Buxoro davlat universiteti utayeva feruza xolmamatovna



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/102
Sana25.05.2023
Hajmi2,15 Mb.
#943371
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   102
Bog'liq
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC

2.4. Sultonqal’a
Marv shahar xarobasini tashkil etgan qal’alardan biri. VIII asrdan 
boshlab Sultonqal’ada aholi gavjum yashagan. Abu Muslim 
hukmronligi davrida Majan kanali bo‘yiga ark, jome masjidi va asosiy 
bozorlar ko‘chirilishi oqibatida Sultonqal’a Marvning ma’muriy 
markazi sifatida shakllangan va IX-X asrlarda mustahkam shaharga 
aylangan. Sultonqal’a 2 qator devor bilan o‘rab olingan bo‘lib, devor 
ichining ma’muriy va jamoat binolari joylashgan joyida ark qurilgan.
Shaharning markazida jome masjidi va saljuqiylar saroyi bo‘lgan. 
Kosiblar, kulollarning mehnati qadrlangan. Sanjar hukmronligi 
davrining oxirida ko‘chmanchi o‘g‘uzlar poytaxtni ikki marta 
talontaroj qilgan va 1153-yil Sultoqqal’a birinchi marta inqirozga yuz 
tutgan. Sultonqal’a 1193-yilda Xorazmshohlar davlati tarkibida 
bo‘lgan, 1221-yilda mo‘gullar tomonidan zabt etilgan. Mo‘g‘ullar 


26 
Sultonband to‘gonini buzib tashlagan, natijada Marvning qayta 
tiklanishi ancha kechikkan. Sultonqal’a xarobasida XIII-XIV asrlarda 
yana aholi yashay boshlagan. Aholi shaharni qayta tiklab savdo-soyiq 
bilan shug‘ullana boshlaganlar. XIV-XV asrlarda Temuriylar 
hukmronligi davrida aholi Sultoqqal’adan janubga siljib, yangi shahar 
Abdullaxonqal’aga ko‘chirilgan. 
1786 - yil Shohmurod Marv hokimi Bayramalixon ustiga bir 
necha bor qo‘shin jo‘natgan. Birinchi hujum vaqtida Bayramalixon 
o‘ldirilib, shahar atrofi talontaroj qilingan. O‘zaro tuzilgan bitimga 
ko‘ra, Bayramalixonning o‘g‘illaridan Muhammad Karimxon Marv 
hokimi etib tayinlangan. Ammo u tezda hokimiyatdan chetlatilib
o‘rniga akasi Xoja Muhammad Husayn o‘tqazilgan. 1788 - yilda 
Shohmurod yana Marvga yurish qilib, shahar va uning atrofini suv 
bilan ta’minlaydigan Murg‘ob daryosidagi Sultonband to‘g‘onini (uni 
qo‘riqlab turgan qal’a boshlig‘ining xoinligi tufayli) egallab, uni 
buzdirib tashlagan. Marv suvsiz qolgan, biroq u taslim bo‘lmagan. 
Aholi o‘rtasida ochlik, qashshoqlik avjga chiqqan, natijada shahar 
bo‘ysunishga majbur bo‘lgan. Shohmurod Marvga 5 ming kishilik 
qo‘shin kiritib, ularni shahar aholisi uylariga joylashtirgan.
Marvning 15 ming (ayrim manbalarda 30 ming) aholisini Buxoro 
va Samarqand viloyatlariga ko‘chirtirib kelgan. Marvni boshqarish 
Shohmurodning ukalari Umarbiy va Fozilbiylarga topshirilgan. 
Sultonband to‘g‘oni qayta tiklangan. Murg‘obning quyi oqimida 
Islomobod qal’asi qurilgan. Biroq Marv yana Shohmurodga 
bo‘ysunishdan bosh tortgan. Shohmurod 1790-yil yana Marvga 
qo‘shin tortib kelgan, lekin shaharni qo‘lga kirita olmagach, 
Sultonband to‘g‘onini buzdirib tashlab, shahar va uning atrofini yana 
suvdan mahrum qilgan. Marv vohasi cho‘lu-biyobonga aylangan. 
Shahar aholisi Umarbiyga qarshi isyon ko‘tarib, shahar darvozasini 
Shohmurodga ochib bergan. Umarbiy ukasi Fozilbiy bilan 
Shahrisabzga qochgan. Marv hokimligi Shohmurodning o‘g‘li Din 
Nosirbiyga topshirilgan.
Bugungi kunda Marv YUNESKOning Jahon merosida Buyuk 
Ipak yo‘lidagi yaxshi saqlanib qolgan eski markaz sifatida qayd 
etilgan.

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish