3. Iqtisodiy fikrlashni shakllantirishda diniy qarashlarning о„rni va roli
Har qanday inson u tug‗ilgan xalqning madaniyat udumlari, ona tili, diniy qarashlari va
boshqalar tarkib topgan muxitda о‗sib voyaga yetadi, kamol topadi, dunyoqarashi shakllanadi.
Ma‘lumki, faylasuflar, psixologlar fikricha insonga ikkiyoqlamalik xos.
Insondagi ikkiyoqlamalik, eng avvalo, ma‟naviyat va moddiylikni murakkab tarzdagi
о„zaro birligi va uning bir-biriga о„zaro ta‟siridan kelib chiqadi.
Insondagi moddiylik va ma‘naviylikning uyg‗unligi uning tabiatidan, turmush kechirish
tarzidan kelib chiqadi. Tabiatan inson yaratuvchi, xayrli, g‗amxо‗rlik qiluvchi qilib yaratilgan.
Shu bilan birga unda salbiy xislatlar mavjudki, shuning uchun ham xalqimizda «Beayb
parvardigor» degan naql bor.
Insondagi moddiylik va ma‘naviylikning murakkab tarzdagi birligi uning butun hayoti
davomida, uning barcha bosqichlarida namoyon bо‗ladi. Faylasuflar har bir inson «potensial
jinoyatchi» deyishsa, diniy qarashlarda «insonning bir yelkasida raxmon, ikkinchi yelkasida
shayton о‗tiradi. Raxmon tо‗g‗ri yо‗lni kо‗rsatsa, shayton egri yо‗lga undaydi» deyiladi.
Xalq pedagogikasi, qolaversa, pedagogika fani insonni salbiy tomonlarini tо‗g‗rilash, ular
haqida ogohlantirishga qaratilgan.
Diniy qarashlar, aqidalar ham aynan insondagi moddiylik va ma‘naviylikning murakkab
birligi tufayli salbiy xislatlarni mavjudligi uni iloji boricha jilovlashga qaratilgan. Diniy
aqidalarda insonning yaxshi tomonlarini, fazilatlarini kamol toptirish, salbiy xislatlardan qochish
da‘vat qilingan.
Barcha diniy kitoblarda insonlarni, atrof-muhitni asrab-avaylashga, xudo bergan
ne‘matlardan oqilona foydalanishga da‘vat qilingan. Insonning tafakkuri, jumladan, iqtisodiy
tafakkur avvalo oila, sо‗ngra jamiyatda yaratilgan muhitda shakllanadi. Jamiyatdagi mavjud din
va diniy qarashlar, albatta, iqtisodiy bilim va ana shu bilimnng tamal toshi iqtisodiy tafakkurning
shakllanishi va rivojlanishida muhim rol о‗ynagan.
Insonning iqtisodiy faoliyatida faqat iqtisodiy omillargina emas, ma‘naviy omillar ham
yetakchi о‗rin tutadi.
Iqtisodiyot va ma‘naviyat о‗rtasidagi aloqadorlik serqirra va murakkab bо‗lib, iqtisodiyot
ma‘naviyat rivoji uchun moddiy shart-sharoit yaratadi. Ayni paytda iqtisodiy taraqqiyot zarurati
ma‘naviyatni о‗zgartirishni taqozo etadi. Masalan, ongni, tafakkurni yuksaltirmay turib, yangi
texnologiyalar yaratish, mehnat qurollarini takomillashtirish, mehnat jarayonini oqilona tashkil
etish, fan va texnikaviy ijodkorlikni rivojlantirish mumkin emas. Tabiiyki, ma‘naviyatning
yuksalishi ilmiy-texnikaviy kashfiyotlarning kuchayishi aholi bilim va malakasini ortishi,
iqtisodiy tafakkurning о‗zgarishi ham iqtisodiyotga ta‘sir о‗tkazmasdan qolmaydi. Bu -
iqtisodiyot va ma‘naviyatning mushtarak jihatlari. Yana bir umumiy tomon: iqtisodiyot ham,
ma‘naviyat ham inson hayotini har jihatdan tо‗kis qilishga qaratilgan. Shu bilan birga ular
о‗rtasida azaliy ziddiyatlar ham bor. Bu ziddiyat asosida insonda mujassamlashgan moddiylik va
ma‘naviylikning murakkab birligi yotadi. Bu haqiqat unutilgan taqdirda iqtisodiyotdan maqsad
faqat mahsulotni kо‗paytirish, sarmoyani aylantirib, mumay daromad olish bо‗lib qoladi. Bunday
vaziyatda butun jamiyat ertayu-kech nafsi yо‗lida yelib-yuguradi, pul-mablag‗i, boyligini
kо‗paytirish yо‗lida nimalarni qilmaydi, ma‘naviyat esa shu bosh maqsadga erishish borasidagi
vositalardan biriga aylanadi. Aksincha bо‗lsa, nafsni tiyish, an‘anaviylik ruhidagi mehnat va
turmush sharoitida moddiy rag‗bat birinchi о‗rinda turmaydi va u samarali iqtisodiy omilga ham
aylanmaydi. Bunday vaziyatda ishlab chiqarish, iqtisodiyot rivojlanmay qoladi. Kо‗pga
chо‗zilgan turg‗unlik esa ertami-kechmi inqirozga sabab bо‗ladi. Demak, jamiyat taraqqiyoti
uchun iqtisod bilan ma‘naviyat о‗rtasida oqilona muvozanatga erishish zarur.
Ma‘naviy va iqtisodiy munosabatlar о‗rtasida oqilona muvozanatni, eng ma‘qul yо‗lni
topish borasida g‗apb ilm-fanida bir-biriga zid bо‗lgan ikki xil qarash mavjud bо‗lib, birinchisi
marksistik nuqtai nazar, ikkinchisi - atoqli nemis mutafakkiri Maks Veber isbotlab bergan va
mashhur fransuz sotsiologi E.Dyurkgeym rivojlantirgan ta‘limot. Birinchi nuqtai nazarda kо‗proq
foydaga, boylikni kо‗paytirishga intilish mehnatkashlarni ekspluatatsiya qilinishini
kuchaytirishga olib kelishini asoslashga qaratilgan.
Maks Veber esa jamiyat hayotida, jumladan, mehnatga munosabat jarayonida
ma‘naviyatning о‗rni beqiyos ekani protestantlik axloqining zamonaviy shakli G‗arbiy
Yevropaga xos taraqqiyotning vujudga kelishi va rivoji asosida tushuntiradi. G‗arbda
kapitalizmni vujudga kelishida protestantlik oqimini roli kattaligini asoslab beradi.
U «Protestantlik etikasi va kapitalizm ruhi» asarida protestantlikning, ayniqsa, puritan
mazhabining axloqiy meyorlari, xususan, halol mehnat qilib, g‗ayrat-shijoat kо‗rsatib, shaxsiy
hayotni, ijtimoiy turmushni yaxshilashga intilish lozim, degan da‘vati hamda ijtimoiy hayotni,
turmush tarzini, jumladan, ishlab chiqarishni ham muttasil ratsionallashtirishga qaratilgan
aqidalari kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari, burjua qadriyatlari shakllanishiga zо‗r turtki
bо‗lganini e‘tirof etadi.
Ma‘lumki, nasroniylikdagi boshqa diniy oqimlar, boshqa dinlar: islom, buddaviylik ham
kamtar-kamsuqumlikni, qanoatni, nafs va xirsni jilovlashni targ‗ib etib kelgan. Bunday targ‗ib
turg‗unlikka yetaklaydi. Inson doimo о‗z mehnatini yengillashtirishga, turmush sharoitini
yaxshilashga intiladigan qilib yaratilgan. Bu о‗z navbatida shu paytda odamlarni hayot tarzi
qonun-qoidalarini belgilovchi aqidalarda ham о‗zgarish bо‗lishini zarur qilib qо‗yadi. Bu
о‗zgarish insondagi о‗z-о‗zidan qoniqish tuyg‗usi о‗rniga, о‗z-о‗zidan qoniqmay, g‗ayratga
berilish hissini о‗yg‗otishi lozim edi. Ana shu о‗zgarishni hayotga protestantlik diniy oqimi olib
kirdi. Protestantlik boshqa dinlar suyangan ezgu g‗oyalarni rad etmay, aksincha, ularni targ‗ib
etdi, lekin bu jarayonda shaxsiy manfaatlarni oshkora namoyon etish ishtiyoqi va individualizmni
chegaralab qо‗ymadi, aksincha, ularni mehnat va g‗ayratga yо‗naltirib, rag‗batlantirdi.
Maks Veber halol mehnat, g‗ayrat-shijoat, tadbirkorlik protestantlikda diniy jasorat,
«dunyoviy ibodat» maqomiga kо‗tarilgan, deya о‗qtiradi. Bu о‗rinda u protestantlikning
zamonaviy kapitalistik xо‗jalik faoliyati shakllanishiga emas, balki ―kapitalistik ruh‖
shakllanishiga ta‘sirini kо‗rsatib beradi.
Protestantlik kapitalizm ruhiga, iqtisodiy raqobatta, tovar-pul va mehnat munosabatlariga
juda mos bо‗lgani bois uning g‗oyalari yetib borgan va xalq dilidan joy olgan о‗lkalarda
kapitalizm tez rivojlandi. Masalan, xatolik oqimi hukmronlik qilgan Ispaniya, Portugaliya, Polsha
singari mamlakatlarda, Lotin Amerikasi qit‘asida yoki pravoslavlik keng yoyilgan Yunoniston,
Yugoslaviya, Ruminiya, Rossiya, Bolgariya, Belorus, Ukraina, Moldova kabi mamlakatlarda
taraqqiyot sur‘ati protestantlik chuqur ildiz otgan AQSH, Kanada, Angliya, Germaniya, Fransiya,
Shveysariya, Daniya, Gollandiya, Belgiya, Shvetsiya kabi mamlakatlardagi rivojlanish darajasiga
nisbatan sustroq ekani ayon.
Tо‗g‗ri, mehnatni barcha dinlar ham ulug‗laydi. Jumladan, islom dini ham peshona teri
bilan rizq-nasiba topish, bola-chaqa о‗stirishni musulmon bandaning bosh shiori deb biladi. Lekin
boshqa dinlardan farqli о‗laroq, protestantlik e‘tiqod - quruq ibodatda emas, aqlning amaliy
faoliyati, ya‘ni mehnatda, deya ta‘lim berdi. Kimda-kim mehnat qilib, samarasini kо‗rsa, bu -
xudo uni yorlaqaganidan dalolat. Shu bois protestantlik mazxabidagi odam uchun mehnatdan
keladigan natija asosiy maqsad hisoblanadi.
Yevropada oliy tabaqaga mansub odamlar past tabaqa vakillari shug‗ullanadigan ishlardan
hazar qilar, qora xalq zodagonlarga xos kasblar haqida orzu ham qilolmas edi. Protestantlik
bunday adolatsizlikka barham berdi. Lyuterning bu boradagi qarashlarini Veber mana bunday
ifodalagan edi: «Dunyoviy majburiyatlarni bajarish har qanday sharoitda ham xudoga ma‘qul
bо‗lishning birdan-bir vositasidir, aynan mana shu faqat, shu narsa ilohiy iroda kо‗rsatmasidir va
shu bois ruhsat etilgan kasblarning barchasi xudo oldida tengdir»
52
.
Protestantlik mehnatga aynan ana shunday munosabat vositasida feodalizm bag‗rida yetilib
kelayotgan kapitalistik munosabatlar sari, yangi tuzim sari yо‗l ochadi. Binobarin, protestantlikni
qaror toptirgan reformatsiyachilik diniy islohotlar harakatigina emas, yangi iqtisodiy tuzim,
yangicha iqtisodiy qarashlar uchun kurash harakati ham edi.
Ayni paytda protestantlikdagi puritaniy mazhablar talablari va ilk kapitalizm davridagi
zarurat о‗zaro mos kelib qolganini ham e‘tirof etish lozim. Ilk kapitalizm protestantlik timsolida
о‗ziga g‗oyaviy-mafkuraviy tayanch topdi. Protestantlik esa ilk kapitalizm orqali moddiy-ijtimoiy
asoslarini kengaytirdi va pirovardida jamiyatda mustahkam mavqega ega bо‗ldi.
Agarda ma‘naviyat va iqtisodiyotning о‗zaro ta‘sirini funksional yondashuv asosida tahlil
etsak, ular ancha murakkab rang-barang, ayni paytda har birining yuksalishida о‗zaro
mutanosiblik beqiyos ahamiyat kasb etishini kо‗ramiz. Masalan, mehnat axloq bilan
uyg‗unlashmasa, Iqtisodiy munosabatlar jarayonida ma‘naviyat masalalari, xususan,
insonparvarlik meyorlari yetarlicha hisobga olinmasa, texnokratik qarashlar ustunlik qilib ketadi,
oqibat-natijada ishlab chiqarish hajmi ortgani bilan, insoniy munosabatlar zavolga yuz tutadi,
jamiyatda о‗zaro begonalashish tamoyili kuchayadi. Bu hol pirovardida ijtimoiy-iqtisodiy
inqirozga sabab bо‗ladi.
An‘anaviylik ruhidagi mehnat va turmush sharoitida moddiy rag‗bat birinchi о‗rinda
turmaydi va u samarali iqtisodiy omilga ham aylanmaydi. Chunki bunday sharoitda inson
ehtiyojlari turg‗unlik kasb etadi. Maks Veber keltirgan misol bu jihatdan ibratlidir: о‗rilgan bir
morgen (0,25-0,33 gektar) g‗alla uchun bir marka haq oladigan о‗roqchi kuniga 2,5 morgen g‗alla
о‗radi va 2,5 marka haq oladi. Xо‗jayin hosilni nobud qilmay tezroq yig‗ib olay, deydi-yu ish
52
Макс Вебер. ―Избранные произведения‖. Москва. ―Прогресс‖, 1990, стр. 98.
haqini odatdagidan kо‗ra biroz oshiradi - bir morgenga bir marka emas, 1,25 marka hak tо‗lashga
rozi bо‗ladi. Shu tariqa unumdorlik uch morgengacha о‗sishiga umid qiladi. Lekin ananaviylik
ruhida tarbiya topgan о‗roqli kо‗proq pul ishlab qolish imkoniyatidan foydalanish о‗rniga «yetib
turibdiku, bо‗ldida» deb, odatdagidek 2,5 markalik ish bilan kifoyalanadi: endi 2,5 morgen
о‗rniga 2 morgen о‗ra boshlaydi.
О‗roqchi mehnati unumdorligini oshirishi uchun ish haqi miqdori biroz kamaytirilsachi,
degan savol ham tug‗ilishi tabiiy. Kapitalizmning rivojlanish jarayonida mehnat samaradorligini
oshirish uchun kо‗pdan-kо‗p iqtisodiy choralar, jumladan, ish haqi miqdorini biroz kamaytirish
tajribasi ham sinab kо‗rilgan. Lekin u ham kо‗ngildagidek samara bermagan, xalqning
noroziliklarga sabab bо‗lgan.
Veberning fikricha, insonda yuksak mas‘uliyat tuyg‗usi bilan birga, mehnatni yagona
maqsad, yagona najot deb biluvchi tafakkur ham shakllanishi zarur. «Mehnatga bunday
munosabat esa inson tabiatining xossasi emas, - deya e‘tirof etadi Veber, bunday fazilat ado
etilgan ishga kо‗p yoki oz hak, tо‗lash natijasida emas, balki anchagina davom etadigan tarbiya
jarayoni hosilasi sifatida vujudga keladi».
Darhaqiqat, protestantlikka mansub oilada tarbiya topgan kishining qulog‗iga
gо‗dakligidanoq mehnat - yaratganning о‗zi senga ato etgan iqtidor va zimmanga yuklangan
birdan-bir vazifa, shuning uchun unutma, qancha yaxshi va halol ishlasang, parvardigor egamga
shuncha ma‘qul bо‗lasan, degan fikr singdirilgan. Protestantlik muhitida tarbiya topgan, mehnatni
xudo tomonidan yuklatilgan majburiyat va xalos bо‗lish omili deb, tanlagan kasbini esa yaratgan
ato etgan iqtidor va kо‗ngliga solgan da‘vat deb biladigan kishi jismida ish unumdorligini kun
sayin oshirib borish doimiy ma‘naviy ehtiyojga aylanib ketadi. U moddiy jihatdan rag‗batlantirib
borilsa, bora-bora g‗oyatda ulkan natijalarga erishishi shubhasiz.
Sharqda mafkura asrlar davomida iqtisodiy о‗zgarishlar zaruratini inkor qilib kelgan, bu hol
ayniqsa, Xitoy va Hindistonda kо‗p davom etgan. IX-XII asrlarda islom mamlakatlarida tovar-pul
munosabatlari, savdo-sotiq rivoji, ijtimoiy safarbarlik, yangiliklarga intilish kuchli bо‗lgani va
jamiyatda haddan ziyod avj olib ketgan ijtimoiy-sinfiy zо‗ravonlik hamda mutelik kayfiyatining
yо‗qligi, yollanma mehnatning birmuncha rivojlangani ilk kapitalistik munosabatlar shakllanishi
uchun obyektiv iqtisodiy shart-sharoit yaratgan edi. Lekin turli (jumladan, iqtisodiy, siyosiy,
diniy-mafkuraviy) sabablarga kо‗ra, oilaviy mehnat taqsimotiga asoslangan, mustaqil, ratsional
mazmundagi ishlab chiqarish korxonasi va kapitalning ilk jamg‗arilishi, ilk kapitalistik bozor
infratuzilmasi (moliya-kredit, bank tizimi kabilar) vujudga kelmadi. Chunki jamiyatning
mafkurasi, ma‘naviyati obyektiv iqtisodiy zaruratni inkor etdi, unga erkinlik bermaslik uchun
ochiq-oshkora kurashdi.
Ma‘lumki, Bahouddin Naqshband hazratlari ham mehnat va bunyodkorlikka chaqirishga
о‗xshash g‗oya - «Dil ba yoru dast ba kor» da‘vatini olg‗a surgan. Lekin bu aqida, ayrim
obyektiv sabablarga kо‗ra, yangicha axloq, va mehnatga munosabatni shakllantira olmagan.
Chunki u, birinchidan, mistik tariqatchilik asosida aytilgan, ikkinchidan, о‗sha paytda hali diniy
mutaassiblik kuchli bо‗lgan, uchinchidan va eng asosiysi - u zamonda kapital, sarmoya, iqtisodiy
resurslar bir joyga tо‗planmagan, binobarin, mazkur da‘vatni keng miqyosli faoliyatta aylantirish
uchun ijtimoiy-iqtisodiy zarurat, shart-sharoit yetilmagan edi. Qolaversa, protestantlikni keng
yoyish va amalga oshirish borasidagi say-harakatlar bir zum ham tо‗xtab qolmagan. Protes-
tantlikni qaror toptirish davri tarixda «Tiklanish - Reformatsiya davri» deb ataladi. U yuz yil
davom etgan kurashlar, olishuvlar va hatto urushlar natijasida amalga oshirilgan. Niderlandiya va
Angliyada yuz bergan inqilob esa uni yanada mustahkamlagan.
Tо‗g‗ri, Naqshbandiylikni ham davom ettiruvchilar bо‗lgan. Lekin ular bu ta‘limotni asosan
g‗oyaviy-mafkuraviy jihatdan boyitib borgan. Biroq ushbu ta‘limot asosida hayotni tub dan
о‗zgartirishga bel bog‗lagan islohotchilar bо‗lmagan. Xullas, Naqshband da‘vati mehnatda va
bunyodkorlikda namoyon bо‗luvchi amaliy e‘tiqodga aylanmagan.
Protestantlik xalqning ijtimoiy ahvolini mehnat orqali о‗zgartirishga monelik qilmadi,
aksincha, bunday irodani rag‗batlantirdi. Boshqa dinlar va oqimlar hukmron ijtimoiy
munosabatlarni tubdan о‗zgartirishga jur‘at etolmadi, nari borsa, insonni takomillashtirishga
undadi, xolos.
Bizning xalqimizning iqtisodiy bilim, iqtisodiy tafakkurini shakllanishida, rivojlanishida
muqaddas kitob Qur‘oni karim hamda Hadisi shariflar nihoyatda katta о‗rin egallaydi. Qur‘oni
karimda ne‘matlarni asrab avaylab ishlatish xaqida shunday deyiladi: «Yenglar, ichinglar, lekin
isrof qilmanglar, chunki Alloh isrofgarlarni yaxshi kо‗rmaydi» isrofchilik gunoh sanalgan.
«Hadisi sharif»da «Iqtisod bilan ishlagan kishilar faqir bо‗lmaslar» deb, unga quyidagicha izoh
berilgan: «Kirimga qarab chiqimni tuta bilmagan kishi bor davlatini bitirib, oxiri xо‗rlikka
tushgan holda, kirimga qarab chiqimni tuta bilgan boy bо‗lmasada о‗zini faqirlikdan saqlay
oladi».
Shunday qilib, insonlarni tarbiyalashda, jumladan, iqtisodiy jihatdan tarbiyalashda din,
Ayniqsa, eramizning boshlaridan katta о‗rin tutgan. Diniy qoidalar keyinchalik huquqiy
normalarda aks etgan, hokimiyat ularga tayangan. Kur‘oni karimda va uni asosida vujudga kelgan
huquqiy normalar, qonunda har bir kishi uchun nima mumkin, nima mumkin emasligi
kо‗rsatilgan. Ular asosida aholi tarbiyalangan, faoliyati boshqarilgan.
Kur‘oni karim, hadislar va shariat kо‗rsatmalari inson ma‘naviy-ma‘rifiy kamolotining
asosi bо‗lgan axloq-odob tarbiyasining barcha qirralarini о‗z ichiga olgan. Shu jumladan, hadislar
iqtisodiy tarbiyaga oid bо‗lgan fikrlarshshg mukammal tо‗plamidir.
Islomda, Ayniqsa, xarom va halol masalasiga katta e‘tibor beriladi. Qur‘oni karimda
shunday deyilgan: «Ey odamlar yerdagi halol, pok narsalarni yenglar» («Bazara» surasi, 168-
oyat). Bu bir tomondan iste‘mol qilinadigan mahsulotning tarkibi, iste‘mol uchun yarokliligi yoki
yaroqsizligi haqida gap ketsa, ikkinchi tomondan halol mehnat qilmay, ya‘ni о‗g‗irlik,
muttahamlik, pora olish, aldov evaziga topilgan daromadlar ham harom hisoblangan.
Farzandlarni chin inson qilib tarbiyalashning asosi ularga halol luqma yedirishdan boshlanishi
ta‘kidlangan.
Qur‘oni karim va hadisi sharifda ilgari surilgan muhim g‗oyalardan biri iste‘mol meyori,
iste‘mol chegarasi va iste‘mol madaniyati masalasidir. Ularda Alloh-Taolo bandalariga
dunyodagi barcha noz-ne‘matlarni yeyish uchun, tо‗q farovon yashashlari uchun in‘om etgan.
«Bandalarim yenglar, ichinglar, isrof qilmanglar, ortiqcha yeyish makruxdir» deb farz qilingan.
Bu g‗oya chuqur ma‘noga ega, islom dinidagi asosiy qarashlarni ifodalab, hozirgi kunda ham о‗z
dolzarbligini yо‗qotmagan. Shunday qilib, iqtisodiy tarbiyani dastlab bola oila doirasida
kо‗pincha diniy tarbiya orqali olgan.
Muqaddas «Kur‘oni karim» va hadislar ham odamlarni insofli bо‗lishga birovlarning
hakdaga xiyonat qilmaslikka, halol mol topishga, nafs yо‗lida berilmaslikka chaqiradi. Iymon-
e‘tiqodini unutib, о‗tkinchi dunyo lazzatlariga mahliyo bо‗lib, insoniylikka shak keltirishni qattiq
qoralaydi.
Tijoratning barcha qonun-qoidalari shartlari «Kur‘on» va «hadis»larga shariat va tariqat,
ma‘rifat va haqiqat ta‘limotlariga asoslangan holda tuzilgan. Masalan, «Hadislarda» bir yurtdan
ikkinchi yurtga keltirilib sotiladigan mollardan qoladigan sof daromadning 10% dan oshiqchasi
makruh-harom hisoblangan.
Tadbirkorlik, ayniqsa, savdo-sotiq bilan shug‗ullanishi asosida kо‗proq foyda kо‗rish
yuksak ma‘naviyat qoidalariga mos keladimi? Ularning ma‘naviy-axloqiy darajasi qanday
bо‗lishi kerak? Bu savollar bugun paydo bо‗lgani yо‗q, ular moziydan beri bor bо‗lib, tarixda
ma‘naviy axloqiy qarashlar rivojining bosh yо‗nalishlaridan biri - foyda olish masalasiga boylik
tо‗plovchi va foyda kо‗ruvchi kishilarga nasbatan muayyan darajadagi salbiy munosabatda
namoyon bо‗ladi. Foyda kо‗rish bilan bog‗liq faoliyatga kо‗proq shaxsiy manfaatni qondirish
yо‗li sifatida qarash odatga aylangan. Foyda ortidan quvilmaydigan, undan g‗ururlanishga yо‗l
qо‗yilmaydigan ma‘naviylik eng oliy axloqdir, deb hisoblangan qarash asrlardan buyon axloqiy
ta‘limotlarning muhim tarbiyaviy qismi bо‗lib kelgan.
Yevropadagi bu boradagi burilish о‗tgan asrning boshlaridan kapitalistik munosabatlar,
bozor iqtisodiyoti takomillashgan davrda yuz berdi. Jamiyatda tovar-pul munosabatlarining
kuchayishi bilan bu boradagi qadriyatlar tadbirkorlik tomon burildi. Ayniqsa, XIX asrda yirik
tadbirkorlikni rivojlanishi asr oxirlariga kelib, ularni jamiyat muammolarini yechishda bevosita
tashabbus kо‗rsatib, о‗zi olgan foydaning ma‘lum bir qismini jamiyat uchun sarflash, turli
hayriya fondlarini tashkil etilishi bunday burilishga asos bо‗ldi. Ular о‗z mablag‗i evaziga
maktab, kasalxona, turli fan va madaniyat, ma‘naviyat, sog‗liqni saqlash va boshqalarga homiylik
qilish ularni kо‗rish keng ravishda avj oldi.
Albatta, halollik va tо‗g‗rilik hamma tadbirkorlar uchun qoida bо‗lgani yо‗q. Lekin
umumjamiyat miqyosida tadbirkorlikda insof va diyonat tan olinadigan, jamiyat muammolarini
yechishda hamkorlik alomatlari bо‗lgan ishbilarmonlik va tadbirkorlikni foydasi e‘tirof etila
boshlandi.
Musulmon axloqida ham bu boradagi an‘nalarning tarixi uzoqqa borib taqaladi Muhammad
alayhissalom savdogarchilikni Alloh sevgan tо‗rt kasbning biri sifatida e‘tirof etilishi, foydani
Alloh bergan rizq ekanligi, uni mо‗min-musulmonlar, yetim-yesirlar bilan bо‗lishish, bir qismini
zakot berish, fitr sifatida ulashishni sharqona axloqning bosh mezonlaridan biri sifatida e‘tirof
etilgan.
Yirik yer egalari, boylarning ariq qazish, kasalxona, kutubxona, hamom bozor, karvansaroy,
madrasa, sardoba, boshqalarni qurish va boshqa xizmatlari tо‗g‗risida misollar juda kо‗p. Hozirga
kelib, bu masala yanada dolzarb bо‗lib, о‗ziga xos о‗zgarishlar bо‗lishiga olib keldi.
Ayniqsa, ekologik jihatdan toza mahsulot ishlab chiqarish, atrof muhit muhofazasiga rioya
qilish, shartnomalarda kelishilgan vazifalarni о‗z vaqtida bajarish kabilarni mas‘uliyati, ahamiyati
yanada ortdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |