Interferension asboblar va interferensiya hodisasining qo’llanilishi



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana22.04.2023
Hajmi0,96 Mb.
#931113
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
opptika 2



Interferension asboblar va interferensiya hodisasining qo’llanilishi 
Reja 
1.
Kirish 
2. Interferensiyaning umumiy holari 
3. Frenel biprizmasi 
4. O’zgaruvchan qalinlikdagi plyonkaga aralashuv 
 
 
 
 
 


Kirish
Optika (yunoncha: optike — ko’rish haqidagi fan) — fizikaning yorug’likning 
tabiatini, yorug’lik hodisalari qonuniyatlarini, yorug’lik bilan moddalarning o’zaro 
taʼsirini o’rganadigan bo’limi. Yorug’likning to’g’ri chiziq bo’ylab tarqalishi 
qadimda Mesopotamiya va qad. Misrda maʼlum bo’lgan hamda undan qurilish 
ishlarida foydalanishgan. Tasvirning ko’zguda hosil bo’lishi bilan miloddan avvalgi 
3-asrda Aristotel, Platon, Yevklidlar shug’ullanishgan. Ootikaningning rivojlanishi 
Isak Nyuton, R. Guk, F. Grimaldi, X. Gyuygens va boshqalarning ishlari bilan 
bog’liq. XI-asrda arab olimi Ibn al-Xaysam (Algazen) Optika toʻgʻrisida risola 
yozgan bo’lsada, yorug’likning sinishi qonunini ifodalay olmagan. Faqat 1620-
yillarda bu qonunni tajriba yo’li bilan golland olimi V. Snellius va R. Dekart 
isbotladi. XVII asrdan yorug’lik haqida korpuskulyar va to’lqin nazariyalar paydo 
bo’la boshladi. Yorug’lik korpuskulyar (zarra) nazariyasining targ’ibotchisi X. 
Gyuygens edi. 
Yorug’likning to’lqin tabiati haqidagi tasavvurlar M. Lomonosov va L. Eyler 
tomonidan rivojlantirildi. IXX asr boshlarida ingliz olimi T. Yung va O. Frenel 
ishlari yorug’lik to’lqin nazariyasining uzil-kesil g’alabasiga olib keldi. Frenel 
kristallooptika hodisalariga to’lqin nazariyasini qo’lladi. T. Yung yorug’lik 
interferensiyasi hodisasini kuzatdi. Bu hodisa yorug’lik to’lqin tabiatiga ega 
ekanligini ko’rsatdi. Frenel yorug’lik interferensiyasi asosida yorug’likning to’g’ri 
chiziq bo’ylab tarqalishini, turli difraksiya xrdisalarini va boshqalarni tushuntirdi. 
Yorug’likning sinishi va qaytishida yorug’likning qutblanishini fransuz olimi E. 
Malyus kuzatdi (1808) va fanga "yorug’likning qutblanishi" terminini kiritdi. M. 
Faradey yorug’lik qutblanish tekisligining magnit maydonda burilishini kashf qildi 
1846-yilda va elektromagnetizm bilan Optika orasidagi bog’lanishni, tok kuchi 
elektromagnit birligining elektro-statik birligiga nisbati yorug’lik tezligiga 
tengligini topdi. 
J. K. Maksvell elektromagnit maydon tushunchasini rivojlantirdi, yorug’lik 
ham elektromagnit to’lqindan iborat, degan nazariyani yaratdi. U yorug’likning 
elektromagnit nazariyasiga asoslanib, yorug’likning hatto bosimi bo’lishini aytdi va 


uning son miqdorini nazariy aniqladi (1873-yil). Uning nazariy tekshirishlari 
elektromagnit maydonning yorug’lik tezligiga teng tezlik bilan tarqalishini 
ko’rsatdi. Italyan olimi A. Bartoli esa 1876-yilda yorug’lik bosimining 
termodinamik asosini yaratdi. 1899-yilda P. N. Lebedev birinchi bo’lib tajriba yo’li 
bilan yorug’lik bosimini aniqladi. 1888-yilda G. Gers vakuumda tarqalayotgan 
elektromagnit maydonning tezligi yorug’lik tezligiga teng ekanligini aniqladi va
Maksvell nazariyasini tajriba yo’li bilan tasdikladi. 
Issiklik manbalaridan chiqqan kogerent bo’lmagan to’lqinlar ham 
interferensiyani hosil qiladi. Masalan, astronomik katta teleskoplarda yulduzlardan 
kelgan yorug’liklar interferensiyasini kuzatish mumkin. Bunga sabab, yulduzlardan 
tarqalayotgan yorug’liq to’lqinlari o’z manbaidan uzoqlashgan sari, uning fazaviy 
kogerentlik darajasi R/r ga proporsional ravishda oshadi (R — yorug’lik 
manbaigacha bo’lgan masofa, r — manba o’lchami). Issiqlik manbalaridan chiqqan 
to’lqinlar manbadan qancha uzoqlashsa, ular shuncha yassi to’lqinlarga yaqin 
bo’ladi. Lekin yorugʻlik intensivligining susayishi h/R2 tarzda boʻlgani uchun 
ularning yorug’lik interferensiyasini qayd qilish juda sezgir teleskoplarni taqozo 
etadi [1] 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish