Buxoro davlat universiteti utayeva feruza xolmamatovna


 JTAKEning Govurqal’a va Erk qal’adagi tadqiqotlari



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/102
Sana25.05.2023
Hajmi2,15 Mb.
#943371
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   102
Bog'liq
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC

2.2. JTAKEning Govurqal’a va Erk qal’adagi tadqiqotlari
JTAKE 

Janubiy 
Turkmaniston 
arxeologik 
kompleks 
ekspeditsiyasi 1945 -yil Turkmaniston FA Prezidiumi qoshida 
professor M,Ye.Masson boshchiligida tashkil qilingan. JTAKE 
boshchiligida Janubiy Turkmanistonda tosh davriga ta’luqli Jabal 
makoni, neolit davriga ta’luqli Joytun madaniyati, eneolit davriga 
ta’luqli Anov, Nomozgohtepa, jez davriga Oltintepa, va ilk temir 
davriga Yoztepa va ayniqsa Parfiya madaniyati bo‘yicha muhim 
tadqiqotlar olib borilishi natijasida dastlabki insonlar yashagan 
qishloqlar, shahar makonlari va ularning hayot tarzi o‘rganildi.
Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspedistichsi 
(JTAKE) va O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) “O‘rta 
Osiyo arxeologiya” kafedrasi ilmiy jamoasi 30 yildan ortiq davr 
mobaynida vohaning antik davri markazi bo‘lgan Govurqal’a va 
Erkqal’a yodgorliklarida keng ko‘lamdagi arxeologik qazishmalarni 
olib boradilar. Mazkur tadqiqot ishlarida kafedra arxeolog olimlaridan 


22 
M.E.Masson Z.I.Usmanova, M.I. Filanovich va boshqalarning 
xizmatlari katta. Mahalliy arxeologlardan D.Durdiev va qadimshunos 
arxeolog olim G.A. Kosholenkolar ham vohadagi boshqa bir 
arxeologik yodgorliklarni o‘rganishga o‘z hissalarini qo‘shishgan. 
Bu davrga oid manzilgoh va ko‘hna shaharlar me’morchiligi 
Janubiy 
Turkmanistonda nisbatan ko‘proq o‘rganilgan. Bu 
hududlardagi eng yirik ko‘hna shahar Marvdagi Govurqal’a 
hisoblanadi. Govurqala o‘lchamlarining yig‘indisi 7,5 km. ga teng. 
Ahamoniylar davrida Marvning markazi Govurqala shimoliy 
tomonining markazida joylashgan Erkqala istehkomi bo‘lgan. 
Mil.avv. I ming -yillik o‘rtalarida ushbu istehkom baland loy devor 
bilan o‘rab olinadi.
Erkqal’aning markazida yirik me’moriy inshootlar hukmdor 
saroyi va diniy majmua qad ko‘taradi. Istehkom xom g‘ishtdan 
bunyod etilgan mustahkam poydevor ustiga qurilib, yagona darvozasi 
shahar tomonga qaratilgan.
Arxeologik 
tadqiqotlar 
natijalariga 
ko‘ra, 
Ahamoniylar 
davridayoq “Marg‘iyona shahri” mavjud edi. Bu davrda Marv 
vohasidagi Erkqal’a maydoni 1800x500 metr bo‘lgan shahar tipidagi 
yodgorlik bo‘lgan. Govurqal’a hududlari ham aynan mana shu davrda 
o‘zlashtiriladi. 
Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, bu yodgorlik o‘sha davrdayoq 
shahar xususiyatiga ega bo‘lib, butun vohaning markazi edi. Davr 
oxirlariga kelib ko‘hna shahardagi hayotning faolligi kuchayadi. 
Govurqal’a ko‘hna shahri hududining shimoli-sharqiy va markaziy 
qismlaridagi 
madaniy 
qatlamlar 
jadallik 
bilan 
to‘lib 
boradi.Tadqiqotchilarning fikricha, aynan mana shu aholi punkti 
makedoniyalik 
Aleksandr 
yurishlari 
davrida 
yunon-makedon 
qo‘shinlari tomonidan egallanadi.
Kuriy Rufning ma’lumoticha, Aleksandr, “Ox va Oks daryosidan 
o‘tib Marg‘iyona shahriga keldi”, degan xabari aynan mana shu aholi 
punktiga taaluqli deb hisoblanadi. Arxeologik ma’lumotlar natijalariga 
ko‘ra, ushbu shaharning bo‘ysundirilishi tinchlik xususiyatiga ega 
bo‘lib, urbanizastiya jarayonlariga ta’sir etmagan. Aynan mana shu 
shahar qayta nomlanib Aleksandriya nomini olgan. Tadqiqotlar 
natijalaridan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, Aleksandr tomonidan asos 
solingan joylar - shaharlar yoki mustahkamlangan qal’alar bo‘lgan. 


23 
Marg‘iyonaning poytaxti Marv shahridagi ko‘pgina madaniy 
qatlamlar ham yunon-baqtriya davriga oiddir. Aleksandr Marv 
mudofaasini bir-biriga yaqin masofada joylashgan oltita chegara 
qal’alari bilan mustahkamlagan. Marvning mudofaa qudrati Selevka I 
va Antiox I davrida mustahkamlanadi. Aleksandrga o‘xshab, ular ham 
eski devorlarni mustahkamlaganlar, yangi mustahkam devorlar barpo 
etganlar va Marvni o‘z nomlari bilan nomlaganlar. 
Antiox I shaharni ham o‘z ichiga olgan butun Marv vohasini 
o‘zun devor bilan o‘ragan. Ahamoniylarning aynan qal’asi Erkqal’ami 
yoki 
Govurqal’ami, 
Aleksandrning nomi bilan nomlangani 
aniqlanmagan. Nima bo‘lganda ham, Selevka I va Antiox I davrlarda 
Marv vohasi to‘liq devor bilan o‘ralganligi aniq. Bu devorning 
qoldiqlari hozirgacha qisman saqlangan. Ta’kidlash joizki, o‘z vaqtida 
S.A.Vyazigin ham bu yerda juda katta mudofaa tizimi barpo etilganini 
ta’riflagan. 
 
Erkqal’aning 24 metr devorli qo‘rg‘oni Bog‘dod sultoni 
al-Mansurni hayratda qoldirgan 
Qadimiy Marvning qal’asi Erkqal’ada shoh saroyi, xizmatchilar 
xonalari va ma’muriy inshootlar joylashgan. G.A.Pugachenkovaning 
taxminlariga ko‘ra, O‘rta Osiyo antik davr shaharlarining qal’alari 
ma’muriy binolar markazlashgan joy bo‘lib bu yerda hukmdor 
huzuridagi 
xizmatkorlar, 
omborxonalar, 
garnizon 
inshootlari 
joylashgan.

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish