Ключевые слова : модели поведения
,
социальная теория познания, процесса обучения,
проблемному
процесса.
Psyhologic accesst education process Abstract. The article shows ideas about factors of behavior models, intellectual developmet, social
theory of cognition, as well as provision of effectiveness of the process of education. Besides there are also
some issues problematic education analyzed.
Keywords : factors of behavior models, intellectual development, social theory of cognition,
process education, problematic education.
Ta‘lim-tarbiyaning psixologik asoslarini tahlil etish
б
ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyatini
samarali tashkil etish uchun xizmat qiluvchi qonuniyatlarni va omillar o‘rnini aniqlash imkonini beradi.
Ta‘lim-tarbiya jarayonining uzoq yillik tarixiy tajribasi psixologik nazariyalariga asoslangan holda
rivojlangandi. Ushbu tajribalarning keng ko‘lamda psixologik tus olishi XX asrning 60-yillaridayoq G‘arb
mamlakatlari va AQSH ta’lim tizmida an’anaviy o‘qitishdan vos kechish yo‘llari izlanishda o‘z aksini
topgan. Amerika psixologiya maktabi vakillari ta‘lim-tarbiya muhitiga ko‘proq xulq psixologiyasi
g‘oyalariga keng tayandi. Bu nazariy yondashuvning o‘ziga xosligi “stimul-reaksiya” tamoyiliga
asoslanganligidir. Ta‘limning xulq-atvor modeli ta’lim oluvchining bilimlarini boyitish manbai hisoblanadi.
Uning vakillari tamonidan ilgari surilgan g‘oyalarda quyidagi jihatlar xosligi kuzatiladi:
-
xulqiy yondashuv yoki an’anaviy ta’lim berish 1920 yillarda tadbiq etilgan. Kompleks bilim va
malakalar birliklaridan iborat bo‘limlariga ajratilib, ular alohida o‘qitildi.
-
ta‘limni kompleks topshiriqlarini hal etish uchun zarur bilim va malakalarni o‘zlashtirish deb
hisoblangan.
-
bilimni qayta ishlashga qo‘yiladigan talab nazariy ta‘limning mantiqiy davomi sifatida e’tirof
etilgan.
-
ta‘limning xulqiy nazariyasi:
-
bir qolipdagi bilim va malakalarni o‘qitish hamda tekshirishni qo‘llab-quvvatlangan.
-
ta‘limning xulq-atvor modeli talabaning bilimlarini boyitish manbai hisoblanadi.
-
ta’lim oluvchi “bilimlarni to‘plavchisi”dir: ma’lumotlar to‘plashni test yoki savollarga javob
sifatida foydalanishdan iborat bo‘lgan.
-
ta’lim o‘yin sifatida idrok qilinib, ular to‘g‘ri javobni topishdan iborat.
-
an‘anaviy ta’lim ta’lim oluvchilarni oldindan o‘rnatilgan alohida tadbirlarda qoidalarni va
simvollarni to‘g‘ri tadbiq qilishi uchun zarur individual malakalarni shakillantirishga yo‘naltirilgan.
-
ta’lim oluvchilar testga tayyorlanishda bilimlarni yod olib, malakalarni shakllantirganlar.
-
test ularni ancha amneziyani his qilishga olib keldi. Bu bilim va malakalar faqat testni to‘g‘ri
н
echish uchun zarur bo‘lib, oqibat ularni xotirada qisqa muddatda ko‘proq foydalanishga olib keldi.
-
ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot an‘anaviy ta’lim asosi sifatida xizmat qiluvchi xulq psixologiyasi
g‘oyasidan voz kechishga olib keldi.
Xulq psixologiyasi g‘oyalaridan tashqari bugungi ta’lim tizimida quyidagi ta‘limning taraqqiyotiga
nazariy-metodologik ba’za sifatida xizmat qilgan quyidagi nazariyalar vujudga keldi. Ularning har biriga