ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 6-son
29
Mazkur misrada shoir ikkita sodda gapdagi bo‘laklarni to‘rt maisraga joylashtirgan. Bu erda
ta’sirchanlik, badiiy bo‘yoq berish yoki estetik zavq berish maqsad qilinmagani bois jumlalar odatdagi
tartibda falsafiy fikr-mulohazalar ifodalanmoqda, ayrim bandlar esa mutlaq inversiya asosida shakllangan
bo`ladi. Ega va kesimning o‘rin almashishi natijasida so‘z tartibining o‘zgarishi sodir bo‘lmoqda. Keyingi
misralar ham shu zayilda inversiyaga uchrashda davom etgan:
Ko‘zingning o‘ngida o‘sgandek ekin
Rabbim ham ogohdir har zum har ishdan.
Ro‘za-yu parhizda muddat bor, lekin... (A.Oripov, Haj daftari, 11-bet.)
Shoir A.Oripov she’rning birinchi bandida xalq maqolidan foydalanaytganda to‘g‘ri tartibni
qo‘llaydi. Keyingi bandda tangri taolo insonni ulug‘lagani o‘zgargan so‘z tartibi orqali ta’sirli
ifodalanmoqda. Oxirgi bandda shoirning xulosasi (Hamisha harom-harishdan hazar qil.) ham inversiya
orqali bayon qilinmoqda.
She’riy matnlarda lirik qahramon ruhiy kechinmalarini, iztiroblari, qiynalishlari, fikrlashlarini
inversiya vositasida ochishda, shubhasiz, asar muallifning dunyoni idrok qilishi uning his qilishidagi
o‘ziga xosliklar va voqelikni, inson tushunchasi mohiyatini poetik tasvirlash mahorati yotadi.
Muhimi shundaki, she’riyatda so‘z tartibining o‘zgarishi kommunikativlik yoki ta’sirchanlik
vazifasini bajaradi. Gapda so‘z tartibini uslubiy jihatdan tadqiq etishda unga gapni ma’noviy tashkil
bo‘lishi vositasi sifatida qarash katta ahamiyatga ega. Gap bo‘laklarining odatdagi tartibi ta’sirchanlik
kuchiga ega bo‘lmay, ko‘proq tilning xabar berish funksiyasini ta’minlashga xizmat qiladi. Inversiya esa
she’riy asarlar tilida stilistik bo‘yoqdorlikka egaligi bilan ajralib turadi. So‘z tartibining uslubiy sifati
uning turli matnlarda har xil funksional-uslubiy xoslanishini belgilab beradi. Odatdagi so‘z tartibi ilmiy,
rasmiy uslublari uchun ko‘proq xarakterli bo‘lib, gap bo‘laklarining ma’lum tartibda joylashishi
ta’sirchanlik uchun xizmat qilmaydi. Inversiya badiiy matnlarda, xususan, she’riy asarlar tilida lirik
qahramon ruhiyati, ichki kechinmalari tasvirini berishda, voqelik faktlariga, kishilarga munosabatini
ko‘rsatishda, shuningdek, she’rda poetik ta’sirchanlik, ohangdorlikni ta’minlashda muhim uslubiy vosita
sifatida ishtirok etadi.
Bugun dunyo she’riyati ham zamonaviy o‘zbek sheriyati ham fikr ifodalashda turli grammatik,
sintaktik kombinatsiyalardan faol foydalanmoqda. Bu o‘rinda so‘z tartibining o‘rni beqiyosdir. O‘zbek
she’riyatida ham so‘z tartibidan mahorat bilan foydalangan ijodkorlardan biri U.Azimning quyidagi
misralarini kuzatamiz:
Bir qishloqda yashaydi o‘g‘lon,
Oddiygina dehqonning o‘g‘li.
U boqadi olamga hayron,
Nelargadir to‘ladi ko‘ngli.
Shoir o‘z she’rida inversiyadan unumli foydalanadi. Dastlabki jumlani oddiy, odatiy tartibga
aylantiradigan bo‘lsak: O‘g‘lon bir qishloqda yashaydi. Bunda bir qishloqda so‘zi boshqalaridan ko‘ra
ko‘proq uslubiy yuk olmoqda. She’rdagi variantda esa, o‘g‘lon so‘zi mantiqiy urg‘u olib turibdi.
U boqadi
Do'stlaringiz bilan baham: |