ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 6-son 149
xos tomonlarni alohida bandlar bo‘yicha izohlab o‘tiladi. Kognitiv nazariychilar vakillari J.Piaje va
B.Blumlar ta‘limda shaxsning intellekti va tafakkurining rolini yoritishga e’tibor qaratganlar. J.Piaje
(1926)ning aqliy taraqqiyot nazariyasi asoschilaridan biri sanaladi. U aqliy taraqqiyotni (bilish jarayonlari)
to‘rt bosqichga ajratadi.
-
sensomotor;
-
operatsiya oldi / intuitiv;
-
yaqqol operatsiyalar;
-
rasmiy operatsiyalar.
Undan farqli tarzda
Bendjamen Blumning (1956)
tafakkur darajalari nazariyasini ilgari surdi. U
bilish faoliyatining uchta kategoriyasini aniqladi:
-
bilish (aqliy qobiliyatlar yoki bilimlar)
-
emotsional (his-tuyg‘u yoki munosabat)
-
psixomotor (jismoniy qobiliyatlar)
Kognitiv kategoriyalarni tafakkurning uchta darajasiga muvofiq ajratadi:
-
bilish analiz;
-
idrok sintez;
-
tadbiq qilish baholash.
Yana bir yo‘nalishda izlanish olib borogan olim L.S.Vigotskiy bo‘lib, u bilishni ijtimoiy
nazariyasiga asos soldi. L.S.Vigotskiy o‘z qarashlarida quyidagilarni ilgari surdi:
-
bilish jarayoni ijtimoiy va madaniy omillarning o‘zaro aloqadorligiga ega;
-
ta’lim insonlar o‘rtasida, olamni o‘rganish jarayonida bilimlarni uzatishida namoyon bo‘ladi;
-
bolalar o‘zining ijtimoiy borlig‘ini tengdoshlari va kattalar ta’sirida shakllantiradi;
-
bolalarning kognitiv taraqqiyoti ularning tengdoshlari va katta yoshdagilar bilan
birgalikdagi faoliyatida o‘sib boradi.
Edvard de Bononing (1992)
konseptual va ijodiy tafakkur nazariyasi. De Bono strategik tafakkur
metodi va yo‘llarini ishlab chiqib, ularni “Fikrlovchi turini ajratdi. “Fikrlovchi qalpoqlar”ning har bir
kategoriyasi xususiy va metaforik bo‘yoqqa ega.
-
oq (informatsion):
-
sariq (optimistik);
-
qizil (emotsional);
-
yashil (ijodiy);
-
ko‘k (boshqaruvchanlik).
Govard Gardnerning (1983) ko‘p qirrali intellekt nazariyasi.
Godvard Gardern tadqiqot o‘tkazib, muammoni yechishda yettita qobiliyatni namayon qilishlarini
qayd qildi. Godvard Garderning quyidagi qobiliyatlarni ko‘rsatib o‘tdi:
-
lingivistik; musiqiy; mantiqiy-matematik.
-
fazoviy-kinestik shaxslararo shaxsning ichki dunyosiga qaratilgan.
-
jismoniy.
Yuqorida ta’lim jarayonida metodologik asosida xizmat qilgan psixologik konsepsiyalar xususida
to‘xtalib o‘tdik. Quyida ularga muvofiq muammoli ta‘limni psixologik jihatdan tahlil qilishga harakat
qilamiz.
ta’lim muammoli ta‘limning talqini mavzusida sobiq sovet psixologiyasida alohida urg‘u berilgan.
Bu borada T.V. Kudryavsev, A.M.Matyushkin va boshqlarning muammoli ta‘limni o‘qitish g‘oyasi o‘ziga
xos o‘rin tutadi. O‘z navbatida bugungi kun tajriba va zamonaviy pedagogik texnologiyalarda muammoli
ta‘limni ta’lim muhitida qo‘llashning o‘ziga xos psixologik mazmuniga ega ekanligi o‘z tasdig‘ini
topmoqda. Shu bois quyida muammoli ta’lim tahliliga boshqa psixologik konsepsiyalarga nisbatan ko‘proq
e’tibor qaratildi.
ta’lim jarayoni samaradorligiga qo‘yiladigan talablar ta’lim beruvchi uchun yangi o‘qitish
metodlaridan foydalanish zaruratini tug‘diradi. O‘tgan asrda ta’lim beruvchi bilan ta’lim oluvchi o‘rtasidagi
o‘qitish jarayonida amal qilingan qonun-qoidalar bugungi kunga kelib o‘zining amaliy natijasini ko‘rsata
olmayapti. Shu bois ta’lim jarayonida tadbiq qilinadigan metodlarga ijodiy yondashgan holda ish tutish
muhimdir. Ta‘limda nafaqat o‘quvchi va talabalarni, balki malaka oshirish kurslaridagi tinglovchilar bilan
ishlash tizmiga ham yetarlicha e’tibor qaratish lozim. Malaka oshirish kursidagi tinglovchi ham o‘qitish
jarayonida ta’lim oluvchi funksiyasini bajaradi. U xuddi talabasi singari bilim, ko‘nikma va malakalarning
o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklarini boshdan kechiradi. Tinglovchining malaka oshirish kursida taqdim
qilinayotgan o‘quv axborotlarini samarali o‘zlashtirishi uchun imkoniyat beruvchi ta’lim metodlaridan
foydalanish zarur.