Initial communication and affectionate attitude as a mechanism for the formation of a healthy child
Abstract.
This article thoroughly clarified the conceptual idea of “Primary communication and
caring attitude”.
А
rguments based
о
n literary analysis as well as scientific conclusions personal research.
Keywords:
primary communication, caring attitude, physical, biological and psychological
freedom during infancy and childhood.
Ota-onaning, ayniqsa, onaning go‘dak haqidagi qayg‘urishlarini psixologiya fanida birgina “mehrli
munosabat” atamasi bilan izohlash mumkin. Go‘dak o‘lg‘aygan sari bu so‘zning ma’nosi ham o‘z-o‘zidan
kengayib boradi. Oiladagi shaxslararo munosabatlarning kengayishi, ota, ona va bola uchligi
munosabatlarining chuqurlashishi ota-onalarda mehrli munosabatlarning tajriba sifatida shakllanishiga olib
keladi. Ota-ona bilan go‘dak o‘rtasidagi dastlabki muloqot va mehrli munosabat fiziologik shaklda kechadi,
ya’ni go‘dakni ona dastlab bag‘riga bosishi, qo‘lida tutib turishi, uni xavfsiz harakatlantirishi kabilar
boladagi yaxshi yoki yomon psixologik munosabatning yuzaga kelishini ta’minlaydi.
Dastlabki muloqot va mehrli munosabat, xushmuomalalik go‘dakning psixik rivojlanish jarayoniga
ijobiy ta’sir qiladi. Salbiy munosabatlar, ya’ni noto‘g‘ri, qo‘pol munosabatlarning davomiyligi go‘dakning
atrof-muhitga moslashishga bo‘lgan ehtiyojini qanoatlantirmaydi, bu esa uning psixik rivojlanishiga salbiy
ta’sir qiladi.
Vaqtidan avval tug‘ilgan go‘daklarning dastlabki kunlarida atrof-muhitning ahamiyati kam bo‘lsa,
sog‘lom, o‘z vaqtida dunyoga kelgan go‘dak esa dastlabki daqiqalardanoq atrof-muhitga va ayniqsa,
onasiga ehtiyoj seza boshlaydi. Shu daqiqalarda bolaga bo‘lgan munosabat sog‘lom, mehr va
xushmuomalalikka asoslangan tajribaga tayanilishi go‘dakning tom ma’nodagi yetuk shaxs sifatida
shakllanishiga zamin yaratadi [1].
Bolaning go‘daklik chog‘larida yaxshi va ko‘p vaqt davomida qo‘lda olib yurilishi ularda dadil
harakatlanish, ishonch va mehr hislarining shakllanishiga asos bo‘lishi bilan birga, ularda mehrli muno-
sabatlarning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatib, go‘dakning jadal hissiy rivojlanishiga imkoniyat yaratadi.
Go‘dakni mustahkam va ko‘p vaqt qo‘lda olib yurish shaxs shakllanishiga xizmat qiladigan asosiy
omillardan biridir. Bolalar o‘zlarini yetarlicha xavfsiz olib yurilganliklarini eslay olishmaydi, lekin ularga
yetarlicha xavfsiz munosabat bo‘lmasa, bunday harakatlar ularning xotirasida muhrlanadi va kelajakda
buning oqibatlari go‘dakka o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Bola shaxsining shakllanishi va rivojlanishi dastlabki muloqot va mehrli munosabatlarning qay
darajada shakllanganligi bilan belgilanadi. Xo‘sh dastlabki muloqot yoki munosabatlar qachondan
boshlanadi? O‘tkazilgan so‘rovnomalarga javob berganlarning katta foizi ushbu savolga 2-3 yosh, nari
borsa 1 yoshdan muloqot va munosabatlarning boshlanishi haqida gapirishadi. Biroq mutaxassislar
tadqiqotlari natijalarining ko‘rsatishicha, tug‘ilgan go‘dakni tug‘ilgan zahotiyoq qo‘lga olinishi va dastlabki
munosabatlarning o‘rnatilishi go‘dakning ijtimoiy muhitga qanchalik oson moslashishiga yordam
beradigan asosiy omil hisoblanar ekan. Sir emaski, bugun uzoq kutilgan farzandlar ham tasodifiy
Do'stlaringiz bilan baham: |