Fan/modul kodi


Tanga pullarning rivojlanish tarixi



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/251
Sana07.05.2023
Hajmi5,52 Mb.
#936170
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   251
Bog'liq
PUL VA BANKLAR FANIDAN MAJMUA

Tanga pullarning rivojlanish tarixi

Mavjud iqtisodiy adabiyotlarda dastlabki tanga 
pullar Xitoy mamlakatida va qadimgi Lidiya xonligi davrida miloddan avvalgi VII asrda 
paydo bo‘ lganligini ta‘ kidlaydi. Manbalarga ko‘ ra, birinchi oltin pullar bizning 
eramizgacha bo‘ lgan VII asrda Lidiya shohi Gigesning buyrug‘ i bilan zarb etilgan. 
Oltinga o‘ zining tasvirini tushirib zarb qilgan birinchi shox Aleksandr Makedonskiy 


hisoblanadi, o‘ sha davrda oltinning qiymati uning probasi va og‘ irligi bilan o‘ lchanar 
edi. 
AQShda monetalar 1793 yilda zarb etilgan, shu davrga qadar va undan keyin uzoq 
muddat davomida mamlakatda xorijiy mamlakatlarning tangalari to‘ lov vositasi sifatida 
amal qilgan. Mamlakatda ayrim xorijiy tangalar 1857 yilgacha to‘ lov vositasi sifatida 
muomalada ishtirok etdi. 
Muomalada oltin tangalar to‘ lov vositasini bajarganda ular haqiqiy pul sifatida 
o‘ zining sohibiga iqtisodiy zarar keltirmaydi va avtomatik ravishda boshqarilib turish 
xususiyatiga ega bo‘ lgan. Ya‘ ni, ularni hozirgi paytdagi kabi qog‘ oz pullarni emissiyasi 
orqali tartibga solib turishga ehtiyoj bo‘ lmagan. Agar oltin tangalarning hajmi ehtiyojdan 
ortib ketadiigan bo‘ lsa, ular boylik sifatida avtomatik tarzda jamg‘ armaga o‘ tadi, 
aksincha bo‘ lganda esa to‘ lov vositasi sifatida muomalaga chiqadi. Shu bois ham oltin 
tangalar to‘ lov vositasini bajargan paytda pul tizimini tartibga solish apparati va pul – 
kredit siyosatini amalga oshirishga ehtiyoj bo‘ lmagan. 
O‟zbekiston hududida dastlabki metall tangalar 
miloddan ilgarigi VI asrda 
Ahmoniy shoh Doro I tomonidan zarb etilgan. Ushbu metall tangalarning og‘irligi 8,4
grammni tashkil etgan bo‘lib, ―darik deb nomlangan tilla tangalar ekanligi taxmin 
qilinadi. O‘sha vaqtlarda, ya‘ni miloddan ilgarigi VI – IV asrlarda hozirgi O‘zbekistonning 
asosiy qismi, ya‘ni Xorazm, Sug‘diyona va Sak qabilalari yashagan hududlar Ahmoniylar 
davlati tarkibida bo‘lganini hisobga olsak, ushbu ―darik‖lar O‘zbekiston zaminida
amal qilgan bizga ma‘lum birinchi tangalar o‘ lgan desak xato qilmaymiz. 
Miloddan avvalgi 330 – 327 yillarda makedoniyalik Iskandar Ahmoniylar saltanatini 
tor – mor qilib, hozirgi O‘ zbekiston zaminida joylashgan Baqtriya va Sug‘ diyonaga 
bostirib kiradi. Makedoniyalik Iskandar surati tushirilgan tangalardan vazni 4,1 g. 
bo‘ lgan kumush draxma, vazni 8,2 g. bo‘ lgan kumush didraxma (ikki draxma) hamda 
vazni 16,4 g. bo‘ lgan kumush tetradraxma (to‘ rt draxma)lar zarb qilinib, ular 
muomalada bo‘ lgani ma‘ lum. Shuningdek, vazni 8,4 
g. bo‘ lgan oltin tanga (starer) va vazni 40 grammdan ortiq bo‘ lgan kumush dekadraxma 
ham zarb qilingan. 
Yunon – Baqtriya davlati tomonidan zarb etilgan tangalardan 100 donaga yaqini 
Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida topilgan. Ushbu davlat pul tizimi asosini o‘ sha 


paytda draxma, didraxma, tetradraxma va dekadraxmalar tashkil etganligi tarixiy 
manbalardan ma‘ lum. 
O‘ rta Osiyo eramizning V asrida tarixan qisqa muddat davomida sosoniylar 
tasarrufida bo‘ lgan. Bu davrda hozirgi O‘ zbekiston xududida turli davrlarda zarb etilgan 
tangalar muomalada bo‘ lgan. Jumladan, sosoniylar tangalari asosan oltin, kumush va 
bronzadan zarb qilingan bo‘ lib, ularda sosoniy shohlariing suratlari bilan birga, turli 
hayvonlar va qushlar aksi ham tushirilgan. Hozirgi O‘ zbekistonning asosiy qismi V 
asrning ikkinchi yarmida Sirdaryoning sharqiy sohilidan kirib kelgan deb taxmin 
qilinayotgan va tarixda eftaliylar nomi bilan qolgan qabilalar tomonidan bosib olinadi. 
Eftaliylar davrida O‘ rta Osiyo asta sekin rivojlana boshlagan. Xalqaro savdo ham 
rivojlangan. Tashqi savdo asosan Xitoy, Xindiston, Eron va Vizantiya (Rum) bilan amalga 
oshirilgan. Eftaliylar dastlabki paytlarda sasoniy hukmdorlari Bahrom va Perozning 
kumush tangalaridan keng foydalanishgan. Buning asosiy sababi sifatida sosoniylar 
tomonidan eftaliylarga o‘ lpon sifatida to‘ langan juda ko‘ p miqdordagi kumush tangalar 
xazinada to‘ planganligiga bog‘ liq deb taxmin qilinadi. Eftaliylar hukmronligi davrida 
juda ko‘ p miqdorda, ba‘ zi ma‘ lumotlarga qaraganda 200 dan ko‘ proq marta metall 
tangalar zarb qilingan. Har bir viloyat, har bir yarim qaram xudud o‘ zi tanga zarb qilish 
huquqiga ega bo‘ lgan.Umuman, V – VI asrlarda hozirgi O‘ zbekiston hududiga shimol 
va sharq tomonlardan turli ko‘ chmanchi xalqlar tinimsiz bosqinchilik qilib kirib kela 
boshlaydi. VIII asrning o‘ rtalarida O‘ rta Osiyo arablar tomonidan bosib olinib, o‘ lkada 
islom dini joriy etiladi va qadimiy yurt Movarounnahr deb atala boshlaydi. Shu davrdan 
boshlab muomalada bo‘ lgan metall tangalar ko‘ rinishida o‘ zgarishlar yuz bera 
boshlaydi. Asta – sekin tangalardan shoh va hokimlarning suratlari o‘ rnini islom oyatlari 
egallaydi. Natijada «kufi» nomi bilan tarixda ma‘ lum bo‘ lgan tangalar davri boshlanadi. 
Islom imperiyasida markazlashtirilgan boshqaruv tizimi tashkil etilgandan keyin xalifa 
Abdumalik 696 yilda imperiyaning butun hududida yagona pul tizimini joriy etdi. Shu 
davrdan boshlab, yirik savdo bitimlarini amalga oshirish uchun vazni 4,3 gramm bo‘ lgan 
oltin dinor zarb etilgan. Maosh va soliqlar to‘ lovi uchun vazni 2,8 gramm bo‘ lgan 
kumush drahmalar chiqariladi. Kundalik savdo – sotiq esa mis tangalar – fuluslar 
yordamida (yunoncha «follis» hamyon ma‘ nosini anglatadi) amalga oshirila boshladi. Bu 
pul birliklari Movarounnahrda ham o‘ sha davrda muomalada bo‘ lgan. IX asrga kelib, 
Movarounnahrda somoniylar davlati vujudga keladi. Somoniylar xalifa hukmronligini 
rasman tan olishgan bo‘ lsada, ular amalda mustaqil edilar. Somoniylar davlatining 


poytaxti Buxoro shahri bo‘ lgan. Somoniylar davlati o‘ z tasarrufiga hozirgi 
O‘ zbekistonning asosiy qismi, Turkmaniston va Tojikiston hamda Eronning Xuroson 
viloyatini qamrab olgan, markazlashgan davlat edi. Bu davlat taxminan 120 yildan 
ko‘ proq muddat davomida mavjud bo‘ ldi. 
XII asrning o‘ rtalarida, xorazmshoh Otsiz davriga kelib, Xorazm davlati kuchayib 
ketadii. XII asr 80 – 90 yillariga kelib Xorazm o‘ ziga Movarrounnahr, Eron, Forsiy 
Iroqni bo‘ ysundiradi. Xorazm davlati xorazmshoh Tekash (1172 – 1200 yillar) va uning 
o‘ g‘ li Muhammad (1200 – 1220 yillar) hukmronligi davrlarida ayniqsa gullab –
yashnagan. Xorazmshohlar davlatida ham an‘ anaviy musulmon pul birliklari – oltin 
dinorlar, kumush dirhamlar va mis fuluslari muomalada bo‘ lgan. Bu tangalarda ham 
an‘ ana tarzida xalifa nomi qayd qilinib, undan so‘ ng xorazmshoh nomi bitilgan. 
Mo‘ g‘ ullar istilosi davrida (1220 yil yozidan) Xorazmda va uning tobeligidagi 
xududlarda vazni 1,8 – 1,9 gramm bo‘ lgan kumush dirhamlar muomalada bo‘ lgan. 
Mayda savdo – sotiq uchun mis pullar chiqarilgan. Mo‘ g‘ ullar zulmiga qarshi 
xalq bosh ko‘taradi. Bu harakat tarixda ―Sarbadorlar qo‘zg‘oloni deb nom 
olgan.Bu qo‘zg‘olon natijasida Samarqanddan mo‘g‘ullar haydab chiqariladi. 1370 yilda 
Samarqand taxtiga Amir Temur o‘tiradi va―Buyuk Temur saltanatini barpo etadii.
Ushbu imperiya tarkibiga hozirgi O‘ zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston. 
Qirg‘ iziston, Afg‘ oniston, Armaniston, Eronning barcha hududi, Iroq, Hindiston, 
Ozarboyjon, Gruziya, Qozog‘ istonning bir qismi kirgan. Katta miqdorda vazni 2 
grammni tashkil etgan oltin dinorlar, shuningdek, vazni 1,8 gramm bo‘ lgan kumush 
tangalar – miralar ham zarb etila boshlagan. Amir Temurning 40 dan ortiq tanga 
zarbxonalari bo‘ lganligi va bu erlarda zarb etilgan oltin va kumush tangalar Evropada 
ham mashhur bo‘ lganligi haqida ko‘ p ma‘ lumotlar mavjud. Birgina G‘ arbiy Eron va 
Ozarboyjonda Amir Temurning nomi bitilgan 120 turdan ortiq oltin va kumush tangalar 
muomalaga kiritilgan. Rossiyada XIX asrda va XX asrning boshlarida naqd pul shaklida 
oltin tangalar keng qo‘ llanilgan, xususan 1895 – 1897 yillardagi pul islohotlaridan 
keyin ham birinchi jahon urushiga qadar muomalada o‘ n va besh so‘ mlik oltin tangalar 
mavjud bo‘ lgan. O‘ zbekiston territoriyasida ham oktyabr inqilobiga qadar Chor
Rossiyasining tangalari bilan bir qatorda Buxoro va Xiva xonligining oltin tangalaridan 
foydalanilgan. Jahon sivilizatsiyasining taboro rivojlanib borishi va iqtisodiy 


munosabatlarning takomillashuvi muomalada qog‘ oz pullarning vujudga kelishiga 
zamin yaratdi. Natijada, qimmatbaho metallar o‘ rnini qog‘ oz pullar egalladi. 

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   251




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish