ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 6-son
28
ma’no nozikliklarini kiritadi, ma’noviy yukni kuchaytiradi va emotsional-ekspressivlikni ta’minlashga
yordam beradi.
O‘zbek tilshunosligida inversiya hodisasi quyidagicha izohlanadi: «Inversiya (lot. unversio —
o‘rnini almashtirish, gap bo‘laklarining odatdagi tartibining o‘zgarishi.Tilda inversiya ikki xil vazifa
bajaradi:1. Semantik 2. Assemantik. Inversiyaning semantik vazifasi – gapning biror bo‘lagini alohida
ta’kidlash bilan nutqqa ekspressiv ruh bag‘ish etish. Masalan: Bu chol shu ahvolda qayoqqa boradi? –
Shu ahvolda qayoqqa boradi bu chol? Assemantik vazifa esa so‘roq gap (ayniqsa, roman va german
tillarida) she’riyatda kompozitsiya, vazn, ritm, qofiya hosil qilishda namoyon bo‘ladi. Masalan,
Ketdimi
u? Ilk bor rozilik so‘rashim mening.
Inversiya faqat uslubiy hodisa emas, balki sintaktik-uslubiy
(sintaktik-poetik hodisadir) u jonli so‘zlashuv tilida, badiiy adabiyotda ayniqsa, she’riyatda ko‘proq
uchraydi [O‘zTME, 2002. 4-jild. 144-b.].
Ta’kidlanishicha, inversiya odatdagi so‘z tartibining buzilishi hisoblanadi. Tilshunoslikda odatdagi
tartib deyilganda gap tarkibida eganing kesimdan oldin, aniqlovchining aniqlanmishdan oldin kelishi
kabilar tushuniladi. Nutq jarayonida qo‘llanadigan har bir so‘z zimmasida ma’lum bir
“yuk”
bo‘ladi.
Gapda bo‘laklarning o‘rin almashinuvida ma’lum kommunikativ maqsad ko‘zda tutilib, u turli vazifalarni
bajarishga xoslangan bo‘ladi. Noodatiy so‘z tartibi badiiy matnda ifodalayotgan fikrga ko‘tarinkilik
bag‘ishlaydi, ifodalanayotgan fikrlar ta’sirchanligini kuchaytiradi. She’rda alohida bo‘lakni ta’kidlash
bilan fikrning ma’lum tomoni bo‘rttirib ko‘rsatiladi, kinoya, hajv kabi ma’no nozikliklari ifodalanadi.
Ko‘p yig‘lama,
og‘riydi boshing,
axir baxtli bo‘lmog‘imiz shart.
Yomon bo‘lar agar ko‘zyoshing
tugab qolsa, kelgunicha Baxt (Shavkat Rahmon, Saylanma, 7-b.).
Sh.Rahmonning yuqoridagi misralaridagi so‘z tartibini to‘g‘rilasak, ma’no nozikliklari yo‘qoladi:
Ko‘p yig‘lama, boshing og‘riydi, axir baxtli bo‘lmog‘imiz shart. Agar baxt kelgunicha ko‘zyoshing tugab
qolsa, yomon bo‘lar.
She’riy shaklda esa “Baxt” so‘zi tartibi o‘zgartirilib, asosiy e’tibor qaratilganda
ijodkor engil kinoya va hajv asosida o‘z fikrini ifodalagan.
Baxtiyorman
degan birgina so‘zni
aytish uchun kerak qancha kuch-chidam,
garchi baxt so‘zlarning eng yoqimligi,
garchi tursa hamki tilning uchida…
G‘am so‘zin elimdan avvalroq aytdim,
baxt so‘zin aytaman, eldan keyinroq (Savkat Rahmon, Saylanma, 48-b.).
Baxt tushunchasiga Sh.Rahmon qayta-qayta murojaat qiladi. Ijodkorning o‘ziga xosligini
ta’minlashda so‘z tartibi muhim o‘rin tutadi. Dastlabki she’rda shoir baxtni kinoyaviy usulda ifodalash
uchun misra so‘ngida keltirgan bo‘lsa, keyingi she’rida misralarni baxt so‘zi bilan boshlaydi. Shu o‘rinda
so‘zlarga qanday tartib berish, shoirning so‘z tanalash mahorati yuqoridagi ikki parchada ham o‘zgargan
so‘z tartibi tuyg‘ularni teranroq ifodalash imkonini beradi.
Bunday inversiya uslubiy jihatdan ahamiyatli bo‘lib, u fikr ifodalashda muhim detallarni ajratishga
imkon beradi. Vaholanki, bu kabi inversiyaning uslubiy imkoniyatlari sezilarli bo‘lsa-da, ular juda
chegaralangan. Gap tarkibidagi so‘z birikmasi komponentlariga bog‘liq holda inversiyaning stilistik
imkoniyatlarga egaligi nutqning ohangdorligini, ta’sirchanligini ta’minlaydi, unga ravshanlik va
jo‘shqinlik, mayinlik bag‘ishlaydi. Gap tarkibidagi bo‘laklar doirasida yuz beruvchi har qanday
o‘zgarish nutq jarayonida so‘z ichki munosabatlari tizimi bilan shartlangan. Gap bo‘laklarini ma’lum
kommunikativ maqsadda joylashish tartibini o‘zgartirishda u yoki bu gap bo‘lagining estetik ahamiyati
leksik-semantik birliklarning o‘zaro munosabati asosida shakllanadi. Bu esa muallifga gap bo‘laklarini
noodatiy tartibda joylashtirishda so‘z ma’nosinini ajratib ko‘rsatish, ta’kidlash va kuchaytirishga imkon
beradi. So‘z birikmasi yoki gap tarkibidagi komponentlar maxsus morfologik ko‘rsatkichlar orqali
shakllangan bo‘lsa, bunda tartib o‘zgarishi sintaktik holatga ta’sir ko‘rsata olmaydi. Ko‘rinadiki, o‘zbek
tilida so‘z tartibi o‘zining o‘zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, oddiy so‘zlashuv uchun hamda
badiiy uslub uchun inversiya xarakterlidir. Bunda hol-kesim, to‘ldiruvchi-kesim, ega-kesim inversiyalari
ko‘p kuzatiladi: masalan,
Oldiga kelganni qaytarmay emoq
Aslida, aqli yo‘q hayvonning ishi.
Og‘ziga kelganni qaytarmay demoq
Noqis-u befahm, nodonning ishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |