his etishi, hamma muammolarni uning о‗rniga davlat hal qilishi kerak deb bilishi zararli
tushunchadir».
61
Kishining ongida bunday tushunchaning hukmronligi uning о‗z maqsadi yо‗lida
intilishi, о‗z mehnati bilan munosib hayot kechirish, turmush sharoitini yaxshilash mumkinligi
haqidagi tushunchani sundiradi. Ayrim kishilarning ongida esa davlat boy u bizni boqib olishi
kerak degan fikrni о‗rnashib qolishiga olib keladi.
Odamlarning ijodiy va mehnat imkoniyatlarini keng ochishga, boqimandalikni yengishga,
xо‗jayinlik hissini qaytadan tiklashga faqat bozor munosabatlari qodirligini hisobga olib
mamlakatimiz iqtisodiyotiga о‗tish yо‗lini tanladi. Bozor iqtisodiyotiga о‗tish, eng avvalo,
mulkchilikni islox etishdan va kishilarda mulkdorlik psixologiyasini shakllantirishdan boshlandi,
chunki u barcha yо‗nalishdagi islohotlar va tadbirlar tizimining tamal toshi bо‗lib xizmat qiladi.
Yoshlar ana shularni tushunib yetishlari va о‗z faoliyatlarida qо‗llashlari lozim.
Ma‘lumki, dastlab о‗zlashtirish birgalikda yuz berib, umumiy bо‗linmaydigan mulk
vujudga kelgan. U odatda, ijtimoiy mulk deb ataladi. U kishilik jamiyati tarixida ayrim
iqtisodchilar fikriga kо‗ra, taxminan 1 mln. yil davomida hukm surgan. Umumiy birgalikda
о‗zlashtirish - bu jamoaga birlashgan barcha kishilar tomonidan hal qiluvchi ishlab chiqarish
resurslari va boshqa hayot kechirish vositalariga birgalikda teng egalik qilishdir. Bu mulk tipi
quyidagi xususiyatlari:
a) ishlab chiqarish resurslariga
teng egalik qilish;
b) umumiy birgalikda qilingan mehnat natijasini birgalikda о‗zlashtirish;
v) iste‘mol buyumlarini teng taqsimlash tendensiyasi bilan harakterlanadi.
Birgalikda о‗zlashtirish о‗ziga xos iqtisodiy psixologiyani ham shakllantiradi. YA‘ni:
- bunda jamiyatda boylikni tekis taqsimlash g‗oyasi hukmron;
- jamoachilik asosiy о‗ringa chiqadi;
- jamoa bо‗lib
mehnat qilish, о‗zaro yordam berish, kо‗maklashish;
- umumiy mulk shaxsan hech kimga tegishli emas degan
fikrning hukmronligi;
- har bir shaxs manfaati bilan jamiyat manfaati о‗rtasida bevosita aloqaning yо‗qligi.
Mulkchilikning ijtimoiy tipi, ya‘ni birgalikda о‗zlashtirish quyidagi aniq shakllarda:
ibtidoiy jamoa, davlat mulki tarzida namoyon bо‗ladi.
Kishilik jamiyati taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida inson hayoti butunlay tabiatga,
atrof-muhitga bog‗liq bо‗lgan. Mehnat qurollari juda oddiy bо‗lib, hayot kechirish uchun
ne‘matlar izlab topish katta qiyinchiliklar bilan amalga oshgan. Hayot kechirish jamoa bо‗lib
yashagandagina mumkin bо‗lgan. О‗z jonini saqlashga intilish odamlarni stixiyali tarzda jamoaga
birlashishga olib kelgan. Jamoalar avval urug‗ jamoasi, sо‗ngra qabila tarzida tarkib topgan.
Jamoaga
qarashli bо‗lgan yer,
mehnat qurollari, ishlab chiqarish natijasi teng taqsimlangan.
Jamiyatda dehqonchilikdan chorvachilikning ajralib chiqishi, sо‗ngra hunarmandchilikning
kelib chiqishi katta о‗zgarishlarga olib keldi. Mehnat qurollarining takomillashuvi, ishchi
hayvonlardan foydalanish nisbatan ozchilik uchun boshqalarsiz ishlab chiqarish imkoiiyatini
vujudga keltirdi.
Birgalikda yashash, hayot kechirish uchun ne‘matlar izlab topish о‗z iqtisodiy ahamiyatini
yо‗qotdi. Uning о‗rniga oilaviy xо‗jaliklar vujudga keldiki, ular о‗z navbatida, keyinchalik
xususiy mulk kelib chiqishiga sabab bо‗ldi.
Birgalikda о‗zlashtirishning turli shakllari uzoq vaqt hukm surgan.
Islom qoidalariga kо‗ra barcha mulk Ollohnikidir. Yer, suv va boshqa ne‘matlar Ollohning
bandalariga inoyatidir. Demak, barcha mulkda hammaning haqi bor. Shu sababli, islomda
mulkdan jamoa bо‗lib foydalanish kuchli. Uni hozir ham his qilish mumkin.
Hozirgi paytda ham Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasida jamoalar ijtimoiy tizimning tarkibiy
qismi sifatida mavjud.
Birgalikda
о„zlashtirishning davlat mulki shakli davlat kelib chiqishi bilan bog‗liq
Davlatning о‗z vazifalarini ado etishi uchun davlat mulki bо‗lishi, ya‘ni boylikni davlat
61
I.A.Karimov О‗zbekiston XXI asr bо‗sag‗asida: havfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot
kafolatlari. T.: ―О‗zbekiston‖, 1997, 195-bet.
tomonidan о‗zlashtirish zarur. Davlat mulkining miqyosi va undan foydalanishning maqsadi
jamiyat taraqqiyotida obyektiv zaruratdan kelib chiqib о‗zgarib turgan.
Davlat mulki xususiy va jamoa mulkidan о‗sib chiqqan.
Masalan, О‗rta Osiyo mintaqasida X-XIII asrlarda dastlabki turk-islom davlati -
qoraxoniylarning kuchli markazlashgan davlati hukm surgan. Davlat mulki quyidagi shakllarda:
Do'stlaringiz bilan baham: