Ta‘lim tizimi rivojlanishning strategiyasi doirasida rivojlanish ta‘lim jarayonining о‗zini,
mazmunini isloh qilish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Ta‘limni isloh qilish faol, mustaqil fikrlovchi, yuqori malakali, ma‘naviy barkamol
kadrlarni tayyorlashni talab qiladi.
Hozirgi paytda О‗zbekistonda iqtisodiy ta‘limga quyidagi talablar qо‗yiladi:
- sifatlilik, ya‘ni yoshlar
talab qilingan darajada bilim, malakaga ega bо‗lishi;
- barcha yoshlar iqtisodiy bilimlarni о‗rganishi;
- samarali bо‗lish, ya‘ni ta‘lim-tarbiyaga sarflangan xarajatlar albatta maksimal samara
berishi kerak.
Iqtisodiy bilim bir butun xolda - bu real dunyoda iqtisodiy xodisalarni inson tomonidan
о‗rganish natijasidir.
Ilmiy bilishning birinchi bosqichida iqtisodiy fikrlarning shakllanishi, uni rivojlanishida eng
yirik ilmiy maktablarning tutgan о‗rni о‗rganiladi. Biron bir maktab berilgan savolga, masalaga
aniq javob bermaydi lekin ularni integratsiyasi
eng asosiysi fikrlashga, tahlil qilishga о‗rgatadi.
Iqtisodiy nazariyalarni о‗rganish jarayonida jamiyatni turli sohalari bilan, siyosiy,
ma‘naviy, ijtimoiy jihatdan rivojlanishi bilan bog‗liqligini kо‗rsatib beradi. Iqtisodiy fanni asosiy
vazifasi har bir aniq xodisani nazariy jihatdan tushuntirib berish uni sabab-oqibat mexanizmini
ajratishdan iborat.
Hozirgi iqtisodiy fanlarning ajralib turuvchi xususiyati iqtisodiy faoliyatni, uni uchta asosiy
yо‗nalishlarini ajratgan holda о‗rganishidir: turli iqtisodiy munosabatlar, aloqalar jarayonida
insonning о‗zini tutishi, say-harakati, tanloviga e‘tibor qaratuvchi yо‗nalish, institusional
yо‗nalish va ishlab chiqarish.
Birinchisida iqtisodiy subyektlarni faoliyatiga diqqat qaratiladi. Bu turli tuman xо‗jalik
faoliyatining murakkab xodisalar majmuini ifoda qilib, ularni 4-bosqich: ishlab chiqarish,
taqsimot, ayirboshlash, iste‘molga bо‗ladi. Iqtisodiy faoliyat yuritish uchun resurslar va
mablag‗lar zarur. Cheklangan resurslar sharoitida tanlov muammosi, resurslarni samarali
ishlatishga e‘tibor qaratiladi.
Institusional yо‗nalishda iqtisodiy faoliyat mavjud norma va qoidalar asosida olib
borilishiga diqqat qaratiladi. Institutlar, iqtisodiy munosabatlar va muvofiq ravishdagi
muassasalarni о‗z ichiga oladi.
Uchinchi yо‗nalishda ishlab chiqarish natijasi, iqtisodiy xodisalar moddiy natijasi - ijtimoiy
mahsulot va uning tarkibi dinamikasiga e‘tibor beriladi.
Iqtisodiyotga raqobatbardosh integratsion jarayon tarzida qarasak, uni uch yо‗nalish yoki
bosqichga bо‗lish mumkin:
«Iqtisodiyotda ishlab chiqarish omillari harakati» nuqtai
nazaridan raqobatdagi ustunlik xarajatlarga kо‗ra aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: