30
6. Ўзбек совет энциклопедияси “Ўзбекистон Давлат
энциклопедияси Бош
Редакцияси”. Тошкент, 1971.
Internet resurslar:
1. www.ziyonet.uz
2. www.history.ru
3-Mavzu: Amudaryo va Surxondaryo vohasi shaharlari
urbanizatsiyasi
Reja:
3.1. Qadimgi davr shaharlarini tiplarga bo‘lish shaharni
joylashish o‘rni va turi
3.2. Chag‘oniyon, Budrochtepa qadimiy shahar
3.3. O‘zbek xalqining qadimiy tarixi va madaniyatidan guvohlik
beruvchi ko‘hna shahlar
3.4. Termiz shahri manbalarda
3.5. Termiz shahri ilk va o‘rta asrlar davrida
3.6. Amir Temur va temuriylar davrida
Termiz shahri
Tayanch so‘z va iboralar:
Chag‘oniyon, Yunon - Baqtriya,
kushonlar davri madaniyati, mudofaa istehkomlari, Xolchayondagi
tangalar, Budrochtepa, Termiz,
Jayhun daryosi, Temiz Arxeologik
Kompleks Ekspeditsiyasi
3.1. Qadimgi davr shaharlarini tiplarga bo‘lish shaharni
joylashish
o‘rni
va
turi
Termiz shahri haqida ma’lumotlar va qadimgi davr shaharlarini
tiplarga bo‘lish shaharni joylashish o‘rni va turini aniqlashda
arxeologik ma’lumotlarning o‘rni muhim. Termiz shahri va atrofining
tarixiy davrlarini belgilash hamda arxeologik materiallar to‘plash
maqsadida O‘rta Osiyoda birinchi marta tashkil etilgan ilmiy
ekspedistiya Temiz Arxeologik Kompleks Ekspeditsiyasi (TAKE), 1936-
1938-yillarda o‘z faoliyatini boshlagan. Ilmiy tadqiqot ishlariga
M.E.Masson
rahbarlik qilgan. Ekspeditsiyaga O‘zbekiston
qadimgi
va san’at yodgorliklarini muhofaza qilish qo‘mitasi (Uzkomstaris),
Leningrad davlat ermitaji, Moskva dinga qarshi kurash Markaziy
muzeyi, Samarqand va Termiz tarix muzeylari xodimlaridan iborat bir
necha guruh tuzilgan. A.P.Okladniko
v
rahbarligidagi guruh Teshiktosh
31
g‘oridan
muste davriga oid bolaning skeleti qoldiqlarini topib, dunyo
ahamiyatiga molik kashfiyot qildi. Termiz shahrining tarixiy
topografiyasi tuzildi. Chingiztepa va Qoratepa qadimgi budda
ibodatxonasi ochilib, antik davr frizlari topildi; Ayritom xarobasida
arxeologik tadqiqotlar olib borildi.
Termizshohlar saroyining
xarobalarini o‘rganish ishlari keng
yo‘lga qo‘yildi. Termiz va uning atrof rayonlarining sug‘orish
tarixi bilan bog‘liq holda o‘rta asr me’moriy
yodgorliklari ham
o‘rganildi. Miloddan avvalgi 1-asr va milodning 1-asrga oid sopol
buyumlarning kompleks san’at namunalari topildi va Kushon
podsholigi
tarixini
o‘rganishga
jiddiy
qadam
qo‘yildi.
O‘zbekistonda birinchi marta tosh idishga bitilgan kxaroshti hind
yozuvining namunasi topildi. Bu arxeologik topilmalar, asosan, O‘rta
Osiyoda quldorlik jamiyatining paydo bo‘lish, rivoji va
tushkunlikka yuz tutish davrlarini belgilab berishda katta rol o‘ynadi.
Umuman ekspeditsiyaning faoliyati Termiz va uning atrof
rayonlarini o‘rganish bilan cheklanibgina qolmay,balki O‘rta
Osiyo
tarixini arxeologik jihatdan tadqiq etish hamda davrlashtirishda
ilmiy ahamiyatga ega bo‘ldi.
1970 -yillarda Shimoli-g‘arbiy Baqtriya yodgorliklari, shu
jumladan Kushon davri yodgorliklarini o‘rganish natijalariga asosan
E. V. Rtveladze ularni ilk bor turlarga ajratdi:
- Birinchi guruh. Yirik shaharlar, eng qadimgi shaharlarga to‘g‘ri
keladi
- Ikkinchi guruh. Yarim shahar, yarim qishloq tipidagi
yodgorliklar
- Uchinchi guruh. Qishloq tipidagi yodgorliklar
- To‘rtinchi guruh. Tog‘li
qishloqlar
- Birinchi tip: arki-a’loli katta maydonni egallagan, mudofaa
istehkomi bilan mustahkamlangan shaharlar (Eski Termiz)
- Ikkinchi tip: Ko‘plab qishloq va boshqa turdagi inshootlarni
o‘ziga qamrab olgan arki-aloli va maydoni yagona mudofaa
istehkomlari bilan o‘rab olinmagan shaharlar
- Uchinchi tip ikki shakldan iborat:
- Birinchi shakli - o‘rta kattalikdagi shaharlar, arki-a’loli, tarhi
to‘g‘riburchak yoki to‘rtburchak shakldagi
mudofaa istehkomlari va
xandak-g‘ov bilan o‘rab olingan shaharlar. Umumiy maydoni 10
32
gektardan 30 gektargacha. Bularga Dalvarzintepa, Zartepa kabi
shaharlar kiradi.
- Ikkinchi shakli - umumiy maydoni 5 gektardan 10 gektargacha,
shaharning bir burchagida yoki undan alohida joylashgan arki-aloli,
ularning tarhi to‘g‘ri burchak yoki ko‘p burchakli ko‘rinishda bo‘lib,
mustahkam mudofaa inshootlari bilan muhofazalangan. Mudofaa
devorlari burjlar bilan mustahkamlangan. Bularga Hayitobodtepa,
Jondavlattepa, Beshkapa, Degriztepa kabilar kiradi.
- To‘rtinchi tip: Umumiy maydoni 1 gektardan 3 gektargacha
bo‘lgan shaharlar. Bular tarhi ko‘pincha to‘g‘ri to‘rtburchak yoki
o‘g‘riburchak shaklida bo‘lib, arki - a’lo ularning ma’lum burchagida
joylashgan. Burjlar bilan muhofazalangan istehkomlari bilan o‘rab
olingan. Asosiy qismdan tashqarida tashqi
shahar singari inshootlar
mavjud. Bu turdagi inshootlar Shimoli-g‘arbiy Baqtriya hududida juda
keng tarqalgan. Bularga Oqtepa, Ismoiltepa, Karvontushdi, Bobotepa,
Hayrabodtepa kabilar kiradi.
Yarim shahar yarim qishloq turkumidagi yodgorliklar: bu turdagi
inshootlar o‘zining tuzilishi, xususiyatlari bilan birinchi va uchinchi
turdagi inshootlarga o‘xshamaydi. Bularning arki-a’losi va mudofaa
istehkomlari yo‘q. Bularning umumiy maydoni bir necha gektar,
ba’zida 10 gektardan ko‘proq maydonni tashkil etadi. Bu turdagi
inshootlarga Xotinrabod, Kultepa, Oqtepa va Ayritomlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: