ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 6-son
153
a’zolik imkoniyatlari qiymatini t o‘g‘ri anglash uchun yetarli emas. Misol uchun, siz boshqa kishilarning
a’zoligiga qarashga qodir bo‘lmasangiz, ularning qaysi guruhga tegishli bo‘lishlarini qanday baholash
mumkin? Guruhga a’zolik toifalarini baholash faqat ijtimoiy taqqoslash jarayoni bilan amalga oshirilishi
mumkin. Misol uchun, shaxsning individual darajasida ijobiy “men”lik maqomiga ega bo‘lishining
dastlabki bosqichini anglatadi: “men o‘zimni yaxshi deb hisoblayman va menimcha, kimdir men to‘g‘rimda
yaxshi fikrda”. O‘zingizni biron bir o‘lchamda baholash uchun boshqalar bilan yopiq ijtimoiy taqqoslashni
talab qiladi. Bu shuningdek, ma’lum ijtimoiy toifalarga ega bo‘lgan shaxslarni aniqlash uchun ham kerak.
Shuni ta’kidlash kerakki, taqqoslash, o‘xshash, yaqin, tegishli xususiyatlarga ega odamlar o‘z turlarini
boshqalarda qisman ko‘rishadi va mohiyatiga yaqin bo‘lganlar bilan taqqoslashadi. Ijtimoiy maqomini
baholash uchun o‘qituvchilar o‘zlarini maktab o‘quvchilari bilan taqqoslashmaydi, balki o‘zlarini boshqa
kasb vakillari bilan taqqoslashadi va guruhlarning barcha parametrlari taqqoslanmaydi, lekin faqat
muayyan kontekstda ahamiyatga ega bo‘lgan xislatlar taqqoslanishi ko‘proq ahamiyat kasb etadi.
Identifikatsiyalashtirishdagi markaziy muammolardan biri bu insonning ijobiy, ijtimoiy va shaxsiy
identifikatsiyaliligini ta’minlash masalasidir. Guruh a’zolari ijobiy yoki salbiy ijtimoiy baho bilan bog‘liq
bo‘lgani uchun, odamning ijtimoiy identifikatori ham ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Bu har bir
insonning o‘z-o‘zini ijobiy, yaxshi namoyon qilish istagi borligidan kelib chiqqan holda, ijtimoiy
identifikatsiyaning dinamikasida insonning ijobiy ijtimoiy identifikatsiyaga erishish istagi bilan baholanadi.
Shunday qilib, taqqoslash ko‘pincha qarama qarshilikni o‘z ichiga olgan ijtimoiy va shaxsiy identifikatsiya,
uzliksiz, dinamik takomillashishning o‘sib boruvchi asosiy jarayonidir. Ma’lum bir guruhga tegishli
shaxsning sub’ektiv bilimlari qanday shakllantirilganligi, shuningdek, shaxsning shaxsan, guruhlararo yoki
oraliq muhitda qanday qilib va qanday munosabatni shakllantirganligi uning ijtimoiy moslashuvining
yetakchi vositasidir. Guruhdagi xatti-harakatlar, mexanizmlar ijtimoiy-kognitiv asosga ega bo‘lib, guruh
a’zolari bilan shartlangan emas, aksincha shaxsdagi alohida (identifikatsiyalashtirish) o‘z-o‘ziga
munosabatning o‘zgaruvchan hamda moslashuvchan shakliga bog‘liqdir.
Farazimizning asosiy xulosasi quyidagilardan iborat: guruh ichidagi uzviylik va guruhlararo
t o‘g‘ri, adyekvat farqlash, shuningdek, o‘zlarining va boshqalarning ijtimoiy erkinligi, ijobiy yoki salbiy
farqlanishi, rivojlanishi kabi kognitiv jarayonlarni o‘rganish, guruhdagi ijtimoiy psixologik jarayonlarining
motivatsion qismlarini taftish qilish, to‘g‘ri baholash bilan bog‘liqdir. Ushbu ijtimoiy identifikatsiya,
anglash, o‘z-o‘zini tushinishning o‘zgacha shart-sharoitiga qaratilgan fikr, mulohazalarimiz guruhdagi
ijtimoiy, obyektiv va subyektiv munosabatlar dinamikasini o‘rganish hamda, guruhdagi qadriyatlar va
insoniy xatti-harakatlarni o‘rganish uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.
Izchil rivojlanayotgan jamiyatda, har bir sohada keskin rivojlanish, o‘zgarish jarayoni yuqori
suratlarda tus olgan bir davrda inson tomonidan bajariladigan rollarning turli tumanligi ham toboro ortib
bormoqda. Bunday hodisa shaxsda psixologik paradoksal kayfiyatni vujudga keltirishi, shuningdek, o‘zi
tomonidan bajariladigan ko‘plab ijtimoiy rollarda o‘zini to‘g‘ri va adyekvat aks ettiraolmasligi, hamda
shaxsdagi ijtimoiy va shaxsiy indentifikatsiyalashtirish muammolarini keltirib chiqarishi mumkin. Ayniqsa
o‘smirlarda ijtimoiy va shaxsiy identifikatsiyalashtirish, taqlidchanlik ko‘nikmalarini to‘g‘ri shakillantirish,
guruhiy vaziyatni t o‘g‘ri idrok etishdik sifatlarni yaxshi shakillanganligi, keyingi faoliyatidagi garmonik
muvoznatiga tasiri atroflicha bo‘lishi mumkin. O‘z o‘zini to‘g‘ri va adyekvat baholash orqali o‘smir
bolalikdan, katta ijtimoiy kenglikka kirib boradi, biroq ushbu jarayonni o‘zida subyektiv, ichki psixologik
faol tizim mavjud bo‘lib bunday (identifikatsiyalashtirish hodisasi) hodisa vaqt, vaziyat va psixologik
tayorgarlikning uzoro tutashuvida sodir b o‘ladi.
O‘zbek psixologlari tomonidan aynan shaxsning ijtimoiy, guruhiy vaziyatlarga, guruh
ishtirokchilariga va o‘zining guruh a’zoligiga qiyosiy s o‘bektiv baho berishi jarayoni tadqiq etilmagan.
Shu sababdan ijtimoiy-psixologiya sohasida tatqiqot ishlarini olib borgan yevropalik psixolog olimlarni
nazariy qarashlari tomon burilish qildik va umumiy nazariy, konsepsiyalar majmuidan kelib chiqib o‘z
farazimizni ifodalash uchun ilmiy gipotizalarga asoslangan fikr mulohazalarimizni sharhladik.
Do'stlaringiz bilan baham: |