37
vazifalarni yukladi. Juda boy ilmiy, ma’naviy, madaniy,
diniy
merosimizni qayta tiklanishi ularni zamon ruhi talabi bilan
uyg‘unlashtirib faqat shaxsiy, milliy manfaat kasb etilib qolmasdan
umumjahon ma’naviy, ijtimoiy-iqtisodiytaraqqiyotga ulkan hissa
bo‘lib qo‘shilmoqda.
Insonning dunyoga kelishi, faqat tug‘ilishidan
iborat tabiiy-
biologik hodisa emas, balki tug‘ilgandan keyin o‘z zamonasining
taraqqiyoti darajasiga ko‘tarilishi, mavjud ijtimoiy-tarixiy tajribani
egallashi, jamiyatda o‘z o‘rnini belgilab olishi, tarixiy jarayonining
faol ishtirokchisiga aylanishi, ya’ni tarbiya olishi kerak.
Bu jarayonda katta avlod o‘zining yashash,
kurash va mehnat
tajribasini, bilim va malakalarini kichik avlodlarga bera boshlaydi,
ya’ni yangi tug‘ilgan odam bolasining rivojlanishi, shakllanishi va
voyaga yetishi jarayoniga rahbarlik qilingan, boshqarilgan.
Jamiyat rivojlangan sari yetuk, barkamol shaxslarni yetishtirish
ehtiyoji ham ortib borgan hamda o‘zgarib,
yangilanib, jamiyatga
xizmat qilgan. O‘zbekiston Respublikamizdagi mustaqil huquqiy,
demokratik erkin davlat, fuqarolik jamiyatini qurish yo‘lidagi ulkan
ishlar inson mohiyatini yangidan kashf qilishga, uni o‘zligini
anglashda imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarishga va ma’naviy
intellektual aqliy malakaviy rivojlanishi uchun
yangi shart-sharoitlar
yaratib beradi.
Milliy g'oya ta`limi jarayonida erkin, mustaqil fikrlovchi shaxsni
tarbiyalash quyidagi vazifalarni amalga oshiradi. Chunonchi:
1. Axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida talabalarni ijtimoiy
axloqiy meyorlar mazmunidan xabardor etish, ularga axloqiy
meyorlarning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini tushuntirish, ulardan
ijtimoiy axloqiy meyorlar (talab va ta’qiqlar)ga
nisbatan hurmat
hissini qaror toptirish asosida aqliy ong madaniyatini shakllantirish.
2. Aqliy tarbiyani yo‘lga qo‘yish chog’ida talabalarni ilm-fan,
texnika va texnologiya borasida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlardan,
yangilik va kashfiyotlardan boxabar etish, ularga ijtimoiy fanlar
asoslari xususidagi bilimlarni berish tarzida ularda tafakkur
qobiliyatini qaror toptirish, dunyoqarashini shakllantirish.
3. Jismoniy tarbiyani tashkil etish jarayonida talabalarda o‘z
sog’liqlarini
saqlash va mustahkamlash, ularda yangi harakat turlari
borasida ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, ularni maxsus bilimlar
bilan qurollantirish.
38
4.Estetik tarbiyani olib borish jarayonida talabalarda estetik his-
tuyg’u, estetik didni tarbiyalash.
5. Ekologik tarbiyani olib borish chog’ida talabalarga ekologik
bilimlar berish asosida shaxs, jamiyat va tabiat biriligi hamda
aloqadorligini talabalarga tushuntirish.
6. Iqtisodiy tarbiyani tashkil etish jarayonida talabalarga
iqtisodiy bilimlarni berish asosida mamlakat
iqtisodiy barqarorligini
ta’minlash, bozor infrastrukturasi qoidalariga amal qilish, iqtisodiy
madaniyatni shakllantirish.
7. Huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida talabalarga davlat
Konstitutsiyasi haqidagi ta’limotni chunonchi, fuqarolik, oila, mehnat,
xo‘jalik, ma’muriy, nafaqa, sud ishlarini yuritish va boshqarish
huquqlarining ma’nosini tushuntirish.
8. G’oyaviy va mafkuraviy bilim berish, talabalarda mafkuraviy
faoliyat borasida ko‘nikma va malakalarni qaror toptirish, mafkuraviy
madaniyatini shakllantirish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: