ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 6-son
152
tsiya eng muhim psixologik omil yoki tuzilma deb hisoblanadi. Asosiy nuqtayi nazar shundan iboratki,
dunyodagi ijtimoiy bilimlar, izchil tushunchalar, ijtimoiy xulq-atvorni tartibga soluvchi munosabatlar,
identifikatsiyalashtirish negizida, stereotiplar asosida shakillanadi. Bu jarayon ancha oldinroq yevropalik
olimlarning etiborini tortgan.
L.Festinger, J.Tyornerning asarlarida, ijtimoiy va shaxsiy identifikatsiyalashtirish jarayoni, ijtimoiy
taqqoslash nazariyasi doirasida tushintirilgan. Ushbu yondashuvda ijtimoiy identifikatsiya tegishli
sharoitlarda xatti-harakatni tartibga solish rolini bajaradigan bilish va anglash tizimi ekanligiga etibor
qaratiladi. Shaxs turli psixologik tizimlari kontekstidagi tushunchalari, hamda atrofidagi dunyoni idrok
etadigan “tushinish shakli" orqali (K.Levin, J.Kelly, V.Nayser) o‘zlikni anglash tizimi faollashuviga
erishadi. L.Festingerning "kognitiv chalkashlik" nazariyasiga k o‘ra bu tizim inson tajribasini, mavjud
holatni, idrok formasini, insoniy faoliyatni boshqaradi va uning uchun muayyan turtki bo‘lib xizmat qiladi.
Ijtimoiy identifikatsiya qilish nazariyasi to‘g‘risida yana bir guruh amerikalik olimlar (D.Abrams, M.Hogg,
N.Tajfel, J.Tyorner va boshqalar). 1970-yillarda, Henri Tajfel, asosiy tamoyillarga etibor qaratgan holda,
yanada kengaytirishga harakat qildi. A.Tajfelning izdoshlari J.Tyorner, D.Abram, M.Xog, M.Augastinos,
N.Ellemers, R. Braun, P.Oaks va boshqalardir. Ular asosiy etiborini ko‘proq ijtimoiy-psixologiyaning
markaziy muammosi sifatida – shaxs va jamoa o‘rtasidagi munosabatlarni tushunishga qaratgan edilar. [2]
Ijtimoiy identifikatsiyalashtirish tushunchasi shaxsning, ma’lum bir guruhga yoki guruh a’zoligini
ko‘rsatadigan muayyan ijtimoiy xususiyatlarga ega ekanligi va boshqa tomondan o‘ziga xos yoki noyob
shaxsiy, jamoaviy xususiyatlarga ega ekanligiga asoslanadi. Bu shaxslararo va guruhlararo farqlash
tushunchasi bo‘lib, Amerika ijtimoiy psixologiyasida, ijtimoiy kontekstdagi bilim mexanizmlarini,
prinsipial pozitsiyasini, qiyosiy ifodalashdagi, o‘ziga xos, ijtimoiy-psixologik muammo sifatida qaraladi.
Ijtimoiy identifikatsiyalashtirish jarayoni, nazariy jihatdan, boshqa psixik jarayonlardan tarkibi,
davomiyligi, murakkabligi, boyligi jihatidan farq qiladi. Bu jarayonda muhim ahamiyatga molik narsa, bu
tasavvurlar "shaxsiy xususiyatlar (shaxsiy qutb) va ijtimoiy xususiyatlar (ijtimoiy qutb) o‘rtasidagi
doimiylikda" qurilishi mumkin. Bu borada ijtimoiy-psixologiya sohasida faoliyat olib borayotgan ba’zi
mualliflar ijtimoiy identifikatsiya so‘zlarini e’tiborsiz qoldirishga harakat qilishgan. Masalan, P.N.Shikirxv
o‘z diqqatini Tajfel tadqiqotlaridagi guruhlararo munosabatlar muammosiga qaratadi, shu bilan birgalikda
ijtimoiy identifikatsiya muammosini chetlab o‘tib, uni odamlarning aql-idrokiga oid guruhlararo
munosabatlar haqidagi fikrlarni ta’riflash bilan almashtiradi. Ammo psixolog sifatida Tajfel shaxsdagi turli
xil ijtimoiy hayot va faoliyat bilan shug‘ullanadigan psixologik mozaykani ko‘rishning o‘ziga xos usuliga,
shuningdek, guruhlar o‘rtasida antagonistik munosabatlarga qanday ta’sir qilishiga qiziqdi. Toshfel turli
ijtimoiy muhit va ulardagi insoniy xulq-atvorning xususiyatlarini o‘rganib, insonning barcha xulq-atvori
reaksiyalari joylashgan "shaxslararo-guruharo doimiylik" tushunchasiga to‘xtaldi. Bu esa har ikkala holatda
ham inson muayyan yaxlitlikda harakat qiladi degan fikrni ifodalaydi.
Tajfel guruhlararo psixologik ichki ziddiyatlar va jarayonlarni laboratoriyada kichik guruhlarda
o‘rganish va ular tabiatiga mos xususiyatlarni yaratishni taklif qildi. Laboratoriya tajribasida guruhga
haqiqiy ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlar, ishtirokchilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar, guruhdagi boshqa
tarkibiy qismlar yaratish, guruh a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik kabi o‘ziga xos xususiyatlarni tadqiq
qildi. Guruhlar orasidagi dinamik jarayonlarni o‘rganish uchun ko‘plab laboratoriya tajribalarini o‘tkazgan.
Bristol tomonidan esa (Angliya) maktab o‘quvchilari ustida olib borilgan ilk tajribasining maqsadi
insonning guruhlararo xulq-atvoriga ta’sir etishi uchun guruh bilan o‘zini tanishtiradimi-yo‘qmi, boshqacha
qilib aytganda, insonning guruh a’zolariga, guruhlar o‘rtasidagi munosabatlarga qanday reaksiya qilish
haqidagi savolga javob berish edi. Eksperimental guruh ikkita shartli kichik guruhga bo‘linib, anonim va
bir-biridan ajratilgan edi. Bu maktab o‘quvchilarining harakatlariga ta’sir ko‘rsatdi. Ikkita strategiyani
tanlash: ularning guruhlari uchun adolatli yoki foydaliroq, ular gururhga ichki a’zolik imkoniytlarini
oshiradigan strategiya tanlashga harakat qilishgan edi.
Shunday qilib shaxsdagi ijtimiy va shaxsiy identifikatsiyalashtirish jarayoni Tajfel nazariyasi
negizidagi asosiy tushunchadir, ammo u toifalarga ajratish jarayoni bilan kompleks tarzda ko‘rib chiqiladi.
Bu, birinchi navbatda guruhlar, guruhiga nisbatan ko‘proq ta’sirchan munosabatda bo‘lish istagi bilan
namoyon bo‘luvchi guruhlardagi favoritizm (afzallik, qulaylik, madaniy mavjud hodisa) fenomenini
tushuntirish uchun mantiqiy ahamiyatga ega b o‘lib hisoblanadi.
Bizning farazimizcha esa ijtimoiy va shaxsiy identifikatsiyalashtirish jarayoni - bu hodisaning
asosiy manbalari hisoblanadi. Ijtimoiy hisob va tanlash – bu ma’lum bir darajaga qadar qabul qilingan
ijtimoiy kategoriya. Har bir inson uchun u muayyan miqdordagi ijtimoiy toifalar orqali quriladi, ularning
majmui turli vaziyatlarda qisman aniqlanadi. Ijtimoiy identifikatsiya qilish ma’lum bir ijtimoiy kontekst
bo‘yicha tanlangan, ijtimoiy toifalarining bir qismi bilan bog‘liq. Identifikator o‘z-o‘zini aks ettirish yoki
o‘z-o‘zini tushunish, anglash sohasiga tegishlidir. Shaxsning ijtimoiy identifikatorlarni bilishi bu guruhga
Do'stlaringiz bilan baham: |