Axborot iste’moli madaniyati va uni rivojlantirish yo‘llari bobning qisqacha mazmuni



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/26
Sana17.05.2023
Hajmi1,03 Mb.
#939530
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
3-4-гуруҳ




AXBOROT ISTE’MOLI MADANIYATI
VA UNI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI
 
Bobning qisqacha mazmuni:
axborot iste’moli madaniyatini 
shakllantirishda – ma’naviy tarbiyaning o‘rni; shaxs axborot iste’moli 
madaniyatiga ommaviy axborot vositalarining ta’siri; ota-onalar 
virtual axborot madaniyati; axborot xurujlariga qarshi munosabat – 
g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish. 
Tayanch 
iboralar:
aksiologik 
yondoshuv, 
ma’naviy 
shakllanishning psixologik modeli, “Uzluksiz ma’naviy tarbiya 
konsepsiyasi”, ma’naviy-axloqiy tamoyillar, «Fazilatli avlod» dasturi, 
«Besh muhim tashabbus»,
 
5.1.-§. Axborot iste’moli madaniyatini shakllantirishda – 
ma’naviy tarbiyaning o‘rni
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev raisligida 
2021 yil 19 yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan 
takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining 
hamkorligini 
kuchaytirish 
masalalari 
bo‘yicha 
o‘tkazilgan 
videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari: “Agar jamiyat hayotining 
tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir. Biz yangi 
O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam 
ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli 
iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy 
qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat” ekanligini alohida 
ta’kidlab o‘tdi. 
“Ma’naviyat” tushunchasini tavsiflashga doir xilma-xil talqinlar 
mavjud bo‘lib, “Ma’naviyat: asosiy tushunchalar” izohli lug‘atida: 
“Ma’naviyat (arab. ma’no, ma’nolar majmuasi) – moddiy hayot bilan 
doimo yonma-yon yuradigan, inson, xalq va jamiyat hayotining 
ajralmas qismi bo‘lgan ijtimoiy hodisa” tarzida umumlashgan ta’rif 
berilgan. Cietl universitetining ta’lim bo‘yicha direktori, ma’naviyat 
kafedrasi dotsenti Valeri Lesnyakning ta’kidlashicha: “Ma’naviyat 
haqiqatni anglash, ko‘pmadaniyatli istiqbollar va mustahkam e’tiqod 
kabi jarayonlar bilan bog‘liq hodisadir”. SHuningdek, xorijlik 
olimlardan K.R.Anderson, R.D.Riz, M.J.Entoni, N.Olt, P.Xovard kabilar 
tomonidan ma’naviy mentorlik, bolalarning ma’naviy shakllanishi 
istiqbollari, butun hayot davomida ma’naviy yuksalish, ma’naviy 



shakllanishning psixologik modeli bilan bog‘liqlikda “ma’naviyat” 
tushunchasiga izoh berib o‘tilgan. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2019 
yil
3 maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-4307-son qarori ijrosini 
ta’minlash, shuningdek, yoshlarni mustaqil hayotga dunyoqarashi 
keng, faol fuqarolar etib tarbiyalash maqsadida Vazirlar 
Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya 
konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi 1059-son qarori qabul qilindi. Unda jumladan shunday 
deyiladi:
O‘zbekiston “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” tamoyili 
asosida taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. YAngi davr 
shiddati ta’lim-tarbiya tizimiga ham o‘zining aniq, qat’iy talablarini 
qo‘ymoqda. 
Ushbu talablar doirasida ta’lim sifatini oshirishning zamonaviy 
texnologiyalari joriy qilinmoqda. 
Tarbiya va ta’limni bir-biridan alohida ajratib bo‘lmaydi, bu ikki 
jarayon o‘zaro uyg‘un, uzluksiz asosda tashkil etilgandagina odobli, 
axloqiy fazilatlarga ega, yuksak ma’naviyatli, shu bilan birga bilimdon, 
zukko, ruhan va jismonan sog‘lom, keng dunyoqarash va tafakkurga 
ega, zamonaviy kasb-hunar egasi bo‘lgan vatanparvar yoshlarni 
etishtirib beradi.
O‘zbekistonda yoshlar tarbiyasini zamonaviy asosda ilmiy-
texnologik isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlar uni bugungi 
kun ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan tayanch 
kompetensiyalar, fazilatlar asosida shakllantirishni talab etmoqda. 
Tarbiyaga yangicha, tizimli yondashuv, bolada tayanch fazilatlarni 
kafolatli shakllantirishda oila, maktabgacha ta’lim, umumiy ta’lim, 
o‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari, mahallalarning 
ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlarini to‘liq yuzaga chiqarishni va ular 
orasida ilmiy-metodik uzviylikni yangi darajaga ko‘tarishni taqozo 
etadi.
Vatanga sadoqat, burch va mas’uliyat, tashabbuskorlik va boshqa 
fazilatlar yoshlar ongida nazariy tushunchalar sifatida qolib ketgani 
holda uning tabiatida amaliy odatlarga aylanmayapti. Buning 
oqibatida ularning ushbu fazilatlar haqidagi so‘zlari bilan amallari 
orasida tafovut namoyon bo‘lmoqda, bu esa har yili mustaqil hayotga 
kirib kelayotgan yigit-qizlarning hayotda o‘z o‘rinlarini topishlarida 
bir qator muammolarni yuzaga keltirmoqda. 



Ayrim 
o‘quvchi-yoshlarda 
yuksak 
maqsadlarning 
shakllanmaganligi, o‘zini o‘zi o‘qishga safarbar qilish, iroda, matonat, 
tirishqoqlik, harakat fazilatlari etarli rivojlanmaganligi ta’lim sifatiga 
ham zarar ko‘rsatmoqda.
Ma’naviy tarbiya sohasida o‘qituvchilarning faoliyatini metodik 
ta’minlovchi o‘quv materiallari, shu jumladan, ma’naviy tarbiya 
sohasiga oid metodik qo‘llanmalar, o‘quvchilar uchun zarur darsliklar 
etarli emas. 
SHu munosabat bilan “Uzluksiz ma’naviy tarbiya” konsepsiyasini 
(keyingi o‘rinlarda Konsepsiya deb ataladi) muvaffaqiyatli amalga 
oshirish orqali ma’naviy tarbiya tizimini yanada rivojlantirish alohida 
ahamiyat kasb etadi deb ta’kidlangan. 

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish