reproduktiv metod:
bilimlar tayyor holda tavsiya etiladi, bilim
nafaqat bayon qilinadi, balki tushuntiriladi; bilimlar ongli
o‘zlashtiriladi; ularning tushunilishi va eslab qolinishiga erishiladi
hamda bilimlarning mustahkamligi tez – tez takrorlash yo‘li bilan
ta’minlanadi.
-
muammoli bayon qilish metodi;
-
qisman ijodiy (evristik) metod.
Bilim tayyor holda tavsiya
etilmaydi, balki u mustaqil ravishda egallanadi; yangi bilimlarni
qidirish, izlash tashkil etiladi; bilish vazifalari bo‘yicha mustaqil fikr
yuritiladi, muammoli vaziyatlar yaratiladi va hal qilinadi;
-
tadqiqiy
metod.
Bunda
muammo
belgilab
olinadi,
muammoning tadqiqoti jarayonida bilim egallanadi .
4. Didaktik maqsadi bo‘yicha (T.I.Shukina, I.T. Ogorodnikov)
qo‘yidagilar farqlanadi:
- ilk bilimlarni o‘zlashtirish metodlari;
- egallangan bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish
metodlari
.
51
5. Olinishi zarur bo‘lgan natijani oldindan taxmin qilish
(maqsadni amalga oshirishga erishish);
6. Ta’lim jarayonining yaxlitligini ta’minlash;
7. Muntazam tahlil qilib borish;
“Ma’naviyat asoslari” fanini o‘qitish metodikasida o‘qitish va
o‘rganish metodlari quyidagi guruhlardan iborat keng tarqalgan
tasniflarga borib taqaladi.
1.Bilimlarni berish, idrok etish va o‘zlashtirish hamda e’tiqodni
shakllantirishni ta’minlovchi metodlar. Metodlarning bu guruhiga
ma’ruza, talabalarning mustaqil ishlari, mustaqil tahsil olish bo‘yicha
ishlar,
maslahatlar,
ko‘rsatma
berish,
ommaviy
axborot,
programmalashtirilgan materiallarni idrok etish va boshqalar
kiradi.
2. Bilimlarni tadbiq etish va mustahkamlash, malaka va
ko‘nikmalarni hosil qilish hamda e’tiqodni chuqurlashtirish
metodlari. Bu guruhga seminar, amaliy va laborotoriya
mashg‘ulotlari, nazorat ishlarini bajarish, o‘quv va pedagogik
amaliyot kiradi.
3. Bilimlar, e’tiqodlarni shakllantirish va talabalarning kasbiy
tayyorgarligini aniqlash metodlari. Bu o‘quv jarayonining reyting
baholari, suhbat o‘tkazish, kurs va diplom ishlari loyihalari hamda
davlat attestatsiyasi natijalarini baholashdir. Didaktikaga oid
adabiyotlarda o‘qitish metodlarining quyidagi bog‘liqliklari qayd
qilinadi:
- birinchidan, o‘quv mashg‘ulotlarining didaktik maqsadlari va
vazifalariga bog‘liq;
- ikkinchidan, bayon qilinadigan materialning xarakteriga
bog‘liq;
- uchinchidan, ta’lim oluvchilarning bilimi va rivojlanish
darajasiga bog‘liq;
- to‘rtinchidan, o‘quv jarayonida o‘rganilayotgan fan asoslarining
muayyan (hozirgi) davrdagi metodlariga bog‘liq;
- beshinchidan, oliy o‘quv yurti yoki kafedraning sharoitlariga
bog‘liq;
- oltinchidan, o‘quv jarayonining moddiy – texnik ta’minoti
bilan bog‘liq;
52
- yettinchidan, o‘qituvchining pedagogik mahorati, uning
tayyorgarligi va o‘quv jarayonini tashkil etish darajasi hamda
o‘qituvchining hozirgi zamon metodlari bo‘yicha bilimlariga bog‘liq.
Shunday qilib, O‘zbekiston Respulikasidagi oliy ta’limni isloh
qilishning dolzarb vazifasi talabalarning o‘quv – bilish faoliyatini
jonlantirish, o‘quv jarayoniga yangi texnologiyalarni tadbiq etishga
xizmat
qiladigan
o‘qitishning
shakl
va
metodlarini
takomillashtirishdan iborat.
O‘qituvchining pedagogik faoliyati tavsifida olimlar, odatda
quyidagi komponentlarni farqlaydilar:
-
tashkilotchilik
-
ilmiy bilish;
-
kommunikativlik.
Zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish yangi avlod ta’lim
standartlarini joriy etishning zaruriy shartiga aylanib bormoqda.
Davlatimiz
ta’lim standartining asosini ta’lim muassasalari
bitiruvchilarining malaka talablari kompitensiyalari belgilangan.
Masalan, A1, A2, A2+; V1, V2, V2+ kompitensiya darajalari. Mazkur
holatda fanni o‘zlashritishda qator yangicha yondashuvlardan
foydalanish masalan, tabaqalashgan ta’lim yoki didaktik o‘yin
texnologiyalaridan foydalanishga talab ortadi.
Didaktik o‘yinlar haqida quyidagi fikr diqqatga sazovor:
“O‘qitishda didaktik o‘yinlar o‘quvchilarni bilimlarga qiziqtiruvchi,
bilish doiralarini kengaytiruvchi, ularda hozirjavoblik xususiyatlarini
tarbiyalovchi, o‘quvchilarni faollashtirish omillaridan hisoblanadi.
Chunki, o‘quvchi faol fikr yuritadi, o‘zida ijodiy erkinlik sezadi”
Didaktik o‘yinlarda foydalanishda quyidagi metodik talablarni
e’tiborga olish talab qilinadi:
1.
O‘yinlardan dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida
foydalanish mumkin. Buning uchun o‘quvchilarni qiziqtiradigan va
ularning yosh xususiyatlariga mos keladigan o‘yinlarni tanlab olish
zarur.
2.
Darslar jarayonida o‘yinlarga ....-.....(15-20) daqiqa vaqt,
bo‘limlar bo‘yicha yirik mavzularni umulashtirish va takrorlashda esa
butun bir darsni ajratish mumkin.
53
3.
Har bir o‘yinni o‘tkazishdan avval unga puxra tayyorgarlik
ko‘rilishi hamda dars materiallarining mazmuni bilan uzviy
bog‘langan bo‘lishi lozim
1
.
Jahon pedagogik tajribalarni o‘rganib, taxlil qilib respublikamiz
ta’lim tizimi va mentalitetimizga moslashtirib, dars jarayoniga tadbiq
qilish natijasida o‘quvchilarni egallayotgan bilimlari ixtiyoriy-
majburiy tarzda o‘zlari qidirib topishiga, mustaqil o‘rganib, tahlil
qilishga, hatto xulosani ham o‘zlari keltirib chiqishiga o‘rgatadi.
O‘qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim
olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda
boshqaruvchilik,
yo‘naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Ta’lim
jarayonida talaba asosiy figuraga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |