Shaxs manfaatlari va erkinligi
– insonlarning o‘z hayoti va
faoliyatini amalga oshirishi bo‘lib, u ozod shaxs sifatida mehnat qilish,
bilim olish, o‘zi istagan kasb, hunarni, diniy etiqod va boshqalarni
ixtiyoriy tanlashi kabilarni o‘z ichiga qarmrab oladi. Qadimgi
jamiyatlardan
hozirgacha
erkinlik,
ozodlik,
tenglikni
barcha
insonlarning ijtimoiy mavqei, dini, irqi, jinsi, millatidan qat’iy nazar
qonunlar oldida teng huquqligini ta’minlash xalqning asosiy maqsadi
bo‘lib kelgan. Shaxs erkinligining tarkibiy qismlari: shaxsning
daxlsizligi, qadr-qimmati, diniy e’tiqod, vijdon erkinligi, so‘z erkinligi,
ijod erkinligi, xususiy mulkka – egalik huquqi va boshqalardan iborat.
Shaxsning daxlsizligi qoidalari qadimgi va o‘rta asrlarda cheklab
kelingan. Insoniyat tarixida shaxs erkinligini ro‘yobga chiqarishda
AQShda XVIII asr oxirida qabul qilingan «Inson huquqlari to‘g‘risida
Bill» va fransuz inqilobi davrida qabul qilingan «Inson va grajdanlar
huquqlari deklaratsiyasi» muhim o‘rin tutadi. Bu borada BMT 1948 yilda
qabul qilgan va uning Nizomiga kiritilgan «Inson huquqlari umumjahon
Deklaratsiyasi» katta ahamiyat kasb etadi. Hozirgi davrdagi ilg‘or,
demokratik
jamiyatlarning
qonunlarida,
xususan,
O‘zbekiston
Respublikasi Konstitusiyasida ham shaxs erkinligi kafolatlangan. Shaxs
erkinligiga daxl qilib, moddiy va ma’naviy zarar yetkazgan, jabr-zulm
qilgan shaxslar qonuniy jazoga tortiladi. Sobiq sho‘rolar davrida so‘z
erkinligi, diniy e’tiqod erkinligi, shaxsning milliy tuyg‘ulari ta’qib
qilinar, millatparvar odamlar «millatchi», «antisovet» deb jazoga tortilar
edi. Nazariy-falsafiy jihatdan shaxs erkinligi har bir davrda nisbiy
ma’noda amal qiladi. Tanazzulga uchrayotgan jamiyatlarda turli
zo‘ravonlik, nohaqliklar oqibatida shaxs erkinligining buzilishi,
40
insonlarning qadr-qimmati yo‘qolib borishiga sabab bo‘ladi. Shaxs
erkinligidan ko‘p foydalanuvchilar emas, balki vijdon, iymon, insof
kabi burchlarni a’lo bajaruvchilar haqiqiy buyuk insonlardir. Burch va
mas’uliyat shaxs erkinligini oqilona boshqarib turadi. Burchni,
mas’uliyatini yaxshi bilgan odamlarning el, yurt oldida obro‘yi, qadr-
qimmati ham oshib boradi. Bunday shaxslarni xalq e’zozlaydi. Shaxs
erkinligini yuzaki, biryoqlama tushungan odamlar barcha ishlarda faqat
o‘z
manfaatini o‘ylab, boshqalarni haq-huquqlarini toptashga urinadi.
Davlat, qonun tomonidan inson haq-huquqlarini himoya qilishi
fuqarolarning ilm olish, mehnat qilish, jamiyat hayotida yuz berayotgan
voqea-hodisalar haqida erkin so‘zlash, ijobiy yoki tanqidiy fikrni
aytish, halol mehnat bilan topilgan mulkka egalik qilish huquqlaridan
foydalanishga
imkon
beradi.
O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasida shaxs erkinligini yuzaga chiqaruvchi barcha huquqlar
kafolatlangan.
Shaxs manfaatlari va erkinligining ma’naviy jihatlari shundaki,
shaxs qadr-qimmatini himoya etish, uning erkin huquqini ta’minlash,
uni tabiiy ofat, balki ijtimoiy institutlar tazyiqidan, hatto o‘z havoi
nafsi, tanazzulga olib boruvchi mayllardan himoya etish, turli-tuman
ehtiyojlarining qondirilishi uchun sharoit yaratish, shaxs manfaatlarini
himoya qilish – milliy va umumbashariy ma’naviyat tizimidagi eng
oliyjanob vazifalardir.
Shaxs manfaatlari va erkinliklari, uning burch va majburiyatlari
masalasi ma’naviyat asoslari turkumiga kiruvchi fanlarning eng
muhim masalalaridan hisoblanadi. Insoniyat o‘z taraqqiyoti jarayonida
shaxs manfaatlariga oid bo‘lgan maxsus qonunchilik tizimini yaratgan.
Bu tizim o‘z taraqqiyotida uchta katta bosqichni bosib o‘tgan. Birinchi
bosqich 1789 yildagi Fransiya inqilobining Inson va fuqaro huquqlari
deklaratsiyasi qabul qilinganidan boshlanib, I jahon urushigacha bo‘lgan
(1914 y.) davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda shaxs erkinligi va fuqarolar
tengligi, shaxs daxlsizligi, xususiy mulkka egalik, saylash va saylanish
kabi shaxsiy va siyosiy huquqlar bilan boshqa masalalar tartibga
solingan. Ikkinchi bosqichda (1914—1950 yillar) insonlarning turli
g‘oya va harakatlar ta’sirida mehnat qilish, dam olish, ijtimoiy yordam
olish bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy huquqlariga oid qonunchilik
rivojlangan. Uchinchi bosqich 20- asrning 2-yarmidan bugungi
kungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda tinch yashash,
atrof-muhit tozaligiga erishish, axborot olish huquqi bilan bog`liq
masalalar faol muhokama qilinib, ularni hal etish yo‘llari qidirilmoqda.
41
Bu davrda inson huquqlari sohasida xalqaro qonunchilik tizimi
shakllandi. BMT tomonidan yetmishga yaqin, Yevropa Kengashi Bosh
assambleyasi tomonidan bir yuz oltmishdan ziyod, YUNESKO da
yetmishdan ortiq, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilo-ti
tomonidan o‘ttizdan ko‘proq inson huquqlariga taalluqli xalqaro
konvensiyalar, deklaratsiyalar, paktlar qabul qilindi. Hozirgi paytda
inson huquqlari bo‘yicha 400 yaqin xalqaro hujjat mavjud.
O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari oliy qadriyat deb
tan olingan. Odamlardan qonunga xilof tarzda foydalanishga, ularning
g‘ayriqonuniy migratsiyasiga va savdosiga qarshi kurash yuzasidan
davlatimiz tomonidan qator aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Odam savdosiga qarshi kurashda ko‘zlangan maqsadimizga
erishish uchun mahalalarda turli uchrashuvlarni tashkil etish va ushbu
turdagi jinoyatlarning oqibatlari haqida mahalla ahlini, ayollarni,
yoshlarni xabardor qilib borish, ta’lim muassasalarida o‘quv kurslari
tashkil etish, ommaviy axborot vositalarida shu mavzuda turkum
maqolalar chop etish yaxshi samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |