1. Amloki xos - davlat mulki. Yer va yer osti boyliklari, moddiy kо‗chmas mulklar va
davlat ahamiyatiga oid ashyolar davlat tasarrufida bо‗lgan.
2. Iqto‟ - davlat xizmatchilarini ta‘minlovchi mulk. Muayyan yer maydonlari, moddiy-
ma‘naviy mulklar va davlat xazinasining muayyan qismi iqto‘ mulki bо‗lgan.
3. Vaqf - muayyan ijtimoiy tabaqa mulki. Madaniy-ma‘rifiy binolar, madrasa va masjidlar,
ziyoratgoh va qabristonlar vaqf mulki bо‗lgan.
Shu bilan birga Qoraxoniylar davlatida xususiy mulkchilik cheklanmagan. Shu sababli,
jamiyatning barcha tabaqasi о‗z mulkiga ega edi. Jamiyatning haddan tashqari tabaqalanib
ketishiga yо‗l qо‗yilmagan. Tarixiy manbalarda kо‗rsatilishicha, bunga davlat mulkidan,
chunonchi vaqf mulkidan g‗oyat samarali foydalanish bilan erishilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |