2. О„zbekistonda kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari va xorijiy mamlakatlar
tajribasidan kelib chiqib uzluksiz iqtisodiy ta‟limni amalga oshirish
Boshlang‗ich iqtisodiy bilim berishdan tortib, to iqtisodiy madaniyatlilik darajasigacha
bо‗lgan jarayon har bir shaxsni hayotiy ehtiyojini qondirishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Uzluksiz iqtisodiy ta‘limni amalga oshirishning maqsadi iqtisodiy ta‘lim berishning barcha
bо‗g‗inlari va bosqichlarida, ayniqsa, iqtisodchi va pedagoglar tayyorlashda hozirgi zamon bozor
iqtisodiyoti talablarini tushuna oladigan xо‗jalik yurituvchi mutaxassis sifatida malaka va
kо‗nikmaga ega bо‗lgan malakali iqtisodchilar tayyorlash ularni kasb uzluksizligi va uzviyligini
taminlash hisoblanadi.
Uzluksiz iqtisodiy ta‘limning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotning asosiy bо‗g‗inlari
(mikro, mezo, makro, mega darajada), milliy iqtisodiyot tarmoklari, iqtisodiy xavfsizlik tizimi,
xizmat kо‗rsatish soxalarida sodir bо‗ladigan ham sifat, ham miqdor о‗zgarishlarini ilg‗ay
oladigan, iqtisodiyotni rivojlanipshni ta‘minlashning meyoriy-huquqiy asoslarini bilimdoni
bо‗lgan mutaxassislar hamda nafaqat ana shu xislatlarga, balki iqtisodiy ta‘lim tizimini samarali
tashkil etuvchi iqtisodchi pedagoglar tayyorlashdir.
О‗zbekistonda kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari va xorijiy mamlakatlar tajribasidan
kelib chiqib uzluksiz iqtisodiy ta‘limni amalga oshirishni ustuvor yо‗nalishlari belgilandi.
Iqtisodiy ta‘lim-tarbiya uzluksizligi oiladan boshlanadi. Dastlabki, iqtisodiy tarbiya oilada
ota-ona tomonidan berilsa, keyinchalik maktabgacha tarbiya muassasalarida, sо‗ngra maktabga
beriladi. Maktabda turli fanlarni о‗qish jarayonida ham iqtisodiy bilimlarga ega bо‗ladilar.
Ayniqsa, mehnat darslarida mehnat bilan mahsulot yaratilishini, uning uchun ma‘lum miqdorda
resurslar sarflash lozimligini о‗rganishsa, jamiyatshunoslik darslarida xalq farovonligini oshirish
uchun qanday iqtisodiy vazifalarni amalga oshirish lozimligini о‗rganishadi.
Hozirgi kunda umumiy ta‘lim maktablarining 8-9-sinflarida «Iqtisodiy bilim asoslari»
fanini о‗rganish jarayonida mamlakatimizda moddiy va ma‘naviy jihatdan erishish uchun zarur
bо‗lgan iqtisodiy qonunlar amal qilishi haqidagi dastlabki bilimlarga ega bо‗ladilar.
Keyinchalk akademik litsey va kasb-xunar kollejlarida ularning iqtisodiy bilimlari yanada
kengayadi, mustaxkamlanadi hamda bevosita mehnat jarayonida mustahkamlanadi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturning «Kadrlar tayyorlashning milliy modeli» sarlavhali
bobida istiqbolda har jihatdan barkamol shaxsni shakllantirish rejasida «Kadrlar tayyorlash
sohasidagi davlat siyosati insonning intellektual va ma‘naviy-axloqiy jihatdai tarbiyalash bilan
uzviy bog‗liq bо‗lgan uzluksiz ta‘lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs-fuqaroni
shakllantirishni nazarda tutadi. Shu tarzda fuqaroning eng asosiy konstitusiyaviy huquqdaridan
biri – bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish intellektual jihatdan rivojlanish, kasbi
bо‗yicha mehnat qilish huquqi rо‗yobga chiqariladi» deb kо‗rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |