Buxoro davlat universiteti samadova sarvinoz samad qizi


An’anaviy ta’lim modelining afzalliklari



Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/84
Sana20.04.2023
Hajmi1,57 Mb.
#930777
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   84
Bog'liq
12820 2 CF7F938B2489A1158EC83A2505D1D54E54EA5999

An’anaviy ta’lim modelining afzalliklari: 
- Ma’lum ko‘nikmalarga ega bo‘lgan va aniq, ma’lum 
tushunchalarni, fanni o‘rganishda foydali; 
- O‘qituvchi tomonidan o‘qitish jarayoni muhiti yuqori darajada 
nazorat qilinadi; 
- Vaqtdan unumli foydalaniladi; 
-Aniq ilmiy bilimlarga tayanadi. 
An’anaviy ta’lim modelining kamchiliklari: 
- O‘quvchilar passiv ishtirokchi bo‘lib qoladilar; 
- O‘qituvchining to‘la nazorati barcha o‘quvchilar uchun 
motivatsiyani vujudga keltirmaydi; 
1
To`xliyev B. Adabiyot o`qitish metodikasi. – Т.: 2011yil, 120-bet. 


45 
- O‘quvchilar o‘qituvchi bilan bevosita muloqatga kirisha 
olmaydi; 
- Eslab qolish darajasi hamma talabalarda bir xil bo‘lmaganligi 
sababli, guruh bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi past bo‘lib qolishi 
mumkin; 
- Mustaqil o‘rganish va yechimlar qabul qilish uchun sharoitlar 
yaratilmaydi. 
Noan’anaviy ta’lim modelining afzalliklari: 
- O‘qitish mazmunini yaxshi o‘zlashtirishga olib kelishi; 
- O‘z vaqtida qayta aloqalarning ta’minlanishi; 
- Tushunchalarni amaliyotda qo‘llash uchun sharoitlar yaratilishi; 
- Turli o‘qitish usullarining taklif etilishi; 
- Motivatsiyaning yuqori darajada bo‘lishi; 
- O‘tilgan materialning yaxshi eslab qolinishi; 
- Muloqatga kirishish ko‘nikmasining takomillashishi; 
- O‘z-o‘zini baholashning o‘sishi; 
- O‘quvchilarning mavzu mazmuniga, o‘qitish jarayoniga 
bo‘lgan ijobiy munosabati; 
- O‘quvchining mustaqil fikrlay olishi; 
- Tanqidiy va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishi; 
- Muammolarni yechish ko‘nikmalarining shakllanishi.
 
Noan’anaviy ta’lim modelining kamchiliklari: 
-Ko‘p vaqt talab etilishi; 
- Talabalarni har doim ham keraklicha nazorat qilish 
imkoniyatining pastligi; 
- Juda murakkab mazmundagi material o‘rganilayotganda ham 
o‘qituvchi rolining past bo‘lishi; 
- O‘qituvchining o‘zidan ham yaxshi rivojlangan fikrlash 
qobiliyatiga va muammolarni yechish ko‘nikmalariga ega bo‘lishining 
talab etilishi. 
“Ta’lim 
metodlari 
dastlab 
pedagog 
ongida 
muayyan 
yo‘nalishdagi faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida namoyon 
bo‘ladi. Mazkur loyiha amaliyotga o‘qituvchi va talabalar 
faoliyatining o‘zaro tutashuvi, o‘qitish va o‘qishga qaratilgan aniq 
harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy etiladi. Metod 
boshqa shakllarda namoyon bo‘lmaydi, buning boisi ta’lim metodi 
o‘zida umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi”. 
Qayd etilayotgan tushuncha mohiyatini to‘laqonli yorituvchi 
ta’rifni aniqlashga bo‘lgan urinish bugun ham davom etyapti, yangi-


46 
yangi ta’riflar ilgari surilmoqda. Biroq, “ta’lim metodi” tushunchasi 
mohiyatini yoritishga nisbatan turlicha qarashlarning mavjudligiga 
qaramay, ularni o‘zaro yaqinlashtiruvchi umumiylik mavjud. 
Aksariyat mualliflar “ta’lim metodlari talabalarning o‘quv-bilish 
faoliyatini tashkil etish usullari” degan qarashga yon bosadilar. 
Demak, ta’lim metodlari ta’lim jarayonida qo‘llanilib, uning 
samarasini taxminlovchi usullar majmuidir.
Ta’lim metodlari ta’lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, 
uning yordamida ta’lim mazmunini o‘zlashtirish yo‘llari ifoda etiladi, 
o‘qituvchi va talabalarning o‘zaro harakati, xususiyati aks ettiriladi.
Metod, bir tomondan, ta’lim maqsadiga erishish vositasi sifatida 
namoyon bo‘lsa, boshqa tomondan, boshqariluvchan o‘qish faoliyatini 
amalga oshirish sharti hisoblanadi. 
Ta’lim metodlari doimo u yoki bu o‘qish vositalari yordamida 
joriy etiladi, shu bois ularning o‘zaro shartlanganligini ta’kidlash joiz. 
Ta’lim metodi tuzilmasi chizmada quyidagicha namoyon bo‘ladi 
(M.N.Skatkin qarashlariga ko‘ra): 
Chizmadan anglanib turibdiki, ta’lim metodi tuzilmasida 
quyidagilar ajralib turadi: maqsadli tarkib; faoliyatli tarkib; ta’lim 
vositalari. 
Tabiiyki, umumiy holda erishilgan natija har doim ham 
o‘qituvchining dars boshida belgilagan maqsadiga mos kelavermaydi. 
Ta’lim maqsadi o‘qituvchi va talabalar faoliyati asosida, shuningdek, 
ta’lim vositalari yordamida natijalanadi, ushbu jarayonda aniq 
maqsadga yo‘naltirilgan mexanizm ishga tushadi. Ta’lim tizimlari 
maqsadga erishish jarayonida bosh xalqa aynan qanday va qaysi 
mexanizm asosida hamda mavjud tarkibiy unsurlarni qanday ishga 
solish mumkinligini ifodalashga xizmat qiladi. 

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish