Iqtisodiy tafakkur tarkibi: muammoni anglash; uni kelib chiqish sababini aniqlash; hisob-
kitob qilish; uning yechimini qidirish va yechimining muqobil variantlarini topish; topilgan
yechimlardan eng optimalini tanlash; uni tekshirish va tahlil etish kabilardan iborat.
Iqtisodchi pedagog aynan ana shunday fikrlashni yoshlarda shakllantirishga e‘tibor berishi
lozim.
Iqtisodchi pedagogning faoliyati uning kasbiy tafakkurini xususiyatlarini aks ettiradi. Har
qanday pedagogik jarayon ijodiy bо‗lib, ma‘lumki ijodiy jarayonda tafakkur yetakchi rol
о‗ynaydi, boshqacha aytganda tafakkur ijodiy faoliyatning asosidir. Shuning uchun bо‗lajak
iqtisodchi pedagoglarning kasbiy tayyorgarligida tafakkurni shakllantirishga ijodiy yondashish
katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |