Jadval ma‘lumotlari asosida mamlakatimizdagi oilalarning daromadlari ortib, farovonlik
darajasi kо‗tarilib borayotganligi haqida xulosa chiqarish mumkin. Bunda respublikamiz
aholisining iqtisodiy tafakkur darajasining ortishi muhim rol о‗ynaydi, desak adashmaymiz.
Oilaning daromadi qancha kam bо‗lsa, topilgan daromadni asosiy qismi oziq-ovqatga
ketishi va boshqa birinchi darajadagi zarur tovar va xizmatlar uchun sarflanishini oiladagi bolalar
bilishi, boshqa sarflar
uchun daromad topishni, kо‗paytirishi zarurligini anglab yetishi lozim.
Oilaviy byudjetga eng kо‗p zarar keltiradigan narsa - bu asosiy ravishda keraksiz
buyumlarni sotib olishdir. Shuning uchun farzandlarga ota-onalar buni tushuntirishi, bunday
ortiqcha xarajat qanday natijaga olib kelishini aytib, ularning ongiga yetkazishi lozim. Kaykovus
ham «Qobusnoma»da halol pul, mol topishdan ham uni tо‗g‗ri sarflash qiyinligini ta‘kidlab
о‗tgan.
Kо‗p oilalarda olingan oziq-ovqat mahsulotlari isrofgarchiligiga yо‗l qо‗yishadi.
Iqtisodchilarning hisob-kitoblariga qaraganda oila byudjetini oziq-ovqatlarga sarflangan qismini
4 foizdan 12 foizgachasi ularni isrof qilib tashlab yuborish oqibatida yо‗qotilar ekan. Albatta,
qishloq sharoitida tashlab yuborishga deyarli yо‗l qо‗yilmaydi. Chunki har bir xо‗jalikda uy
hayvonlari, parranda boqiladi. Lekin shaharlarda bu isrofgarchiliklar natijasida, nafaqat oila
byudjeti uchun yо‗qotish, balki chiqindilarni, kо‗payib, atrof muhitni ifloslanishiga olib kelishi
yanada noxush oqibatlarni kо‗paytiradi.
Oilaning byudjeti uning ijtimoiy-iqtisodiy mavqeini, uning tadbirkorlik faoliyatini faolligi,
turmush darajasi ma‘lumoti, turmush darajasi investitsion potensial va boshqalarni kо‗rsatadi.
Iqtisodiyot rivojlanishida aholining jamg‗armasi muhim rol о‗ynaydi. Iqtisodchilar
jamg‗arma - kapital qо‗yilmalarning asosiy manbasi deb kо‗rsatishadi. Undan tashqari,
jamg‗arma «Inson kapital»iga qо‗yilmaning ya‘ni sog‗lom, malakali mutaxassis tarbiyalashning
asosi hisoblanadi.
Ayniqsa, kelajakda о‗z ishini ochadimi yoki boshqa maqsadlarni amalga oshirish uchun oila
topgan daromad uning xarajatlaridan kо‗p bо‗lishi kerak, ya‘ni ma‘lum miqdorda jamg‗arma
bо‗lishiga erishish lozim. Odatda, mamlakat miqyosida iqtisodiyotda rezerv (zahira) fondi,
barqarorlashtirish fondi tashkil etiladi. Jamg‗arma ham oila uchun ana shunday fond bо‗lib
hisoblanadi.
Odamlar nima sababdan mablag‗larini sarflashadi, tushunarli, lekin nima sababdan
jamg‗aramiz? Uning sabablari juda kо‗p. Ulardan eng asosiy 3 ta sababini kо‗rsatishimiz
mumkin:
1. Kelajakda kо‗p mablag‗ talab qiladigan narsani sotib olish uchun. Odamlar joriy
xarajatlarni deyarli har kuni qiladilar. Olingan daromad hammasi bir kunda sarflanmaydi. Uni
ma‘lum bir qismi oy davomida saqlanadi (naqd pul yoki kredit kartochkasida), qator narsalarni
bir oylik topilgan
daromadga sotib olish qiyin, shuning uchun pul tо‗plash kerak.
2. Har ehtimolga qarshi. Insonlar doimo kelajak haqida о‗ylashadi. Kelajakda kamroq
daromad olishlari mumkin yoki kelajakda qо‗shimcha xarajatlar qilishga tо‗g‗ri keladi yoki
kelajakda qanaqa kunlar bо‗ladi, qariganda nima bо‗ladi, deya mablag‗ jamg‗aradilar.
3. Daromad olish uchun. Jamg‗arma investitsiya manbai kapital о‗zi nima? U daromad
keltiradigan aktiv, qо‗shimcha daromad topishga intilishi jamg‗arish uchun muhim stimul bо‗lib
hisoblanadi.
Jamg‗arma qanday shakllarda bо‗lishi mumkin?
Agar mamlakatda moliyaviy institutlar rivojlanmagan bо‗lsa, odamlar jamg‗armalarini
qanday shaklda saqlashadi? Birinchi navbatda, naqd pul shaklida. Sababi uning likvidligi eng
yuqori, lekin eng katta kamchiligi inflyatsiya tufayli qadrlansizlanadi. Shuning uchun kо‗pincha
odamlar pulini ishonchli chet el valyutalarida saqlashga harakat qiladilar. Agar inflyatsiya uncha
kuchli emas, pul yaqin orada sotib olinishi lozim bо‗lgan narsaga yig‗ilayotgan bо‗lsa, milliy
valyutada saqlanadi.
Ikkinchidan, qimmatbaho kо‗chmas mulk, antikvariatlar shaklida (uy-joy va hokazo),
qimmatbaho zeb-ziynatlar. Ular hech bо‗lmasa nominal qiymatini saqlaydi yoki narxi kо‗tariladi.
Ularni saqlash kerak, saqlash esa qо‗shimcha xarajatlarni talab qiladi. Likvidligi past, tezda naqd
pulga aylantirish qiyin.
Uchinchidan, kapitalga aylantirishga xarakat qilish. О‗z biznesini ochish (tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri
investitsiya) yoki tanishlarga foizga berish. Bu yerda moliya bozori yoki banklar va boshqa
moliyaviy muassasalarning vujudga kelishi shaxsiy jamg‗armani kо‗paytirish, daromad
topishning yangi-yangi imkoniyatlarini vujudga keltiradi.
Lekin yuqori daromad orqasida risk ham yuqori darajada bо‗ladi. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida jamg‗armani saqlashning turli-tuman yо‗llari mavjud. Agar qarilik paytiga yig‗ish
kerak bо‗lsa, pensiya fonda, hayotni turli hodisalardan sug‗urta qildirish mumikn, hoxlagan
turdagi qimmatli qog‗ozlarni sotib olish mumkin. Moliya, bank muassasalari aholini pulini
jamg‗arish uchun kо‗rsatilayotgan xizmatlari qulay va foydali. Moliya institutlari bu pullarni
biznesga yо‗naltiradi, egasiga ham daromad olib keladi. Uyda pulni saqlash, qо‗riqlash
tashvishlaridan holi bо‗ladi.
Ana shu jihatlarni oiladi farzandlarni kо‗rishi, о‗zi ishtirok etishi, kelajakda о‗zi mustaqil
hayot kechirganda о‗z oilasi uchun mutaxassis sifatida yoki boshqa faoliyatda iqtisodiy qaror
qabul qilish, resurslarni tejab tergab ishlatishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: