20
7. Eshov B. Sivilizatsiya tizimida ilk shaharlar. - T, 2004
8. Эшов Б Қадимги Ўрта Осиё шаҳарлари тарихи Тошкент:
Фан, 2006
9. O‘zbekiston Miliy Ensiklopediyasi.T .8.T. O‘z.M.E
nashriyoti. 2006
2-mavzu: Janubiy Turkmaniston shaharlari urbanizatsiyasi
Reja:
2.1. Marv - Orta Osiyoning eng qadimgi shahri
2.2. JTAKEning Govurqal’a va Erkqal’adagi
tadqiqotlari
2.3. XI-XIII asrlarda Marvning ravnaqi
2.4. Sultonqal’a
Tayanch so‘z va iboralar:
Marv, Erk qal’a, Govurqal’a,
Xorazmshohlar, Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks
ekspeditsiyasi, Marg‘iyona, Sultonqal’a, Oltintepa, Yoztepa, Sulton
Sanjar maqbarasi, Yoqut Hamaviy
2.1. Marv - Orta Osiyoning eng qadimgi shahri
Marv O‘rta Osiyoning eng qadimgi shaharlaridan biri. Marv
Avestoda Mouru deb tilga olingan. Marvning qoldiqlari 5 qal’a
xarobalaridan iborat. Quyidagilar: Erkqal’a, Govurqal’a
,
Sulton qal’a,
Abdullaxon qal’a, Bayramalixon qal’a. Marv haqidagi ma’lumotlarni
dastlab arxeologik ma’lumotlarga e’tibor qaratamiz. Dastlab, XIX
asrning 80-yillaridan V.A.Jukovskiy, 1946--yildan M.E.Masson
rahbarligidagi
Janubiy
Turkmaniston
arxeologik
kompleks
ekspedistiyasi,
keyingi - yillarda Ashxobod, Toshkent, Moskva va
Sankt-Peterburgdan kelgan arxeologlar guruhi qazishma ishlarini olib
borgan. Maydoni 12 ga bo‘lgan Marvning
eng qadimgi qismi Erk
qal’a miloddan avvalgi 1-ming -yillikning 1-choragidan mavjud
bo‘lgan. Marvning ravnaq topgan davri Parfiya va ilk sosoniylar
miloddan avvalgi II milodiy III asrga to‘g‘ri keladi. Bu davrda Marv
Govurqal’a va Erk qal’a hududlaridan iborat bo‘lib, Erk qal’a
Marvning arkiga aylangan. Shahar va uning atrofi (60 km
2
)
mudofaa
devori bilan o‘rab olingan.
Metallga ishlov beradigan texnika po‘lat ishlab chiqarish
texnologiyasi birinchi bo‘lib Axsikent, Pop, Marvda paydo bo‘lgan,
keyin Damashqqa, so‘ngra esa, g‘arbga yetib borgan. Yunon tarixchisi
21
Plutarx tomonidan I asrda shu qadar maqtalgan toblangan po‘lat ishlab
chiqariladigan haqiqiy sanoat ustaxonalari Marvda bo‘lgan.
Yahudiy
hunarmandlari Misrdan Marvga shishadamgarlik texnologiyalarini
olib kelganlar.
Milodiy III asrdan Marv Sosoniylar davlati
tarkibiga kirgan, VII
asrda esa arablar tomonidan bosib olingan. VIII asr o‘rtasida Marv
Abu Muslim harakati markazi bo‘lgan. IX asrda Marvda ilm-fan
ravnaq topdi, u arab xalifaligining
Xuroson va Movarounnahr
noibligining poytaxti rolini o‘ynadi. Ma’mun ibn Horun ar-Rashid
davrida Marvda Bag‘dod akademiyasining asosini tashkil etgan
marvaziylar maktabi tarkib topdi. O‘rta
asrdagi Marvning ravnaq
topgan davri XI-XII asrning 1- yarmiga to‘gri keldi. Bu davrda u
buyuk Saljuqiylar davlatining poytaxti Sulton qal’a bo‘lgan. Hozir
Sulton qal’a xarobasida Sulton Sanjar maqbarasi joylashgan.
XII asr oxiri XIII asr boshida Marv
Xorazmshohlar davlatining
yirik markazi bo‘lgan. 1222 -yilda shahar mo‘g‘ullar tomonidan
vayron qilingan. XII asr o‘rtasi XIII asrda shaharning rabod qismi
tiklangan.
XV asr boshida Shohrux
davrida qisqa muddat ravnaq
topgan. Marvdan o‘rta asrlarda ko‘plab olimu fuzalolar etishib
chiqqan. 1510 - 1524 va 1601 - 1747 -yillarda Marv forslar qo‘lida
bo‘lgan. Marv urushlar
tufayli inqirozga yuz tutgan.1790 -yil shahar
markazi Marvdan 30 km g‘arbga Mari shahriga ko‘chgan.
Do'stlaringiz bilan baham: