Moddalarning davriy aylanishida bajaradigan vazifasiga ko`ra ekosistemadagi turlar quyidagi guruhlarga bo`linadi:
1. Produsentlar.
2. Konsumentlar.
3. Redusentlar (destruktorlar).
produsentlar
Produsentlar. Yorug`lik va kimyoviy energiyadan foydalanib, anorganik moddalardan organik birikmalarni sintezlovchi organizmlar
Ushbu guruhga yashil o`simliklar, fotosintezlovchi, xemosintezlovchi bakteriyalar kiradi
PRODUSENTLAR
konsumentlar
Tirik organizmlar tarkibidagi organik modda hisobiga oziqlanadigan va undagi energiyani oziq zanjiri orqali uzatadigan organizmlar.
Oziq turiga ko`ra konsumentlar quyidagi tartiblarga bo`linadi:
Produsentlarni iste`mol qiluvchi (I-tartib konsument)
Go`shtxo`r hayvonlar (II-tartib konsumentlar)
Yirtqich hayvonlar (III- IV tartib konsumentlar)
Hammaxo`r hayvonlar (o`simlik va go`sht mahsulotlarini iste`mol qiluvchilar)
Detritofaglar – chirindi bilan oziqlanuvchilar(go`ngxo`r qo`ng`izlar, chuvalchanglar, eshakqurt, ko`poyoqlilar)
KONSUMENTLAR
Redusentlar (destruktorlar)
Hayot faoliyati davomida organik qoldiqlarni anorganik moddalarga aylantiradigan, natijada ulardagi elemantlarni moddalarning davriy aylanishiga qaytaradigan organizmlardir. Bularga tuproq bakteriyalari zamburug`lar kiradi. redusentlar tabiiy sanitarlar hisoblanadi. chunki ular bo`lmaganda yer yuzi o`lik qoldiqlar bilan to`lib ketgan bo`lar edi.
Chiriyotgan o`simlik, zamburug`, hayvon qoldiqlari detrit deyiladi. detritning parchalanishida detritofaglar, redusentlar qatnashadi.
Oziqa zanjiri
Bir bo`g`indan ikkinchi bo`g`inga maddalar va energiya o`tadigan organizmlarning tizimli ketma-ketligi sanaladi. “Oziq zanjiri” atamasini 1934 yil zoolog va ekolog Ch. Elton taklif etgan. Oziq zanjiri asosiga qarab 2 guruhga bo`linadi:
1. Produsent tipidagi zanjir- yashil o`simliklardan boshlanadigan oziq zanjiri.
Detrit tipidagi zanjir –oziq zanjiri detritdan boshlanadi.
Oziq to`ri
Ko`pchilik organizmlar bir xil turdagi oziq bilan oziqlanmaydi. Bir turning o`zi turli xil oziq zanjirlarining bo`g`ini sifatida ularni o`zaro bog`lab turadi. natijada trofik zanjirlar bir-biri bilan chalkashib, ekosistemada trofik (oziq) to`ri- bir necha oziq zanjirlaridan iborat bo`lgan murakkab to`rni hosil qiladi.
Trofik darajalar
Oziq zanjirida turlarning joylashgan o`rniga qarab, biogeotsenozlarning trofik darajalari farqlanadi.
Oziq zanjiridagi har bir organizm ma`lum bir trofik darajaga ega bo`ladi. organizmning oziq zanjiridagi o`rni trofik daraja deyiladi. trofik darajalar soni oziq zanjiridagi bo`g`inlar soniga teng.