ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son
146
bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak” [2] kabi asarlari, jamiyatimiz taraqqiyotining
ma’naviy-ma’rifiy sohalariga oid metodologik asos bo’lib xizmat qiladi.
O’zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatidagi o’rni, mavqyei, ahamiyatini belgilovchi
ijtimoiy omillardan biri - ma’naviyatdir. Bu o’zbek davlatchiligining uch ming yillik tarixidagi taraqqiyot
tajribasida tasdiqlangan va shu sababli milliy mustaqillikning ilk yillaridayoq ma’naviy qadriyatlar
masalasi, ularni tiklash istiqlol davrining dolzarb eqtiyojiga aylandi.
Shu sababli maktabda olib boriluvchi ma’naviy-ma’rifiy ishlar mohiyatini to’la ochib berish uchun
«ma’naviyat» va «ma’rifat» tushunchalarining lug’aviy ma’nolarini tahlil etishni maqsadga muvofiq deb
hisobladik.
Ma’naviyt
so’zi arabcha «ma’nolar majmui» - kishilarining falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy,
axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmuini anglatadi. Insoniyat o’zining ko’p ming yillik
tarixida hayotiy tajriba to’plab, tabiat bilan hamkorlik qilib, jismlar, ularning xossalari, hayot, o’lim,
o’zining Vatan, millat, qarindosh-urug’lari oldidagi burchlari va boshqalar to’g’risida tasavvur, bilim,
tushunchalarni to’plab, yosh avlodlarga o’rgatib kelgan.
Ma’rifat
tushunchasi esa harakatni ifodalab, arabcha - «bilmoq» degan ma’noni beradi. Ta’lim -
tarbiya, iqtisodiy, siyosiy, falsafiy, diniy g’oyalar majmui asosida kishilarning ong - bilimini, madaniyatini
o’stirishga qaratilgan faoliyat «ma’rifat» so’zining lug’aviy mazmunini tashkil qiladi. Ma’rifat so’zi
tasavvuf ta’limotining markaziy tushunchalaridan biri. Ilmlarni zohiriy (tashqi) va botiniy (ichki)
bilimlarga bo’lgan so’fiylar ma’rifatni «ilmi botiniy» deb tushunishgan.
Turkistonda ibtidoiy maktablar, madrasa va qorixonalarni ma’rifat maskani deb bilishgan. Hozirgi
paytga kelib ma’rifat maskanlari va vositalarining shakl va turlari ko’paydi, ta’sirchanligi oshdi. Bunga
misol tariqasida maktab, kutubxona, teatr, kitob, gazeta va jurnallar, televideniye va radio,
videomahsulotlar, kompyuter, «Internet» tizimi va boshqalar ma’rifiy ishlarning keng tarmog’ini hosil
qilmoqda.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlarda har bir ijtimoiy qatlam xususiyatlarini inobatga olish, amaliylikni
kuchaytirish, ta’sirchanligini oshirish zaruriyatlarini alohida ta’kidlanganligi masalaning ijtimoiy-
pedagogik ahamiyatini yana bir bor oshiradi.
Sobiq sho’rolar davrida «ma’naviyat» tushunchasi o’zbek tili lug’atlariga ham kiritilmagan bo’lsa,
istiqlol davrida bu tushuncha tez ijtimoiylashdi.
«Ma’naviyat» tushunchasi «ma’naviy qadriyatlar», «shaxsning ma’naviy madaniyati»,
«o’quvchining ma’naviy madaniyati», «ma’naviy ehtiyoj», «ma’naviy qiziqish», «shaxsning ichki
ma’naviy dunyosi», «ma’naviy madaniyatni shakllantirish andazasi» kabi tushunchalarning mohiyati
pedagoglarimiz tomonidan o’rganila boshlandi. Bu tushunchalarning pedagogik mohiyati nazariy va amaliy
nuqtai nazardan asoslab berildi.
«Ma’naviyat» tushunchasi tobora rivojlantirilib, «Ma’naviyat asoslari» shaklida o’quv rejalariga
kiritila boshlandi. Va nihoyat «Ma’naviyat» O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Umumiy
o’rta ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida»gi 1999 yil 16 avgust qaroriga ko’ra umumiy o’rta
ta’limning I – IX sinflari uchun mo’ljallangan sohalardan biriga aylandi [3; 12].
Ma’naviyat ta’lim sohasi sifatida «Odobnoma», «Vatan tuyg’usi», «Milliy istiqlol g’oyasi va
ma’naviyat asoslari» kabi o’quv fanlari turkumini hosil qildi va I – I X sinflarda o’qitila boshlandi.
Umumta’lim maktablarida amalga oshirilayotgan ma’naviy- ma’rifiy ishlar ham ijtimoiy-siyosiy,
ham ijtimoiy-pedagogik jihatlarga ega. Masalaning ijtimoiy-siyosiy jihati respublikamizda keng amalga
oshirilayotgan O’zbekiston mustaqilligini mustaqkamlash, xalqning milliy tafakkurini rivojlantirish, buyuk
davlatni barpo etish, umuminsoniy va milliy qadriyatlar uyg’unligiga asoslangan fuqarolik jamiyatini
qurish va buning uchun ma’naviyat va ma’rifatni takomillashtirish zaruriyatidan kelib chiqadi. Bu jihat
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 1994 yil 23 aprel «Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat»
jamoatchilik markazini tashkil etish to’g’risida»gi Farmonida alohida ta’kidlangan. Demak, masalaning
ijtimoiy-pedagogik jihati ma’naviy-ma’rifiy siyosat va uning subyekti - «Ma’naviyat va ma’rifat»
markazlari ishi bilan funksional yaqinligida ko’rinadi. Muammoning pedagogik jihati ma’naviy-ma’rifiy
ishlar obyektining kattalar emas, davlat o’quv muassasalarida, aniq tartib, jadval asosida, muttasil,
rejalashtirilgan, standartlashtirilgan bilim berilayotgan turli yoshdagi o’quvchilar jamoasi ekanligida. Bu
xususiyat maktablar ma’naviy-ma’rifiy ishlar maqsadi, mazmuni, uslublari, vositalari va shakllarida aks
etadi. Shuningdek, bu jarayon mutaxassislar - pedagoglar tomonidan amalga oshirilmoqda. Keng ijtimoiy
pedagogik ma’nodagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar gerontopedagogik aholining turli toifalaridagi katta yoshli
kishilar tafakkuri, e’tiqodi, qarash va munosabatlarini boyitish, yangilash, eski tuzumdan qolgan zararli
mafkura asoratlaridan poklash kabi vazifalarga yo’naltiriladi.
Umumta’lim maktablarida esa, tarbiya obyekti aloqida xususiyatlarga ega. Ular – ijtimoiy
munosabatlarga endi kirishayotgan, tabiat, jamiyatga, Vatanga, tarixga, o’z-o’ziga munosabatlari to’liq
Do'stlaringiz bilan baham: |