H. T. Tursunov, T. U. Raximov ekologiya o’quv qo’llanma Toshkent


Nazorat savollari va topshiriqlar



Download 3,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/89
Sana13.05.2023
Hajmi3,1 Mb.
#938080
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   89
Bog'liq
Ekologiya. Tursunov H.T. Raximov T.U.

Nazorat savollari va topshiriqlar
1. Populyatsiya nima?
2. Populyatsiyaning qanday xarakterli belgilarini bilasiz?
3. Qanday populyatsiya tiplari bor?
4. Populyatsiyalar dinamikasi, uning joyda tarqalish tiplari 
qanday?
5. Populyatsiyaning vaqtida o’sishi va model nima ?
6. Nima uchun populyatsiya muhofaza vositasi hisoblanadi ?
34


5-bob. EKOSISTEMALAR
Ekologik sistema deb birga yashovchi har xil organizmlar va 
ulaming yashash muhiti orasidagi qonuniyatli bog’lanishga aytiladi. 
Bunga o’rmon, o’tloq, ko’l va boshqalar misol bo’ladi. Masalan, 
o’rmonni shunday ta’riflasa bo’ladi: o’rmon- bu geografik shakllangan, 
o’z-o’zini boshqaruvchi o’simlik va hayvonlar populyatsiyalari 
yig’indisi bo’lib, ular uchun muhitni boshqaruvchi asosiy rolni bir tur, 
yoki bir necha turga mansub populyatsiya o’ynaydi. Ana shunday 
jamoalami ifodalash uchun akademik V.N Sukachev (1942) 
biogeotsenoz terminini tavsiya etgan.
Organizmlar jamoasi anorganik muhit bilan bog’lik. O ’simliklar 
undagi karbonat angidridi, suv, kislorod va mineral tuzlar hisobiga 
yashaydi. Geterogrof organizmlar esa avtotroflar hisobiga yashaydi. 
Lekin ular kislorod va suvga ham muhtojdir. Jamoalar anorganik muhit 
bilan ma’lum sistemani shakllantiradi.
Organizmlar va anorganik komponentlar birligida, modda 
almashinuvini amalga oshiradi. Shu tarzda ekologik sistema tashkil 
topadi. «Ekosistema» tushunchasi ilk bor ingliz ekologi 
A.
Tensli (1935) tomonidan qo’llanildi. U ekosistemalami tabiatning yer 
yuzidagi eng asosiy birligi deb hisobladi.
Modda aylanishinig amalga oshishi uchun anorganik moddalar va 
yana 3 ekologik guruh organizmlari produtsentlar, konsumentlar va 
redutsentlar bo’lishi lozim.
Produtsentlar — bu avtotrof organizmlar bo’lib, anorganik 
birikmalaridan foydalanadi.
Konsumentlar—bu geterotrof organizmlar bo’lib, produtsentlar 
va boshqa konsumentlar hosil qilgan organik moddalardan foydalanadi.
Redutsentlar—organik moddalar hisobiga yashaydi va ular 
moddalarni qayta o ’zlashtiriladigan birikmalarga aylantiradi. Tabiatda 
turli ekosistemalar uchraydi. Masalan daraxtlardagi lishayniklar 
yostiqchasi, yoki kichikroq muvaqqat suv havzasi, o’tloq, o’rmon, 
dasht, cho’l, okean, butun yer yuzining hayot bilan band qismi.
Ekosistema va biogeotsenoz terminlari bir-biriga yaqindir. 
«Ekosistema» modda almashinuvi amalga oshib turadigan sistemani 
bildiradi.
35


Moddalar aylanishi va organizmlaming ekosistemadagi hayoti
doimiy ravishda ularni ta’minlab turadigan energiya oqimiga bog'liq. 
Yerdagi butun hayot quyosh nurlari energiyasi yordamida davom etadi. 
Bunda fotosintez yordamida organik birikmalaming kimyoviy 
bog’lanishlari hosil bo’ladi.
Ozuqa zanjiri deganda biz nimani tushunamiz? Jamoalardagi 
ozuqa zanjiri bu energiyaning bir organizmdan ikkinchisiga berilish 
ketma—ketligidir. «O’simlik, hashorat, baqa, ilon, kalxat» ozuqa 
zanjirida birinchi bo’g’indan keyingilariga qarab biomassa kamayib 
boradi. Ekosistemalar oziq turlari orqali o’zaro bog’langandir.
Konsumentlar tomonidan qabul qilingan ozuqalar to’liq 
o’zlashtirilmaydi va uning ma’lum bir qismi tashqi muhitga qaytariladi. 
Hayvonlarda ozuqa moddalaming o ’zlashtirilishi 30% dan 70% 
gachani tashkil qiladi. Energiyaning ko’p qismi nafas olishda 
sarflanadi. Qabul qilingan ovqatning oz qismi organizmlaming 
o’sishiga ketadi.
Ekosistemaning hayoti faqat energiya oqimiga bog’lik bo’lib, u 
quyosh nuri yoki tayyororgarlik moddalar hisobiga ta’minlanadi.

Download 3,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish