ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son
147
anglanmagan o’quvchilardir. Shu sababli maktab «ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimi»ni «maktab tarbiyaviy
ishlar tizimi»ning g’oyaviy boyitilgan sinonimi sifatida tushunish mumkin.
1996 yilning oxirlariga kelib O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining «Ma’naviyat va
ma’rifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to’g’risida»
(1996 yil 9 sentyabr) Farmoni e’lon qilindi. Buning sababi -«... hanuz joylarda ma’naviyatning mohiyatini,
uning olg’a siljishimiz farovon jamiyatga tezroq yetishimizdagi qimmatini chuqur idrok etmaslik hollari
mavjud»ligi. Ayrim katta-kichik raqbarlar eski mustabidlik, zo’ravonlik mafkurasining sarqitlaridan
haligacha qutula olmay, bu borada kechirib bo’lmaydigan oqsoqlik tufayli ma’naviyatning asl mohiyatini
tushunib yetmasdan unga ikkinchi darajali ish sifatida qaramoqdalar. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bo’lgan
bunday e’tiborsizlik kelajagi buyuk demokratik, ozod davlat qurishdek ezgu maqsadimiz ro’yobi uchun
mutlaqo zid» ekanligi Farmonda maxsus qayd etildi. Farmonda ma’naviy-ma’rifiy islohotlar davlat
siyosatining asosiy, ustuvor yo’nalishi deb hisoblanishi ta’kidlandi va ma’naviy-ma’rifiy ishlar
samaradorligini oshirishning 14 yo’nalishi belgilab berildi.
Ma’naviyatning ijtimoiy-siyosiy, mafkuraviy mohiyati turli fanlar vakillari tomonidan asoslab
berilgan. Jumladan, uning badiiy, hayotiy mohiyati adabiyotshunoslarimiz tomonidan yorqin ochib berildi:
«Chingiz Aytmatovning «Asrga tatigulik kun» romanidagi Sobitjonni bilasiz», deydi bu haqda
filologiya fanlari doktori I.Haqqul. Uning otasi Kazangap - oddiy temir yo’l ishchisi bo’lib ishlardi. Otasiga
nisbatan u ming chandon o’qimishli. Ertadan kechgacha telefon oldida o’tirib, boshliqning kabineti bilan
qabulxona o’rtasida bo’zchining mokisidek yelib-yugursa-da, har qalay, amaldor. Bilmagan narsasi,
o’qimagan kitobi yo’q. Lekin uning axloqiy xususiyati va ma’naviyati otasinikiga nisbatan behad tubandir.
Hatto, otasining o’limida ham siyosatdan, davlat manfaatlaridan vaysaydigan odamni bir tasavvur qiling?
Qayerdaki, o’zini martabali, bilag’on, mas’ul odam qilib ko’rsatishga urinadigan amaldorlarni ko’rsam,
o’sha Sobitjonni eslayman. qachonki aravani quruq olib qochishdan charchamaydiganlarning gapini
eshitsam, «qachon qutulamiz bu Sobitjonlardan», degan gap xayoldan kechadi. Umuman, tili ishlab, dili
ishlamaydigan kishi - xavfli kishi. Chingiz Aytmatovning haqqoniy e’tirofiga ko’ra, odamning odamligi
faqat kasb-koridagi mehnatkashligi bilan belgilanmaydi. U qalban ham mehnatkash bo’lmog’i kerak.
Qalban mehnatkashlik esa, ma’naviyat ishchisi, ma’naviyat dehqoni, ma’naviyat me’mori degani bo’ladi.
Qalban mehnatkash insonlar esa, bir-biri bilan yoru birodar bo’ladilar, «bir-birining tillariga tushunadilar»
[4; 42].
Umuman, boshlang’ich sinflarda ma’naviy - ma’rifiy ishlarni tashkil etishning muvaffaqiyati ta’lim
mazmunidan ma’naviy tarbiya maqsadlarida foydalanishni takomillashtirishga bog’liq. Ma’naviy-ma’rifiy
ishlarning samaradorligi o’quv - tarbiya jarayonlarida o’lka ma’naviy qadriyatlaridan unumli foydalanishni
taqozo etadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining yoshi, milliy, ruhiy, jinsiy, shaxsiy xususiyatlarini hisobga
olish va tarbiyalanganlik darajalarining amaliyotga joriy qilinishi ma’naviy - ma’rifiy ishlarning
samaradorligini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |