayl, moyillik. Vahshiy xalqlarda qonxo‘rlikka tamoyil zo‘r bo‘ladi. Bu – shubhasiz haqiqat! ( Oybek,
Tanlangan asarlar). 2 Biror sohada tartib, qoida tusini olgan narsa, tadrijiy yo‘nalish. Xalq
afsonalarada realistik tamoyil shu tarzda tobora kuchayib bordi (“Fan va turmush”). ...bozorlarimizda
o‘sha azaliy udumlarimizni, tamoyillarimizni tiklash, bozorni milliy qadriyatlarimiznang ko‘zgusi
sifatida namoyon qilish lozim (Gazetadan) [11.655].
Tamoyil
so‘zi anglatadigan ma’no aslida
tendentsiya
so‘zi anglatadigan ma’noga yaqin. TYeNDYeNSIYa 1 Taraqqiyot yo‘nalishi; biror narsaga qiziqish,
moyillik, intilish. 2 Ma’lum o‘y-mulohaza, tasvir yoki asarning asosiy mazmuni, g‘oyasi. Ma’lumki, 60-
70-yillar davomida tarixiy kinolentalar yaratish sohasidagi ijodiy tendentsiyalar yanada rivojlantirildi (
S.Xo‘jaev, O‘zbek tarixiy filmlari). Bunday asarlarga qiziqishning siri esa, menimcha, turmushdagi
ilg‘or tendentsiyalarni zamonga kishilar talablariga hamohang... bo‘ladigan tomonlarini topib, tanlab,
saralab olib yozish bilan bog‘liq (N.Safarov, Jasoratning davomi) [12. 65].
Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa amaldagi qonun
hujjatlarida
printsip
so‘zi qoldirilgan, masalan:
O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi –
hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi printsipiga asoslanadi
(
Do'stlaringiz bilan baham: |