Fan/modul kodi



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/251
Sana07.05.2023
Hajmi5,52 Mb.
#936170
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   251
Bog'liq
PUL VA BANKLAR FANIDAN MAJMUA

Jamg‘ arish vositasi. 
Pul shuningdek jamg‘ arish vositasi sifatida xizmat qiladi; daromad olingan 
vaqtdan boshlab xarajat qilingungacha bo‘ lgan davrda xarid qobiliyatini saqlab turish 


vositasi xisoblanadi. Pulning ushbu funksiyasi foydali hisoblanib, ko‘ pchiligimiz 
saqlashni afzal ko‘ rib, pullarni olishimiz bilan darhol xarajat qilishni hoxlamaymiz. 
Pul – yagona jamg‘ arish vositasi emas; har qanday aktivlar 
– pullar, aksiyalar, obligatsiyalar, er, uy, san‘ at asarlari yoki zargarlik mollari –
jamg‘ arish vositasi hisoblanadi. Ushbu aktivlardan ko‘ pchiligi pulga nisbatan 
o‘ zining egalariga katta foyda (foiz) keltirib, narxi kutariladi va qulayliklar yaratadi 
(masalan, boshimiz ustidagi tom). Agarda ushbu aktivlar jamg‘ arish vositasi sifatida 
pul bilan taqqoslaganda ancha foydali bo‘ lsa, unda insonlar nega pullarni 
jamg‘ arishadi? Ushbu savolga javob muhim iqtisodiy tushuncha hisoblangan 
likvidlilik 
bilan bog‘ liq hisoblanib, aktiv oson va tezkorlik bilan ayirboshlash 
vositasiga aylanadi. Likvidlilik juda ham muhim hisoblanadi. Pul ayirboshlash vositasi 
hisoblanganligi bois eng likvidli aktiv hisoblanadi; bir narsa sotib olish uchun pul 
boshqa narsaga aylantirish shart emas. Boshqa aktivlar pulga aylantirilganda tranzaksion 
xarajatlarni talab qiladi. Masalan, siz uyingizni sotsangiz, brokerlik komissiyasini 
to‘ lashingiz shart (odatda sotish narxining 4-6% ini tashkil qiladi). Agar siz kechiktirib 
bo‘ lmaydigan hisobraqamlarni tezda to‘ lash uchun naqd pullarga muhtoj bo‘ lsangiz, 
pulni tezda sotish uchun uyingizni ancha past narxda sotishingizga to‘ g‘ ri keladi. Pul 
eng likvidli aktiv bo‘ lmasin va yuqori darajadagi jamg‘ arish vositasi hisoblanmasada 
odamlar bajonidil pulni saqlaydi. Jamg‘ arish vositasi sifatida pulning ishonchliligi 
narxlar darajasiga bog‘ liq hisoblanadi. Masalan, barcha narxlarning ikki barobar 
oshishi, pulning qiymatini ikki barobarga kamayganligini anglatadi. Teskari holatda 
narxlarning ikki barobarga kamayishi pulning qiymatini ikki barobarga oshganligini 
ko‘ rsatadi. Inflyasiya sharoitida narxlar darajasining tezlik bilan o‘ sishi kuzatilsa, pul 
tezda o‘ zining qiymatini yo‘ qotadi. Natijada odamlar istar-istamas o‘ zlarining 
boyliklarini pul shaklida saqlashadi. Bu holat oylik inflyasiya surati 50% dan oshishi 
natijasida yuzaga keladigan giperinflyasiyaga hos bo‘ lgan bo‘ lgan yuqori inflyasiya 
sharoitiga ko‘ proq mos tushadi. Birinchi jahon urushidan so‘ ng Germaniyada xuddi 
shunday inflyasiya sodir bo‘ lib, inflyasiya surati ba‘ zan oyiga 1000% dan oshib 
ketdi. 1923 yilda giperinflyasiya tugagungacha narxlar darajasi ikki yil oldingiga 
nisbatan 30 milliard marotaba o‘ sishi kuzatildi. Aytishlaricha, giperinflyasiya tugash 
davrida buxanka non sotib olish uchun bir zambil naqd pul talab qilingan ekan. Pul 
o‘ zining qiymatini shunchalik darajada tez yo‘ qotgan ediki, ish kuni davomida 
ishchilarga bir necha marotaba ish haqi to‘ langan va pullar o‘ zining qiymatini 


yo‘ qotib qo‘ yishidan oldin ertaroq pullarni sarflashlari maqsadida tanaffuslar e‘ lon 
qilingan. Hech kim pulni jamg‘ arishni xohlamagan, chunki ularning almashuv vositasi 
sifatida o‘ rni yo‘ qolgan va barter tizimi yanada rivojlanishiga olib kelgan. Operatsion 
xarajatlar yuqori darajada o‘ sib, kutganimizdek, yalpi ishlab chiqarish hajmi keskin 
tushib ketgan. 

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   251




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish