uchun ham mulk munosabatlarini moddiy va nomoddiy resurslardan о‗z xoxishi bilan bemalol
foydalanshpga yо‗l qо‗ymaslik, ta‘qiqlash tizimi sifatida kо‗rish mumkin.
Agar resurslardan foydalanishga hech qanday tо‗siq bо‗lmasa u hech kimga tegishli emas
yoki hammaga tegishli. Bunday resurslar mulk bо‗lmaydi.
Resurslardan foydalanshnda bonshalarning tо‗sqinlik qilishi mulk huquqi orqali ifodalanadi.
Bunday mulk huquqini, uni qadrlaydigan, undan kо‗proq foyda oladiganlarga berish
imkoniyatlarini yaratish muhim ahamiyatga ega. Chunki mulkni о‗zi uchun keraksiz hisoblagan
yoki samarali foydalana olmaydigan kishi sotadi. Natijada endi yuqorida kо‗rsatilgan mulk
huquqi dastasi mulkni sotib olgan kishiga taalluqli bо‗ladi.
Mulkchilikning huquqiy jihati iqtisodiy tomoniga nisbatan buysundiruvchi rol о‗ynamaydi.
Bu shunda kо‗rinadiki, ishlab chiqarish omillariga huquqiy egalik qilmasdan, hech kim ishlab
chiqarish jarayonini amalga oshira olmaydi. Ishlab chiqarish resurslari va ishlab chiqarilgan
mahsulotdan foydalana olmaydi. Shuning uchun ham mulkchilikning huquqiy normalari iqtisodiy
munosabatlarning aniqlashtirilgan, real kо‗rinishi hisoblanadi. Mulk xuquqi о‗zlashtirish
jarayonida belgilangan tartib-qoidalarga har bir kishining amal qilishi zarurligi, aksincha, amal
qilmasa, uni buzganlik uchun jazolashni ifodalaydi. Ular birinchidan, ishlab chiqarish omillari va
yaratilgan mahsulot muayyan shaxslar (jismoniy, huquqiy)ga tegishli ekanligini, ikkinchidan
mulk egalarining qonun bilan qо‗riqlanadigan vakolatlarini, uchinchidan, mol-mulkni himoya
qilish usullarini belgilab beradi.
Mulk huquqi investitsiya, ishlab chiqarishga yangiliklarni joriy qilish, ayirboshlash,
iqtisodiy о‗sishni rag‗batlantiradi.
Intellektual mulkka nisbatan olsak, patentlar, mualliflik huquqni insonlarni turli yangiliklar,
ixtirolar qilishga undaydi. Mehnat natijalari va u bilan bog‗liq iqtisodiy manfaat, yutuqdarni
boshqalar tomonidan tekin о‗zlashtirib olinishidan qо‗rqmay, kitob yozish, musiqa bastalash,
kompyuter uchun dasturlar ishlab chiqish va hokazolar bilan shug‗ullanishni ta‘minlaydi. Mulk
huquqini boshqa muhim tomoni u ayirboshlashni yengillashtiradi. Mulk hujjatiga qarab uning
egasi qonuniy ekanligiga ishonamiz.
Aynan mulk huquqi bо‗lmasa о‗z mulkini saqlash, egasi ekanligini isbotlash uchun
nihoyatda kо‗p energiya, resurslar, ayniqsa,
vaqt sarflangan bо‗lar edi. Shuning uchun ham
о‗quvchi-talabalar ongiga mulk huquqini bilish, chuqur о‗rganish myxim ahamiyatga ega ekanli-
gini yetkazish zarur.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilik ishlab chiqarishning moddiy omili bilan mehnat
omilini, ya‘ni ishlab chiqarish omillarining tengligini ta‘minlaydi. Bu omillar esa ishlab chiqarish
jarayonida biri ikkinchisisiz faoliyat yurita olmaydi.
Xо‗jalik aloqalarining keng doirasi huquqiy munosabatlar harakterini oladi. Bu munosabat
qatnashchilari yuridik huquq va majburiyatlarni eltuvchi sifatida gavdalanadi. Har qanday
mulkning asosiy xususiyati:
1) uning, albatta, kimgadir tegishli bо‗lishi;
2) egasining mulkni
asrab-avaylashga, undan samarali foydalanishga intilishidir.
Insonning shaxs sifatida hamda mulk egasi sifatida manfaatlari bо‗lib, ular bir-biridan
farqlanadi. Shuning uchun mulkdor bilan mulksizning manfaati keskin farq qiladi.
Har bir shaxsniig inson sifatida manfaati uning hayotiy ehtiyojlarini ifodalasa, mulkdor
sifatida о‗z
mulkidan foydalanib daromad topishini ifodalaydi.
Ma‘lumki, kishilar iqtisodiy munosabatlarga biron-bir manfaatdan kelib chiqib kirishadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: