Fan/modul kodi


Iqtisodiyotda pul, kredit va banklarning o‘ zviy bog‘ liqligi



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/251
Sana07.05.2023
Hajmi5,52 Mb.
#936170
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   251
Bog'liq
PUL VA BANKLAR FANIDAN MAJMUA

 
Iqtisodiyotda pul, kredit va banklarning o‘ zviy bog‘ liqligi. 
Jamiyatda mehnat taqsimoti va ishlab chiqarish jarayonining mavjudligi iqtisodiy 
hayotda pulning roli doimo oshib boraveradi. Birgina mehnat taqsimotiga e‘ tibor 
qaratadigan bo‘ lsak, kompaniya yoki firma biror narsani ishlab chiqarish yoki 
xizmat turini ko‘ rsatish uchun zarur xom – ashyo va materiallarni olish 
maqsadida bir necha xo‘ jalik yurituvchi sub‘ ektlar bilan iqtisodiy aloqalarni 
o‘ rnatadi, ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘ rsatish jarayonida ishtirok 
etayotgan xodimlarning mehnati uchun haq to‘ laydi va boshqa qator ishlarni 
amalga oshiradi. Bularning barchasi tomonlar o‘ rtasidagi o‘ zaro iqtisodiy 
hamkorlik va manfaatdorlik asosida amalga oshiriladi. Mana shu iqtisodiy 
hamkorlik va manfaatdorlikni amalga oshirishning iqtisodiy mexanizmi sifatida 
pulning roli alohida ahamiyat kasb etadii. 
Bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillarida biri har qanday faoliyatning asosida 
iqtisodiy manfaatdorlik yotadi. Ishlab chiqaruvchi korxona, tashkilot yoki firma 
yaratayotgan tovar yoki xizmatlarni shaxsiy iste‘ moli uchun emas, balki bozorda 
sotish orqali tegishli iqtisodiy foyda ko‘ rish ilinjida ishlab chiqaradi. Bu ishlab 
chiqaruvchi va iste‘ molchilar o‘ rtasida tovar – pul munosabatlarini vujudga 
keltiradi, ushbu munosabatda pul ishlab chiqaruvchi va iste‘ molchi o‘ ratasida 
ayirboshlash vositasi sifatida muhim rol o‘ ynaydi. 
Bu erda ishlab chiqaruvchi va iste‘ molchi o‘ rtasida ayirboshlanadigan tovar yoki 
mahsulotning bahosi muhim rol o‘ ynaydi. Ularning bahosi bozordagi talab va taklif 
asosida pulda ifodalanadi. Pulning rolini amal qilishida baho muhim iqtisodiy 


mexanizm hisoblanadi, tovar va xizmatlar bahosiga qator omillar ta‘ sir qiladi. Xususan, 
tovar va xizmatlarning sifati, unga bo‘ lgan talab darajasi, sotib oluvchining to‘ lov 
qobiliyati va boshqa qator omillar shular jumlasidandir. 
Haqiqatda ham yuqorida qayd etilgan jarayonlarni tashkil etishda pulning ishtiroki 
muhim ahamiyat kasb etadii. Shu bilan birga, pulning tovar xo‘ jaligi sharoitida amal 
qilishining 
samaradorligini 
oshishiga 
qator 
omillar 
ta‘ sir 
qiladi.
Xususan ular quyidagilardan iborat: 
1.
Iqtisodiyotning barqarorligi va raqobatbardoshligi. Mamlakat iqtisodiyotining 
barqarorligi va raqobatbardoshligi aholining iste‘ mol tovarlar va xizmatlarga 
bo‘ lgan talabini mahalliy ishlab chiqarish hisobidan qondirish imkoniyatini beradi. Bu 
bozor iqtisodiyoti sharoitida juda muhim hisoblanadi. Birinchidan, import hajmini 
qisqartirish asosida xorijiy valyutalarni chetga chiqib ketishining oldini oladi. 
Ikkinchidan, milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan barqarorligini oshiradi. 
Markaziy bankning mustaqilligini ta‘ minlanganligi. Ma‘ lumki, Markaziy bankning 
bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta‘ minlashga qaratilgan, ushbu 
maqsadni samarali amalga oshirish uchun Markaziy bank hukumat va davlat boshqaruv 
organlari bosimidan holi bo‘ lishi lozim. Aks holda milliy valyutaning barqarorligi 
zaiflashadi va uning xalq xo‘ jaligidagi roli pasayadi. 
2.
Aholi va mijozlarning bank tizimiga ishonchining mustahkamligi. Mamlakat 
aholisi va mijozlarning bank tizimiga bo‘ lgan ishonchining yuqoriligi pulning roliga 
bevosita va bilvosita ta‘ sir qiladi. Chunki aholi va mijozlarning banklarga nisbatan 
ishonchining yuqoriligi ularning vaqtinchalik bo‘ sh pul mablag‘ larini banklarga 
muddatli omonat sifatida qo‘ yishga undaydi. Bu esa pulning jamg‘ arma vositasi va 
to‘ lov vositasi rolini oshiradi, shu bilan birga, birinchidan, pul egalariga qo‘ shimcha 
daromad keltiradi, ikkinchidan, banklarning real sektorni kreditlash imkoniyatlarini 
oshiradi. Bularning barchasi tovar xo‘ jaligi sharoitida pulning rolini oshishiga ijobiy 
ta‘ sir ko‘ rsatadi. 
3.
Inflyatsiya darajasining tegishli me‘ yorlarda saqlab turilishi. Milliy valyutaning 
inflyatsiya darajasi xalqaro amaliyotda qabul qilingan me‘ yorlardan ortib ketishi uning 
iqtisodiyotdagi roliga salbiy ta‘ sir ko‘ rsatadi. Inflyatsiya darajasi yuqori bo‘ lgan 


sharoitda aholining real daromadlari pasayadi, kredit muassasalarida uzoq muddatli 
omonatlar hajmi qisqaradi, korxona va tashkilotlar ishlab chiqarish hisobidan emas, balki 
o‘ zaro olib sotish yo‘ li bilan daromad izlash payiga tushib qoladi. Natijada aholining 
iste‘ mol tovarlarga bo‘ lgan talabi mahalliy ishlab chiqarish hisobidan emas, balki 
import hisobidan qondiriladi. Bularning barchasi milliy valyutaning iqtisodiyotdagi rolini 
pasayishiga olib keladi. 

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   251




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish