O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta'lim vazirligi


Iqtisodiy tafakkur va amaliyot



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/185
Sana30.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#93353
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   185
Bog'liq
iqtisodiy tarbiya nazariyasi

2. Iqtisodiy tafakkur va amaliyot 
 
Bozor  iqtisodiyotiga  о‗tish  tufayli  о‗tkazilgan  iqtisodiy  islohotlar  va  hozirgi  bosqichda 
ularni  yanada  chuqurlashtirish  shaxsni  har  tomonlama  kamolotga  yetkazishga,  turmush 
farovonligini kо‗tarishga qaratilgan. 
Inson  muayyan  maqsad  sari  intilar  ekan,  uning  faoliyati  zaminida  о‗z  oilasining  moddiy 
sharoiti va manfaatlari ustuvor ahamiyatga ega bо‗ladi. 
Inson hayotida iqtisodiy faoliyat,  uning natijasida  yaratilgan ne‘matlar asosiy о‗rin tutadi. 
Ana  shu  ne‘matlarni  qay  tarzda  qanday  xarajatlar  bilan  yaratilishida  iqtisodiy  bilimlar  muhim 
о‗rin tutadi. 
Iqtisodiy  tafakkurning  kuchi  -  uni  amaliyot  hayot  bilan  bog‗liqligida.  Abstraktlik  bilan 
aniqlik, nazariya bilan amaliyot birligi, iqtisodiy reallikni bilish va uni anglab yetish tafakkurning 
zaruriy, asosiy shartidir. 
Hozirgi  taraqqiyot  darajasida  iqtisodiy  fanlarsiz,  ularni  chuqur  о‗rganmay,  uzoqqa  borib 
bо‗lmaydi.  Bozor  iqtisodiyotida  xо‗jalik  yuritish  uchun  har  tomonlama  puxta  о‗ylash,  lekin 
doimo amaliyot bilan bog‗lanishi zarur. 
Insonlarda  yangicha  iqtisodiy  tafakkurni  yuqori  darajada  bо‗lishi  uchun  iqtisodiy  fanlar 
rivojlanishi hamda iqtisodiy fikr yurita bilish zarur. 
Iqtisodiy tarbiya ta‘lim jarayonini ajralmas tarkibiy qismi sifatida uni tо‗ldirishi va amaliy 
kо‗nikmalar bilan boyitishi lozim.
 48
 
Bozor iqtisodiyotining ichki о‗ziga xos ilg‗or xususiyati bu barchaga, har bir kishiga teng 
iqtisodiy erkinliklarni berish, ularni mustaqil faoliyat kо‗rsatishi, farovon hayot kechirish, о‗zi va 
davlat  manfaatlarini  rо‗yobga  chiqarish  uchun  qulay  imkoniyatlar,  har  qanday  faoliyatning 
huquqiy, adolatli negizini yaratishdir. Buning uchun: a) mamlakatimizning har bir fuqarosida ana 
shunday imkoniyatlardan foydalana oladigan iqtisodiy fikrlash qobiliyatini tarbiyalash lozim; b) 
iqtisodiy  bilimlar  iqtisodiyotimizni  rivojlantirishning  kuchli  omiliga  aylanayotganini  hisobga 
olib, iqtisodiy fanlarni chuqur о‗rganishni yо‗lga qо‗yish lozim. 
                                                 
48
 Jо‗rayev T. Yangicha iqtisodiy tafakkur // О‗zbekiston ovozi, 2004 yil 21 dekabr, 2-bet. 


Iqtisodiy tafakkurni izchil rivojlanishi nazariya va amaliyotning uzviy bog‗liqligidan kelib 
chiqadi. Aynan iqtisodiy nazariya va iqtisodiy siyosatning uzviy bog‗liqligiga erishish iqtisodiy 
madaniyat yuksalishiga ijobiy ta‘sir qiladi. 
Iqtisodiy  manfaatdorlikni  adolatli  hal  etish,  jamiyatni  haddan  tashqari  tabaqalanishini 
kuchayishiga yо‗l qо‗ymaslik muhim rol о‗ynaydi. 
Milliy  iqtisodiy  tafakkurni  mustaqillik  yillarida  rivojlanishi  xususiy  mulkchilikni  e‘tirof 
etish,  milliy  iqtisodiyot  tarmoklarida  tub  tarkibiy  о‗zgarishlarni  ta‘minlash,  kichik  biznes  va 
xususiy tadbirkorlar salmog‗ini oshirish bilan bir qatorda mutaxassis kadrlarni xalqaro miqyosda 
raqobatbardoshlikka qodir bо‗lgan bilimlarni о‗zlashtirishini talab etadi. 
Hozirgi  kunda  iqtisodiyotning  talabi:  har  bir  kishi  о‗z  bilimlaridan  foydalana  olishi, 
yangicha dunyoqarashga ega bо‗lishi va iqtisodiy masalalarga tо‗g‗ri yechim topa olishi kerak. 
Bunga  kо‗p  jihatdan  dars  jarayonida  iqtisodiy  tafakkurni  rivojlantiradigan  metodlarni 
qо‗llashga ahamiyat berish orqali erishish mumkin. 
Tafakkurni  rivojlantirish  о‗z  navbatida  ongni  ham  rivojlantirish  omilidir.  Tafakkur  va 
ongning о‗zaro munosabatida tafakkur faol bо‗lib, iqtisodiy ongni qayta yо‗naltirish uchun yangi 
tafakkur  tarkib  topishini  rag‗batlantirish  va  rivojlantirish  lozim.  U  yoki  bu  qarashlar  jamiyatda 
keng  tarqalishi,  biroq  faqat  bilimlar  darajasida  qolishi,  e‘tiqodga  aylanmasligi,  amaliyotda  keng 
qо‗llanmasligi mumkin. 
Mutaxassislar  tafakkurni  «tanballigi»ni  inson  zaifligining  eng  kо‗p  tarqalgan  sohalaridan 
biri deyishadi. Buning ma‘nosi shuki boshqalarnini fikriga tayanib, xulosalar qilish hamma vaqt 
oson,  mustaqil  fikrlash  esa  qiyin  kechadi.  Kо‗pincha  odamlarning,  jumladan,  rahbarlarning 
hamon  yuqori  tashkilotlardan  kо‗rsatmalar  kutib,  shaxsiy  tashabbus  kо‗rsatmayotganini  boisini 
shu bilan izohlash mumkin. 
 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish