ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 6-son
25
Davr ijodkorga mavzular, tuyg‘ular berishi mumkin, lekin hamma gap bu niyatni qay tahlidda
ifodalay bilishda, ro‘yobga chiqarishda. Shoirning san’atkorligi, ijodkor sifatidagi mahorati shundaki, lirik
bir she’r doirasida umumahamiyatli muammoni diqqat markazga olib chiqib, o‘z poetik niyatini real,
borliqning in’ikosi bo‘lgan fikrlar va his-tuyg‘ular orqali jamiyat va alohida olingan bir shaxs olamining
manzarasini va siyratini, sharhi va tahlilini satrlarga singdira olishidadir [2,1996].
XX asrning 60-70 yillarda she’riyatimizga kirib kelgan shoiraning she’rlarida o‘zbek xalqi
hayotining rangin manzaralari, el-yurt uchun jon fido etadigan qahramonning ruhiy kechinmalari, Vatan
muhabbati va iftixor tuyg‘ulari tarannum etiladi. Vatan mustaqilligi shoira ijodiga yanada jo‘shqinlik,
qat’iyat, ko‘tarinki ruh berdi. U o‘zbek xalqining behad go‘zal dunyosini, tarixini, yashargan hayotini
mehr-u muhabbat, buyuk ishonch bilan sevib kuylay boshladi, iste’dodining yangi qirralari ochildi.
Vatan tushunchasi har bir ijodkorda o‘zgacha ifodalanadi. Vatan – eng avvalo kindik qonimiz
to‘kilgan muqaddas zamin, asrab-avaylashimiz zarur bo‘lgan ota makon, u gunohsiz go‘dak singari pokiza
bir tuyg‘u ekanligi shoiraning shu mavzudagi she’rlari zamiriga singdirilgan:
Hazorispand bo‘lsam sahrolaringda,
Feruza tosh esam daryolaringda,
Hayit oyi bo‘lsam samolaringda,
Mehr-u vafo – ko‘rar dunyolaringda,
Seni yomon ko‘zdan asramoq uchun!
Shoiraning lirik qahramoni Vatanni har nedan ortiq suyadigan, jon fido etadigan haqiqiy
vatanparvar. Sahro, daryo, samo, dunyo bir-biriga yaqin tushunchalardir. Bu tushunchalarning har biri
o‘ziga xos ramzlarga ega. Sahro – quruq cho‘l, dashtu biyobon, vatanning bir bo‘lagini tashkil etadi. Daryo
- keng ummon, bag‘rikenglik belgisi. Samo – osmon, tiniqlik, musaffolik ramzi. Dunyo esa kenglik,
borliqning o‘zi. Sahro bilan hazorispand, daryo bilan feruza tosh, samo bilan hayit oyi, dunyo bilan mehru
vafo tushunchalari bog‘lanib bir butunlikni tashkil etadi. Bu holat lirik qahramonning Vatan haqidagi orzu
– o‘ylari bilan birlashib, misralar tagma’nosida yangi ma’no kashf etadi. Sahroda hazorispand bo‘lish uni
shu o‘simlik kabi yovlardan, balo-qazolardan asrash ma’nosini beradi. Daryodagi feruza tosh - soflikka
oshuftalik. Ranglar ichida feruza rang – musaffolik ramzi. “Hayit oyi bo‘lsam samolaringda” [4,1998]
misralarida islom dinidagi muqaddas oylardan biri ramazon oyida barcha samodagi yomon maxluqotlar –
insu-jinslar, jinlar kishanlanishiga ishorani ilg‘ash mumkin. Ya’ni samoda barcha ezgu niyatlar mustajo
bo‘lishi uchun qarshiliklar yo‘qotiladi. Hayit oyi ramazon oyi ma’nosida bo‘lib vatandoshlarimizning pok
niyatlarini amalga oshirishda vositachi bo‘lish, ularning xizmatiga bel bog‘lash lirik qahramonning
maqsadlaridan biri ekanligi anglashiladi. Mehr – vafo kabi ezgu fazilatlar har bir kishi uchun umumiy
bo‘lgan tushuncha. Bu tushunchalarning xulosasi bir misra qatiga birlashtirilgan: “Seni yomon ko‘zdan
asramoq uchun!”. Qahramon vatan uchun balogardon bo‘lishni xohlaydi.
Yaxshi she’rda fikr bo‘lishi mumkin, biroq u fikrdangina iborat holda qololmaydi. U bundan
boyroqdir. “Lirikadagi poetik obraz fikr bilan tuyg‘uning uzviy birikishidan tug‘iladi” – deydi, Ozod
Sharafiddinov [5,1979].
She’rda soxtalik va sun’iylik ko‘rinmaydi. She’rdagi har bir poetik obraz shoira shaxsiga va
ko‘ngil dunyosiga yaqin. Shuning uchun ham ifodalar ta’sirli, ishonarli ko‘pchiligi ramziy ma’nolarga ega.
Lirik qahramonning chin va pokiza niyati samimiy tasvirlangan.
Ostonangda yotgan iting bo‘loyin,
Naslingni pok tutgan suting bo‘loyin,
Ko‘zingdagi hurlik o‘ting bo‘loyin,
Baland tog‘larda burguting bo‘loyin,
Seni g‘anim ko‘zdan asramoq uchun!
Ushbu samimiy niyat ifodasida haqiqiy millatparvar inson qalbi urib turibdi. Uning kechinmalari
aniq tushunchalar orqali aks ettirilgan. Vatan, eng avvalo, har bir uyning ostonasidan boshlanadi. Jumladan,
har bir xonadonning qo‘riqchisi – iti bor. It jonivorlar ichida eng vafodori. Itning vafodorligi egasiga
nisbatan sodiqligidir. Sodiqlik tushunchasi burch tushunchasiga yaqin. Bu qahramondagi burchga
sodiqlikka ishora. Burgut qushlar shohi va o‘ta mag‘rurlik tushunchalariga tashbeh bo‘ladi. She’r
misralaridagi “Baland tog‘larda burguting” jumlalarida g‘ururi tog‘lardan baland, dushmaniga bo‘y
bermaydigan, o‘zini xo‘rlatib qo‘ymaydigan millat farzandi tushunchasi aks ettirilgan. Farzandlar uchun
ona suti pok va qadrli. Ona suti bir parcha etni ulg‘aytiradi. Ham ma’nan, ham jismonan kamolga etkazadi.
U orqali qalblarda Vatanga muhabbat mehri uyg‘onadi. Ona suti oqlikka va ezgulikka ishora bo‘lsa, hurlik
o‘ti – ozodlikka, istiqlol va istiqbolga ishora. Qahramonning bu samimiyligi faqat bir niyat uchun xizmat
qiladi: “Seni g‘anim ko‘zdan asramoq uchun!”.
Yurt, Vatan tushunchalari kishi tilida emas, balki qalbida ham chuqur ildiz otishi lozim. O‘zini
o‘ylaydigan, o‘zi uchun yashaydigan kishi qalbida Vatan tuyg‘usi bo‘lmasa kerak. Shoiraning Vatan lirikasi har
Do'stlaringiz bilan baham: |