Bog'liq navoiy xamsatul mutahayyirin lotin ziyouz com (1)
www.ziyouz.com kutubxonasi
32
tavonad shud, vassalom»
128
.
UChINChI MAQOLAT Kutub va rasoil bobidakim, alarning musannafotidur va mazkur bo‘lg‘on musannafotning te’dodi
budurkim:
«Shavohid un-nubuvvat»
129
;
«Nafahot ul-uns»;
«Naqd un-nusus»
130
;
Naqshbandiya xojalari tariqida bitilgan risola;
«Ashi’at ul-lamoat»
131
;
yana: «Fusus»
132
sharhida bitilgan risola;
yana: Hazrati Mavlonoyi Rumiy «Masnaviy» sidin ikki baytig‘a sharh bitilgan risola;
yana: «Lavome’»
133
;
yana: «Lavoeh»
134
;
yana: Ibn Forizning «Toiya»
135
ab’yotidin ba’ziga sharh bitilgan risola;
yana: Ruboniyot sharhi
136
;
yana: Amir Xusrav Dehlaviy baytig‘a sharh bitilgan risola;
yana: Ibn Zarrin ul-Uqayliy
137
hadisig‘a sharh bitilgan risola;
yana: Hazrati Xoja Muhammad Porso
138
so‘zlarin jam’ qilg‘on risola;
128
Xatning mazmuni:
R u b o i y:
Ko‘ngil vasling davlat tug‘ini ko‘targanda,
Jon ham o‘z xayolini shunga yo‘lladi.
Har qaysisi shu murodga yetdim deganda,
Falak nomurodlarni murodiga yetkazmadi.
Arzimiz shuki, tole’ yulduzi agarchi iqbol matla’idan porlasa ham, ammo nima foydaki, hasadchi falak gardishidan sharaf
burjiga yetmay qaytib ketdi.
Yo‘lga chiqib, xizmatkorlik davlati belbog‘ini bog‘lagan va xizmatda hozir bo‘lgan davlatmandlar qatoriga kirmoqchi bo‘lgan
yoronlar mahrumlik ko‘zini oyoq kaflariga surkab, o‘rda tomonga qaytdilar (arabcha: U Ollohning fazli-marhamatidir, uni istagan
kishisiga beradi).
Garchi quyosh uzun kunlarimda porlab tursa-da,
Meni Iso nafasliga yetkurmadi.
Agar nurli xotirni shunga qaratsalar va oliy himmatni shunga tashlamasalarki, qutlug‘ qo‘shin bayrog‘i shahar tomon mayl
qilsalar va kundan-kunga ortib boruvchi davlat arkoni bilan birgalikda yurish qilsalar, shoyadki, azizlar tufayli bu ko‘z yoshi
to‘kuvchi kamtarin ham o‘sha saodat va iqbolga, ya’ni visol davlati sharafiga musharraf va [undan] bahramand bo‘la olsam. Tamom.
129
«Shavohid un-nubuvvat» (Payg‘ambarlik shohidlari) – bu asarda Jomiy payg‘ambarlar hayotiga oid ma’lumotlar va
rivoyatlarni keltiradi.
130
«Naqd un-nusus» (Hujjatlar sarasi) – 1458 – 59 y. da yozilgan bu asarida Jomiy tasavvufga oid Ibn al-Arabiy nomi bilan
mashhur bo‘lgan Muhyiddin Arabiy (1165 – 1240)ning falsafiy asarlariga sharhlar beradi.
131
«Ashi’at ul-lamaot» (Porloq shu’lalar) – buyuk sufiy shoiri Faxruddin Iroqiy Hamadoniy (1217 – 1289)ning «Lamaot»
asariga falsafiy va adabiy sharhlardan iborat.
132
«Fusus» – Jomiyning bu asari «Naqshi Fusus» deb ham yuritiladi, Ibn al-Arabiy falsafasining mohiyatini belgilab beruvchi
1229 y. Damashqda yozilgan «Fusus ul-hikam» (Hikmatlarning naqshin qimmatbaho toshi) nomli asariga bitilgan sharhlardan iborat.
133
«Lavome’» (Yaltiroqliklar) – «Lavome’ fi sharh al-Xamriya». 1470 – 71 y. da yaratilgan Jomiyning bu asari arab tasavvuf
shoiri Ibn al-Foriz nomi bilan tanilgan Sharafuddin Umar ibn Ali al-Misrin as-Sa’diyning (1181 – 1234 – 35) mashhur «May
qasidasiga sharhlardir.
134
«Lavoeh» (Ravshanliklar) – tasavvuf qoidalari sharhiga ba-
g‘ishlangan.
135
Toiya risolasi Ibn al-Forizning «t» harfi bilan tugallanadigan qofiyali baytlariga sharhlardan iborat.
136
Ruboiyot sharhi – Jomiy bu asarida o‘zining qarashlarini talqin qiluvchi ruboiylarini yig‘ib, ularning har biridagi
timsollarning falsafiy mohiyatini ochib beradi.
137
Ibn Zarrin ul-Uqayliy – bu olim haqida ma’lumot topa olmadik.
138
Bu asar tasavvuf nazariyotchilaridan Xoja Porso laqabi bilan mashhur bo‘lgan Shamsiddin Muhammad ibn Muhammad ibn
Mahmud al-Hofiz al-Buxoriy (vafoti 1414y.)ning hikmatli so‘zlari majmuasi.