Bunda ishlab chiqarish jarayonida mehnat omili bilan boshqa omillarning birikishi ikki usul
bilan amalga oshiriladi:
1) noiqtisodiy, ya‘ni
majburiy mehnat orqali;
2) iqtisodiy yо‗l bilan, ya‘ni iqtisodiy rag‗batlantirish, haq tо‗lash yо‗li bilan mehnatga jalb
qilish orqali.
XV-XIX asrlarda G‗arbiy Yevropada yangi sotsial-iqtisodiy tizim: kapitalizmning
dastlabki, tarixda «klassik kapitalizm» deb nom olgan bosqichi qaror topdi.
Bu bosqichda xususiy kapitalistik tadbirkorlik prinsiplari tо‗la namoyon bо‗ladi. Bosh
iqtisodiy omil yakka xususiy mulk egasi bо‗lib, u korxona egasi sifatida ishlab chiqarinshi о‗zi
boshqaradi. Shunday xо‗jalik faoliyatini A. Smit va D. Rikardo nazariy jihatdan yoritib
berishgan. Kapitalizm bosqichiga о‗tilishi bilan buyuk tarixiy jarayon - insoniyatning industrial
ishlab chiqarishga о‗tishi boshlandi. Bu texnika va ishlab chiqarishni tashkil etishda katta sifat va
miqdor о‗zgarishlariga yо‗l ochdi. «Bug‗ asri»dan «Elektr asri»ga о‗tilishi mehnat kooperatsiyasi
masshtabining kengayishi, kapitalning tо‗planishi va markazlashuvini kuchaytirdi.
Oqibatda mikroiqtisodiyot tamomila yangi kо‗rinishga ega bо‗ldi.
Kо‗plab yirik korxonalar ajralib, ishlab chiqarishda hukmron mavqeni egallashga kirishdi.
Bu yirik korxonalar milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida о‗z mahsulotini realizatsiya qilish
uchun hamma imkoniyatlarini ishga solishga kirishdi.
Yirik sanoat kapitali bilan bank kapitali qо‗shilib moliya kapitali vujudga keldi.
Mulkchilikning yangi tipi: birgalikda qо‗shilgan ulushga qarab о‗zlashtiriladigan mulk kelib
chiqdi.
Mulkchilik yangi tipining shakllanishiga kо‗p jihatdan fan-texnika inqilobi natijasida yangi,
katta kapital talab qiladigan sohalarning paydo bо‗lishi sabab bо‗ldi. Bunda, birinchidan, alohida
kapitalistlarning kapitali yetmasligi, ikkinchidan, raqobatda mag‗lub bо‗lib, bankrot bо‗lishi
tufayli mol-mulkdan ajralib qolish xavfi muhim rol о‗ynadi. Kо‗pchilik olimlarning fikriga kо‗ra,
kapitalizm 100 yil davomida erishgan natijalar kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotidagi million
yillar davomida erishgan yutuqlardan salmoqliroqdir. Bunday natijaga erishishda mulkchilik
psixologiyasi, iqtisodiy psixologiya yetakchi о‗rin egallaydi.
Mulkchilikning yangi, uchinchi tipida - umumiy va xususiy о‗zlashtirish birgalikda amalga
oshadi. Bunday aralash о‗zlashtirishga quyidagi sabablarga kо‗ra erishiladi:
1. Bu mulk - umumiy mulk bо‗lib, barcha qatnashchilar qо‗shgan hissa asosida tashkil
topadi.
2. Birgalikdagi hissadorlik asosida tashkil topgan bu mulkdan umumiy maqsad va yagona
boshqaruv asosida foydalaniladi. Odatda, har bir hissa qо‗shgan mulk egasiga umumlashgan
mulkni boshqarishda meyoriy imkoniyatlar beriladi.
3. Xо‗jalik faoliyatini pirovard natijasi har bir kishining qо‗shgan hissasiga kо‗ra
taqsimlanadi.
Bu mulk tipi ham odamlarda ma‘lum iqtisodiy psixologiya vujudga kelishiga ta‘sir
kо‗rsatadi:
- individual-jamoachilik tuyg‗usi;
- umumlashgan mulk egalari mulk va undan olinadigan daromad barqarorligini
ta‘minlashga harakat
qiladilar;
- xususiy iqtisodiy manfaatdorlik jamoaning umumiy manfaati bilan qо‗shilib ketadi;
- kishilarda har bir kishining daromadi umumiy daromadga, umumiy muvaffaqiyatga
bog‗liqligi haqida tushuncha paydo bо‗ladi.
Hamkor (ulush asosida birgalikda tashkil topgan) mulk quyidagi aniq shakllarda namoyon
bо‗ladi:
- aksionerlik jamiyati (korporativ) mulki;
- qatnashuvchilarning pay mulkiga
asoslangan kooperativ mulk;
- shirkatlar mulki;
- yirik xо‗jalik birlashmalari (assotsiatsiya, ittifoq va boshqa shunga о‗xshashlar) mulki;
- qо‗shma korxonalar (milliy va xorijiy kapital bilan);
- turli shakldagi jamoalar mulki.
Agar mulkchilikning birinchi tipida mulk umumiy, bо‗linmaydigan, har bir kishining
individual manfaati umumiy manfaatga tо‗laligicha bо‗ysundirilgan bо‗lsa, uchinchi tipida
avvaddan bosh umumiy mulk uning qatnashchilari xususiy mulkidan tashkil topgan. Har biri о‗z
ulushidan manfaatdor.
U ikkinchi mulk tipidan ham farq qiladi. Agar klassik kapitalizmda ishlab chiqarish
vositalariga yakka kapitalistning о‗zi egalik qilsa, uchinchi tipda mulk egasi anonim, ya‘ni barcha
ulushi borlarning birgalikdagi mulki bо‗ladi.
Uchinchi tip mulkning eng keng tarqalgan shakli aksionerlik jamiyati, ya‘ni korporativ
mulkdir. Bu mulk egalari birgalikdagi mulkdagi о‗z ulushlarini xohlagan paytlarida sotishlari
mumkin. Shunning uchun mulk hajmi о‗zgarmagani
holda mulk egalari tarkibi о‗zgarib turishi
mumkin. Undan tashqari, individual,
yakka kapitalistik mulkda kapitalni mulk egalarining о‗zi
boshqarsa, aksionerlik jamiyati faoliyatini maxsus professional boshqaruvchilar menejerlar
boshqaradi. Ular ma‘lum muddatga har ikki tomonning huquq va majburiyatlari kо‗rsatilgan
shartnoma (kontrakt) asosida ishlaydilar. Agar kapital egasining kapitali о‗z mablag‗ini ishlab
chiqarishga qо‗yish tufayli kо‗paysa, aksionerlik kapitali chetdan pul mablag‗larini, ayniqsa,
bank mablag‗larini jalb qilish orqali kо‗paytiriladi.
Aksionerlik shakli nihoyatda moslashuvchan. U turlicha ijtimoiy-iqtisodiy mazmunga ega
bо‗lib, undan alohida kishilar manfaati yoki ijtimoiy guruhlar, yoki davlat manfaati yо‗lida
foydalanish mumkin. Bu aksiyalar nazorat paketi kimga tegishli bо‗lishiga bog‗liq.
Nazorat paketi kimning qо‗lida bо‗lishiga qarab, aksionerlik jamiyatlari alohida kishilar,
boshqa kompaniyalar, davlat yoki mehnat jamoasi nazoratidan ajratish mumkin.
Ma‘lumki, mulk haqidagi dastlabki tushuncha oilada beriladi. Bolaga birovning narsasini
egasidan sо‗ramay olish mumkin emasligi, о‗yinchoqlari, kiyim-kechaklarini iflos qilish yomon
ish ekani, ularni ehtiyot qilish kerakligi о‗rgatiladi. Keyingi bosqichlarda esa mulk
munosabatlari,
turlari va shakllari, mulkdan samarali foydalanish haqida tushunchaga ega bо‗ladi va mulkchilik
munosabatlarida о‗zi qatnashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: