O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta'lim vazirligi


Bozor iqtisodiyotiga о„tish jarayonida ma‟naviy barkamol avlod tarbiyasi



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/185
Sana30.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#93353
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   185
Bog'liq
iqtisodiy tarbiya nazariyasi

3.Bozor iqtisodiyotiga о„tish jarayonida ma‟naviy barkamol avlod tarbiyasi 
 
Mamlakatimiz ham mustaqillikni qо‗lga kiritmagan, bozor iqtisodiyotiga о‗tmagan davrda 
boshqa  tizim  hukmronlik  qilgan.  Bu  tizim  «rivojlangan  sotsializm»  deb  atalib,  iqtisodiy 
munosabatlar,  jahon  mamlakatlari  bilan  о‗zaro  iqtisodiy  aloqalar  ham  shu  tizimga  xos  bо‗lib, 
iqtisodiy  rivojlanish  yо‗li  markazlashgan,  qatiy  rejalashtirilgan,  iyerarxik  tarzdagi 
buyruqbozlikka asoslangan edi. 
Eskicha  yashash  tamoyillariga  ham  mafkuraviy,  ham  amaliy  jihatdan  kо‗nikib  qolgan 
kishilarimiz  dastlabki  paytlarda  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  yashashga  tayyor  emas  edi. 
Markazlashgan rejali iqtisod odamlarni boqimanda, yuqoridan beriladigan buyruqni kutish va uni 
bajarishga odatlantirgan edi. Shuning uchun ham boqimandalikka mutlaqo о‗xshamaydigan, har 
bir kishidan mustaqil fikr yuritib, qaror qabul qilishga, tashabbusga asoslangan yangicha iqtisodiy 
tafakkurni qaror topishini talab qiladigan bozor iqtisodiyotiga о‗tishning va mustaqilligimizning 
dastlabki yillari anchayin qiyin kechdi. 
Umuman  olganda,  odamlarni  yangicha  iqtisodiy-siyosiy  tizimga  tayyorlash  –  unga 
moslashishlik  vazifasi  nihoyatda  murakkab  ziddiyatli  jarayon,  uzoq  vaqtni  talab  qiladi  va 
jamiyatning hamma sohalari: iqtisod, siyosat, mafkura, ma‘naviyat, madaniyat, ta‘lim-tarbiya va 
boshqalarni qamrab oladi. 
Bozor  sharoitida  insonga  tashabbuskorlik,  tadbirkorlik,  noaniqlik  va  о‗zgarib  turuvchi 
vaziyatlarga  moslasha  olish,  muqobil  variantlarni  kо‗ra  bilish,  ulardan  eng  ratsionalini  tanlay 
bilish  kо‗nikmasini  hosil  qilish,  mag‗lubiyatdan  ruhini  tushurmaslik,  darhol,  yangi  yо‗llarni 
izlash fazilatlarini tarbiyalash zarur. Mag‗lubiyatni tan olish, chekinish, raqobatda  yutib chiqish 
uchun  yangidan  kurash  boshlash  va  boshqa  shu  kabilar  bozor  psixologiyasining  о‗ziga  xos 
xususiyatlaridir.  Ammo  har  qanday  kishi  ham  bunga  tayyor  emas.  Aytish  mumkinki,  bozorga 
о‗tish davrining qiyinchiliklari, bozorning riskka asoslanganligi kо‗p jihatdan aynan kishilarning 
psixologik jihatdan tayyor emasligi, ularda tegishli shaxsiy fazilatlarning rivojlanmaganligi bilan 
izohlanadi. 


Agarda  shaxs  tafakkuri  mos  ravishdagi  aqidalarga  asoslanmasa  olingan  iqtisodiy  bilimlar 
unga naf bermaydi. 
Albatta,  hamma  insonlarda  tadbirkorlik  qobiliyati  bir  xil  emas,  psixolog  olimlarning 
tadqiqotiga  kо‗ra  riskka  moyil  bо‗lgan  kishilardan  hamda  intuitiv  va  tahliliy  tafakkuri  yuqori 
kishilardan kо‗proq muvaffaqiyat bilan ish olib boruvchi tadbirkorlar chiqar ekan. 
Bu  yerda  iqtisodiy  jihatdan  tarbiyaning  ahamiyati  shundaki,  insonda  iqtisodiy  tafakkurni 
shakllanishi  asosida  о‗z  qobiliyatiga,  obyektiv  sharoitga,  tabiatan  berilgan  shaxsiy  fazilatlariga 
kо‗ra faoliyat turini tо‗g‗ri tanlash imkonini beradi. 
Hozirgi  kunda inson iqtisodiyot  sohasida katta hajmdagi  axborot va uning nihoyatda katta 
tezlikda uzatilishiga duch keladi. Shu bilan birga axborot asimmetriyasi muhim rol о‗ynaydi. 
Bozor  iqtisodiyoti  klincha  olingan  axborotlar  asosida  tezkor  qaror  qabul  qilishni  talab 
qiladi.  Bunday  sharoitda  intuitiv  va  tahliliy  tafakkurga  ega  bо‗lish  muhim  ahamiyatga  ega. 
Iqtisodiy tafakkurning о‗zi  kо‗p jihatdan ana shu tahliliy va intuitiv  tafakkurga tayanadi.  Inson 
voqea-hodisalar  oqimini  oldindan  tasavvur  qila  olmasa,  tо‗g‗ri  qaror  qabul  qilish  qiyin. 
Intuitsiyada  u  yoki  bu  vaziyatlarda  qanday  harakat  qilish  kerakligi  bо‗yicha  avval  orttirilgan 
tajriba namoyon bо‗ladi. 
Hozirgi  kunda  axborotlar  iqtisodiy  munosabatlarning  rivojlanishini  belgilovchi  asosiy 
omilga  aylanmoqda.  Muayyan  axborot  zarur  qaror  qabul  qilish  doirasini  qisqartiradi,  bu  о‗z 
navbatida  insonni  qat‘iyatsizlikdan  ma‘lum  darajada  xalos  qilib,  qaror  qabul  qilishini 
tezlashtiradi. 
Iqtisodiy tafakkur va uning amaliyotda namoyon bо‗lishida muayyan xalqning mentaliteti, 
uning kuchli jihatlari muhim ahamiyatga ega. Shaxs uchun zarur bо‗lgan fazilatlarni shakllanishi 
mentalitet bilan bog‗liq. Masalan, Shark xalqlari uchun uyushganlik, jamoatchilik, Fapb xalqlari 
uchun  individuallik  xos.  Ulkan  iqtisodiy  yutuqlarni  Yaponiya,  Janubiy  Koreya,  qator  boshqa 
Osiyo  mamlakatlari  uyushganlik  hisobiga,  AQSH,  G‗arbiy  Yevropa  mamlakatlari  esa  indi-
viduallik tufayli qо‗lga kiritdi. 
Uyushganlik tezkor qarorlarni qabul qilishda о‗zaro munosabatga, hamjihatlik bilan faoliyat 
yuritishga  kirishishga  tayyorlikni  aks  ettirsa,  individuallik  insonning  о‗z  kuchiga  tayanish, 
tashabbus kо‗rsatish erkinligidir. Amalda ushbu ikki xususiyat о‗zaro bir-biriga ta‘sir kо‗rsatadi, 
bir-birini boyitadi. 
Bozor  iqtisodiyotiga  о‗tish  jarayonida  ma‘naviy  barkamol  avlod  tarbiyasi  —  iqtisodiy 
ta‘lim  va  tarbiyaning  jamiyat  hayotidagi  nufuzini  muntazam  oshirib  borishni  taqozo  qiladi.  Bu 
nafaqat  kishilarda  yangicha  iqtisodiy  fikrlashni  shakllantirishning,  balki  iqtisodiy  islohotlarni 
samarali  amalga  oshirish  yо‗lidagi  strategik  maqsadlarimizni  ham  bir  yо‗la  rо‗yobga  chiqarib 
borishning muhim sharti deb, о‗ylaymiz
49

Bu  jihatdan  ta‘limga  ham  yuqori  talab  qо‗yilmoqda.  Hozirgi  sharoitda  о‗quv  dasturlari, 
xususan  iqtisodiy  fanlar  bо‗yicha  dasturlar,  ulardagi  mavzular  iqtisodiy  vaziyat  va  bozor 
talablarini  hisobga  olish  bilan  birga  yoshlarga  ularni  qay  yо‗nalishda  ketishini  oldindan  kо‗ra 
bilishni о‗rgatishini ham hisobga olish kerak. 
Mustaqil  О‗zbekistonning  kelajagi,  uning  jahondagi  ilg‗or  davlatlardan  biriga  aylanishi 
yangicha  iqtisodiy  tafakkurni  naqadar  chuqur  va  keng  о‗zlashtirib  olganimiz,  о‗z  hayotimiz, 
turmush tarzimizning uzviy qismiga nechog‗lik aylantirishimizga bog‗liq. 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish