Buxoro davlat universiteti samadova sarvinoz samad qizi


Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari darslarida zamonaviy



Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/84
Sana20.04.2023
Hajmi1,57 Mb.
#930777
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   84
Bog'liq
12820 2 CF7F938B2489A1158EC83A2505D1D54E54EA5999

 
Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari darslarida zamonaviy
pedagogik texnologiyalarni qo‘llashga qo‘yiladigan talablar. 
Milliy g‘oya ta`limini olib borishda zamonaviy pedagogik 
texnologiyalarni qo‘llashga quyidagi talablar qo‘yiladi: 
1. Har bir guruhda o‘quvchi-talabalarga milliy g‘oyani 
singdirishning mazmun va mohiyatini, yosh va intellektual 
xususiyatlarini hisobga olib yondashish. 
2. O‘quvchi-talabalarga ezgulik bilan ijtimoiy faollikni uzviy 
ravishda mujassamlashtirilgan holda singdirish. 
3. Milliy g‘oyani singdirishning yo‘nalishlari va bosqichlarini 
belgilash. 
4. Milliy g‘oyani singdirishning metod va shakllari hamda 
vositalar mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish. 
5. O‘quvchi-talabalarning ongi va shuuriga milliy istiqlol 
g‘oyasini singdirishda ijtimoiy tarbiyaning barcha omillari 
hamkorligidagi ishlarni amalga oshirish. 
6. Darsdan tashqari mashg‘ulotlarda milliy g‘oyani singdirishga 
doir ilg‘or pedagogik texnologiyalar hamda eng maqbul amaliy 
usullarni qo‘llash. 
7. O‘quvchi-talabalarning ma’naviy-axloqiy sifatlari hamda 
dunyoqarashini boyitib borish bilan birga milliy mafkuraning 
mohiyati, ijtimoiy taraqqiyot va shaxs kamolotini ta’minlashdagi 


57 
o‘rni, ahamiyati, milliy g‘oyani o‘rganish zaruratini doimiy ravishda, 
maqsadga muvofiq yoritib borish. 
8. Milliy g‘oya asosida talaba-o‘quvchilar ma’naviyatini 
shakllantirishni aniq maqsadga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat 
negizida tashkil etish. 
9. Fanni o‘qitish va tarbiyaviy ishlarning uzviyligi-uzluksizligini 
ta’minlash. 
10. O‘qitish jarayonida berilayotgan bilimlar va keltirilayotgan 
faktlarning aniqligiga rioya qilish. 
11. Nazariy bilimlar va hayotiy misollarning o‘zaro mosligi,
ularning bir-birini to‘ldirishiga e’tibor berish. 
12. Fanlararo aloqa tamoyiliga rioya qilish, tushunchalarni 
sodda, aniq berish, ularni o‘rganuvchilarning yoshi, dunyoqarashi, 
ruhiyatiga mosligini ta’minlash.
13. O‘quv dasturi, qo‘llanma va darsliklarning bir-biriga mos 
bo‘lishini ta’minlash. 
14. Dasturda belgilangan mavzular va ularga ajratilgan 
soatlarning o‘quv qo‘llanmalari va darsliklarga mos kelishi hamda 
to‘la yoritilishini ta’minlash. 
15. O‘qituvchining dasturda belgilangan mavzular bo‘yicha 
qo‘shimcha ilmiy-metodik materiallarga ega bo‘lishi, o‘z ustida 
muntazam ishlashini ta’minlash. 
16. Dastur vazifalarini to‘liq amalga oshirish uchun zarur 
bo‘lgan metodik tavsiya, amaliy mashg‘ulotlar, referatlar, mustaqil 
ishlar uchun mavzular, savollar, tayanch iboralar lug‘ati, qo‘shimcha 
adabiyotlar va yordamchi manbalarni takomillashtirish. 
Milliy g‘oya ta`limini olib borishda zamonaviy pedagogik 
texnologiyalarni qo‘llashda quyidagilar metodologik asosi bo‘lib 
xizmat qilishi lozim:
 
1. Milliy g‘oyani singdirish jarayonida tarixiy boy ma’naviy 
merosimizga doir bilimlar berishga e’tibor qaratish. 
2. Xalq pedagogikasi va buyuk allomalarimizning falsafiy 
qarashlari va mulohazalarini o‘rganish. 
3. Mustaqillikka erishgandan keyingi o‘tgan davr mobaynida 
barcha sohalarda (ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-madaniy) 
amalga oshirilgan ulkan o‘zgarishlar haqida tushunchalar berish. 
Talaba-o‘quvchilar 
qalbiga 
milliy 
g‘oyani singdirishda 
pedagogik hamkorlik texnologiyalarini yaratish zarur. Bunda 


58 
birgalikdagi harakat, tarqatma material, mustaqil ish, trening, 
o‘yinlar, ssenariy, ishontirish va h.k.larni amalga oshirish tavsiya 
etiladi. 

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish