Buxoro davlat universiteti utayeva feruza xolmamatovna



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/102
Sana25.05.2023
Hajmi2,15 Mb.
#943371
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   102
Bog'liq
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC

Budrochtepa
qadimiy shahar. Surxondaryo viloyati Denov 
tumanida joylashgan. Maydoni salkam 120 ga. Unga Zaxartepa, 
Oqmozortepa va Dunyotepa deb nomlangan tepaliklar kiradi. 
Budrochtepa o‘rta asrlarda Chag‘oniyon deb atalib, podsho saroyi, 
shahriston va raboddan iborat bo‘lgan. Budrochtepa Afrosiyob 
devoriy rasmlaridagi sug‘dcha yozuvlarda “Chag‘oniyon”, arab 
manbalarida “Sag‘oniyon” deb atalgan. Ilk bor 1960 - yilda 
Budrochtepa O‘zbekiston san’atshunoslik ekspeditsiyasi tomonidan 
ochilgan, 1960 - yildan beri shu ekspeditsiya tomonidan tadqiqotlar 
olb boriladi. Arxeologik qazishmalardan ma’lum bo‘lishicha, 
Budrochtepa o‘z boshidan bir necha tarixiy davrlarni (bosqichlarni) 
kechirgan: 
Birinchi bosqich: miloddan avvalgi 1- asr milodiy 1- asrlarda 
Oqmozortepa va Dunyotepa o‘rinlarida kichkina qishloq barpo 
etilgan;
Ikkinchi bosqich: milodiy I-III asrlarda shahar hajmi 10 ga yetib, 
Oqmozortepa shoh saroyiga aylantirilib, 10 m qalinlikdagi mudofaa 
devori bilan o‘ralgan, Dunyotepa esa katta manzilgoh bo‘lgan; 
Uchinchi bosqich: milodiy III - V asrlar boshlarida shahar 
inqirozga yuz tutgan, mudofaa devorlari xarobaga aylangan;
To‘rtinchi bosqich: V - asr oxiri va VIII asr boshlarida shahar 
yana tiklandi va 3 qismdan: shoh saroyi, shahriston va raboddan 
tashkil topgan. Shahriston atrofidagi devorning uzunligi 3 kmga 
yetgan;
Beshinchi bosqich: VIII - IX asrlarda, arab istilosidan so‘ng 
shahar mavjud bo‘lib, uning hajmi bir oz kichik bo‘lgan; 
Oltinchi bosqich: X-XI asrlar birinchi yarmida shahar taraqqiy 
etgan. Shaharning umumiy maydoni 6 km
2
ga yetgan;
Yettinch bosqich: XI-XII asr o‘rtalarida shahar saljuqiylar sultoni 
Aln Arslon tomonidan zabt etilgan. Ashyoviy dalillar shu paytda 
Dunyotepada hayot to‘xtaganligini va shahristonning ham mavqei 
pasayganligini ko‘rsatdi;


36 
Sakkizinchi bosqich: XII asr o‘rtasi XIII asr boshlarida shahar 
yana tiklangan;
To‘qqizinchi bosqich: XIII asr boshida shahar mo‘g‘ul 
istilochilari tomonidan vayron qilinib XV asr boshlarida esa 
shahristonda hayot tamomila to‘xtagan, Dunyotepada hayot qisman 
kechgan, Oqmozortepa esa pishiq g‘ishtlar bilan tiklangan qabristonga 
aylantirilgan. Shahar o‘rni raboddan sharqda - G‘ishli degan joyda 
paydo bo‘lgan, u yerda madaniy qatlam 4 - 5 m ni tashkil qiladi;
O‘ninchi bosqich: XVI asr boshlarida shayboniylar tomonidan 
shahar batamom vayron qilingan. Chag‘oniyon poytaxti endi 
Budrochtepadan 10 kmcha uzoqlikda joylashgan “Deh-i-nav”ga, 
hozirgi Denovga ko‘chgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida har bir 
davr uchun kerakli ashyoviy dalillar topilgan. Ular orasida sopol idish-
tovoqdar, haykalchalar, Kushon podsholarining mis tangalari va 
so‘nggi davrdagi kumush va jez tangalari, toshdan va qimmatbaho 
ashyolardan tayyorlangan taqinchoqlar, shisha idishlar, temir va 
jezdan tayyorlangan qurol-aslahalar va uy-ro‘zg‘or buyumlari ko‘plab 
topilgan.

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish