Iqtisodiy manfaatlar kishilarni harakatga keltiruvchi, ularning hatti-harakatini, intilishini,
hulq-atvorini belgilovchi kuchdir.
Manfaatlar - bu odamlar ehtiyojini munosabatlar orqali ifodalanishidir. Mulkchilik ham
kishilarning iqtisodiy manfaatlarini aks ettiradi. Mulkning qanday doirada alohidalashuviga
qarab, manfaatlar ham alohidalashadi: shaxsiy manfaat, oilaviy manfaat, jamoa manfaati, jamiyat
manfaati va boshqalar.
Har bir kishi о‗z shaxsiy manfaatiga, oila a‘zosi sifatida oilaviy, mehnat qilayotgan jamoasi
miqyosida manfaatga, yashayotgan yurtida shu yurtning fuqarosi, jamiyat a‘zosi sifatida
manfaatga ega.
Har bir kishining inson sifatida ehtiyojlari mavjud. Uning ehtiyoji, jamiyatda tutgan о‗rni,
uniig shaxsiy manfaatini yuzaga keltiradi. U о‗z ehtiyojini qondirish uchun harakat qilib
manfaatni yuzaga chiqaradi. Buning uchun u о‗z oilasida yashaydi, jamoada mehnat qiladi. Har
bir firma, jamoa, korxona boshqalaridan alohidalashgan holda xо‗jalik yuritar ekan, shu
jamoaning umumiy ishlovchilarini birlashtiradi. Har bir inson о‗z yurtining fuqarosi sifatida
umumdavlat manfaatini ifodalaydi. Umumdavlat manfaati butun xalq maqsadining
umumiyligidan dalolat beradi.
Manfaatlar obyektiv hamda subyektivdir. Obyektivligiga sabab ehtiyojlarning obyektivligi,
ikkinchi tomondan, manfaat har bir subyektning manfaati sifatida yuzaga chiqadi.
Manfaatlar, shuningdek, bir tomondan umumiy, ikkinchi tomondan xususiydir.
Manfaatlarning umumiy bо‗lishiga sababshuki, avvalo, har bir inson ma‘lum bir oilada,
mamlakatda, qolaversa, Yer sharida yashaydi, mehnat qiladi. Insonlar uchun shunday
umumbashariy qadriyatlar mavjudki, ular umumiy manfaatlar tarzida namoyon bо‗ladi. Masalan:
atrof muhitni muhofaza qilish, tarixiy yodgorliklarni asrash va boshqalar.
Manfaatlarning xususiyligi har bir subyektning о‗z manfaati borligidan kelib chiqadi. Bu
manfaat aynan uning maqsadini ifodalaydi, boshqalarning manfaatidan ajralib turadi hamda
boshqalarning manfaatlariga mos tushavermaydi.
Insonning shaxs sifatida hamda mulk egasi sifatida manfaatlari bо‗lib, ular bir biridan
farqlanadi. Shuning uchun mulkdor bilan mulksizning manfaati keskin farq qiladi.
Har bir shaxsning inson sifatida manfaati uning hayotiy ehtiyojlarini ifodalasa, mulkdor
sifatida о‗z mulkidan foydalanib daromad topishini ifodalaydi.
Bu jarayonda barchaning manfaati doimo bir biriga mos kelavermaydi. Natijada manfaat
egalari о‗rtasida turli nizolar konfliktlar, qarama qarshiliklar kelib chiqadiki, uni bartaraf
qilishning yagona yо‗li mavjud mulk huquqi va uni amalga oshirish uchun qabul qilingan qonun
talablariga rioya qilishdir.
Manfaatlarga turli jihatdan yondashish, har bir insonning manfaatlarini о‗zida
mujassamlashtiruvchi subyekt sifatida iqtisodiy faoliyat jarayonida, о‗zini qanday tutishi
mumkinligini avvaldan taxmin qilishga yordam beradi.
Bozor iqtisodiyotining muhim tomoni, afzalligi ham shundaki, bozor ishtirokchilari bozor
munosabatlariga о‗z manfaatlaridan kelib chiqib kirishadilar. О‗z manfaatlarini kо‗zlash, amalga
oshirish uchun xarakat boshqalarning manfaatini ham о‗ylashga majbur qiladi. Biror turdagi tovar
ishlab chiqaruvchi yoki xizmat kо‗rsatuvchi о‗z manfaatini kо‗zlab biron tovar ishlab chiqarar
ekan, uni sotish uchun ilojsiz ravishda xaridor manfaatini ham yо‗lashga majbur. Chunki uning
nafliligi, ya‘ni iste‘mol qiymati, narxi xaridorni qoniqtirmasa xaridor tovarni sotib olmaydi. U
xaridor manfaatiga moslashadi. Bu esa boshqalarning ham manfaatini ta‘minlashga olib keladi.
Mulk egasining maqsadini amalga oshirish natijasida mulk iqtisodiy realizatsiya qilinadi.
Mulkning iqtisodiy realizatsiya qilinishi mulk egasining manfaati amalga oshganida ifodalanadi.
Mulkchilik real bо‗lishi uchun mulkdorning iqtisodiy manfaati amalga oshuvi shart, ya‘ni о‗z
manfaati yо‗lida ishlata olish imkoniga ega bо‗lishi kerak. Masalan, avtomobil egasi о‗z
mashinasini ijaraga berish, garovga qо‗yish, о‗zi minishi va boshqa imkoniyatlarga ega bо‗lishi
kerak. Agar shunday imkoniyatlar bо‗lmasa mulk formal bо‗ladi.
Mulkning shakli hamda miqyosiga qarab uning realizatsiyasi ham har xil usullar orqali
yuzaga chiqadi: о‗z mulkini kapital sifatida ishlatib boshqalar mehnatini qо‗llab yoki о‗z mehnati
bilan tadbirkorlik qilib daromad olish; о‗z mulkini ijaraga berib ijara haqi, pul shaklidagi mulkini
qarzga berib foiz, mulkini qimmatga sotib daromad olishi; yollanib ishlash orqali о‗z mulki
bо‗lgan ish kuchidan daromad, ya‘ni ish haqi olish.
Shunday qilib, turli iqtisodiy faoliyat orqali mulk yuzaga chiqib, о‗z egasiga daromad - naf
keltiradi. О‗z mulkini ishlatib qanday daromad topish mulk egasining salohiyatiga kо‗p jihatdan
bog‗liq.
Mulk tejamkorlikni yuzaga keltiradi. Mulk egasi о‗z mulkini asraydi, avaylaydi, tejab-
tergab ishlatadi. Agarda mulk egasi uchun о‗z qadrini yо‗qotsa, uni zarur bо‗lgan boshqa kishiga
sotib yuboradi. Kо‗pchilik mulk sohibi bо‗lgandagina jamiyat boyligini saqlashi va kо‗paytirishi
mumkin. Demak, mulk huquqi jamiyat taraqqiyotida qanday rol о‗ynashi va uning buzilishi
qanday oqibatlarga olib kelishini о‗quvchi-talabalar ongiga yetkazish va uni chuqur о‗rganishga
yо‗naltirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |